O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Fonografemalarning tashqi (ifodalovchi) tomoni


Download 5.3 Mb.
bet113/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Fonografemalarning tashqi (ifodalovchi) tomoni bitta harfga teng bo‘lishi (masalan, n) yoki ikki harf qo‘shilmasidan tarkib topishi (masalan, ng) mumkin. Grafik lingvistikada tashqi (ifodalovchi) tomoni bir harfga teng bo‘lgan grafemalar monograflar deb, ikki harf birikmasiga teng grafemalar esa digraflar deb nomlanadi. Yozuv tizimida grafemalarning uch yoki to‘rt harf birikmasiga teng turlari ham uchraydi. Masalan, nemis yozuvida "sh" fonemasi uchun uch harf birikmasidan iborat grafema (sch trigrafi), "ch" fonemasi uchun esa to‘rt harf birikmasidan iborat grafema (tsch poligrafi) belgilangan. Ikki yoki undan ortiq harflar qo‘shilmasidan tarkib topgan grafemalar poligraflar deb ham nomlanadi.
Fonografemalarning ichki (ifodalanuvchi) tomonida bitta yoki bir necha fonema kodlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘zbek yozuvidagi g„ fonografemasining ichki tomonida o‘zbek tilining bitta fonemasi - chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangli "g„ “ undoshi, j fonografemasining ichki tomonida esa ikkita fonema - sirg‘aluvchi "j" (jurnal so‘zi boshidagi undosh) va qorishiq "dj" (juda so‘zi boshidagi undosh) kodlashtirilgan. Grafemalarning ichki tomonida kodlashtirilgan fonemalar shu grafemalarning ifodalanuvchilari yoki referentlari deb ham yuritiladi. Ifodalanuvchisi (referenti) bitta bo‘lgan grafemalar monofonemali grafemalar, ifodalanuvchisi ikkita bo‘lgan grafemalar bifonemali yoki polifonemali grafemalar sanaladi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling