O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet30/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Nafas apparati - havo manbai. Bu apparat o‘pka, bronxlar, traxeya, diafragma, ko‘krak qafasi kabi a’zolardan iborat.
Bog„iz boshlig„i - traxeyaning yuqori (kengaygan) qismi. Unda un paychalari va bir qancha tog‘aylar mavjud. Bo‘g‘iz bo‘shlig‘i ovoz manbai hisoblanadi (un paychalari tebranishidan ovoz hosil bo‘ladi).
Halqum - bo‘g‘izdan yuqoriroqdagi bo‘shliq. U rezonatorlik vazifasini bajaradi.
Og„iz boshligi - til, kichik til, tishlar, lablar,lunjlar, qattiq va yumshoq tanglaylar, til osti muskullaridan iborat apparat. U shovqin va qo‘shimcha tonlar manbai sanaladi.
Burun boshlig„i - qo‘shimcha ton manbai.
Nutq a’zolarining fiziologiyasi - nutq a’zolarining hayotiy kechimlari, muhit bilan munosabatlari.
Brok markazi - bosh miya qobig‘idagi markaziy nerv sistemasiga kiruvchi nerv hujayralarining bir turi. U nutqning yuzaga chiqishida qatnashadigan mushaklarni harakatga keltiradigan va bu harakatni boshqaradigan nerv markazi hisoblanadi.
Eshituv markazi - bosh miya qobig‘i tizimiga kiruvchi nerv hujayralarining yana bir turi. U eshitish a‘zolari orqali keladigan ta‘sirni idrok etadigan nerv markazi sanaladi.
Artikulatsiya - nutq a‘zolarining nutq tovushlarini hosil qilishdagi harakati va holati.
Artikulatsiya bazasi - til egalarida shu tilga xos artikulatsiyani amalga oshirish uchun shakllangan psixologik va fiziologik ko‘nikmalar.
Ekskursiya - artikulatsiyaning birinchi bosqichi.
Orta holat (ish holati) - artikulatsiyaning ikkinchi bosqichi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling