O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet27/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Izoh. 1) nafas apparati tovush hosil qilish uchun kerak bo‘lgan havo oqimini yetkazib beradi; 2) bo‘g‘iz (hiqildoq) ovoz hosil qiladi; 3) halqum, og‘iz bo‘shlig‘i tovushni shakllantiradi; 4) burun bo‘shlig‘i qo‘shimcha ton beradi.
Eshitib his etish aspekti
( perseptiv aspekt)
Fonetikaning bu aspekti fonetik birliklarning eshitish a‘zolariga ta‘sirini his etish orqali so‘zning ma’nosini yoxud gap va nutq mazmunini idrok qilish qonuniyat- larini o‘rganadi.
Ma’lumki, inson tashqi dunyoni o‘zining sezgi a’zolari orqali his etadi: ko‘radi, eshitadi, sezadi. Fonetik birliklar ham moddiy-material hodisa sifatida insonning eshitish a’zolariga ta’sir qiladi, ammo bu ta’sir shunchaki moddiy hodisaning ta’sirigina emas, balki fonetik so‘zning (ma’noga ega bo‘lgan formaning) yoxud gapning ta’siri bo‘ladi. Shuning uchun har qanday so‘zni, so‘z shaklini yoki gapni eshitganimizda, ongimizda shu birliklarning ma’nosi yoki mazmuni, aniqrog‘i, ma’no yoki mazmun obrazi gavdalanadi. Bunday his etish, idrok qilishsiz tilning birorta funksiyasi (nominativ funksiya, kommunikativ funksiya, emotiv funksiya va hokazolar) amalga oshirilmaydi.
Lingvistik-funksional aspekt
Fonetikaning bu aspekti fonetik birliklarning til mexanizmidagi rolini,demak, tilning ijtimoiy mohiyatini belgilashdagi ahamiyatini o‘rganadi. Tilshunoslikda fonetikaning bu aspekti fonologiya deb ataladi (qarang: Fonologiya).
Tekshirish savollari

  1. Fonetikaning obyekti?

  2. Fonetikaning maqsadi?

  3. Fonetik birliklarga nimalar kiradi?

4.Segment va supersegment birliklar qanday farqlanadi?

  1. Fonetik birliklarning shakllantiruvchi va tanituvchi vazifalarini qanday tushunasiz?

  2. Fonetik so‘z nima?

  3. Fonetikaning qanday turlari bor?

  4. Umumiy fonetika nimani o‘rganadi? Xususiy fonetika-chi?

  5. Tavsifiy (sinxron) va tarixiy (diaxron) fonetikalarning farqi nimada? Bu sohalarda ishlagan va ishlayotgan tilshunoslardan kimlarni bilasiz?

  6. Qiyosiy va eksperimental fonetikalarda nimalar tadqiq qilinadi? Bu sohaga oid ishlardan qaysilarini bilasiz?

  7. Tovushning fizik-akustik tabiatiga nimalar kiradi?

  8. Tovushning balandligi nima?

  9. Tovushning balandligi nima bilan o‘lchanadi?

  10. Tovushning baland-past tarzda to‘lqinlanishi nimani hosil qiladi?

  11. Melodika nima? Uning nutqda qanday ahamiyati bor?

  12. Murakkab tovushni qanday tushunasiz?

  13. Tovush kuchi nima? U qanday o‘lchov birligi bilan o‘lchanadi?

  14. Tovush kuchining til va nutqda qanday ahamiyati bor?

  15. Tovush tembrini qanday tushunasiz?

  16. Formant nima? U qanday aniqlanadi?

  17. Nutq apparatlaridan qaysilari rezonatorlik (akustik filtrlik) funksiyasini bajaradi?

  18. Tovush tembri vositasida nimalar farqlanadi?

  19. Tovush cho‘ziqligi nima? Uning qanday turlari bor?

  20. Fonologik va fonetik cho‘ziqliklar nimasi bilan farqlanadi?

  21. Tovushning sifat va miqdor belgilariga nimalar kiradi?

  22. Fonetik birliklarning biologik asosini qanday tushunasiz? Fonetikaning qaysi aspektida "biologik asos" haqida ma‘lumot beriladi?

  23. "Biologik asos"ni o‘rganishning qanday ahamiyati bor?

  24. Nutq a‘zolarining anatomiyasi, fiziologiyasi va ijro kechimlarini qanday tushunasiz?

  25. Artikulatsiya qanday bosqichlardan tarkib topadi? Ekskursiya, o‘rta holat (ish holati), rekursiya nima?

  26. Fonetikaning perseptiv aspekti nimani o‘rganadi?

  27. Fonetikaning lingvistik-funksional aspekti deganda nimani tushunasiz? Nima uchun bu aspekt fonologiya deb nomlanadi?

Tayanch tushunchalar

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling