I z o h:Grafema bilan harf o‘zaro o‘xshashdir, ammo ularning farqli jihatlari ham bor: a)grafema o‘z referenti bo‘lgan fonemaning akustik-artikulatsion va funksional xususiyatlariga mos ravishda alifbodagi boshqa harflar yoki belgilar bilan birikib, digraf shakliga kirishi mumkin. Masalan, rus tili alifbosidagi а, у, о, ы harflari qattiq undoshlar (твёрдые согласные) bilan yondosh pozitsiyada o‘zidan oldin kelgan harf referentining (fonemasining) qattiqligiga, и,,е,ё,ю,я harflari esa ayni shu harflar bilan yondosh pozitsiyada o‘zidan oldin kelgan harf referentining (fonemasining) yumshoqligiga ishora qiladi, demak signalizatorlik funksiyasini bajaradi. Yozuvdagi bunday holatlarni grafemika (alifbo emas) boshqaradi. Qiyos qiling: лось(ло)-лёсс(лё), плот (ло,т)-плеть(ле,ть), рад(ра)-ряд(ря), быть(бы)- бить (би), флот(ло)-слёт(лё),лук (лу)-люк(лю) kabi.Bunda alifbodagi ayrim harflarning so‘z tarkibidagi pozitsiyalari ularning funksiyalarini ham belgilaydi: е, ё, ю, я harflari yumshoq undoshlarni ifodalashda signalizatorlik funksiyasini bajaradi(yuqoridagi misollar), а, у, о, ы harflari esa qattiq undoshlarni ifdalashda signalizatorga aylanadi(yuqoridagi misollar), bu hol rus yozuvi tizimida ль, лё, ле, лю, ря, ть, бы, би kabi digraflarning shakllantirilishiga olib kelgan, bunday digraflar tarkibidagi ikkinchi harflar shu pozitsiyada o‘z referentiga egaligini saqlab qolish bilan birga qo‘shimcha vazifani-signalizatorlik funksiyasini ham bajarmoqda.Bunday holat faqat grafemalarga xos bo‘lib,alifboda o‘z ifodasini topmagan; b)harf faqat alifbo birligidir, grafema esa harflardan tashqari tinish belgilari va raqamlarga asoslangan bo‘lishi ham mumkin. Demak, grafema bilan harf, raqam va tinish belgilari o‘rtasida umumiylik, xususiylik va alohidalik munosabatlari bor.Grafemalarning fonografema, prosodemografema va logografema kabi tiplarga bo‘linishi ham shundan. Bularning barchasi grafemalarning struktural-funksional jihatlarga ega birliklar ekanligini ko‘rsatadi.Harflarda esa bu xususiyat bir qadar cheklangandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |