O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet40/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Ikkinchi asos oppozitsiya a'zolari o‘rtasidagi munosabatga tayanadi. Bu belgi asosida oppozitsiyalar quyidagicha tasnif qilinadi:

  1. Privativ oppozitsiya. Bunday oppozitsiya a'zolaridan birida bor bo‘lgan belgi shu oppozitsiyaning ikkinchi a'zosida bo‘lmaydi. Mas.,(b-p) oppozitsiyasining birmchi a'zosidagi "jaranglilik " belgisi shu oppozitsiyaning ikkinchi a'zosida yo‘q: b (jarangli) - p (jarangsiz) kabi. Bu xususiyat "portlash-sirg‘alish" differensial belgisiga asoslangan (t-s) oppozitsiyasiga ham xos: t (portlovchi) - s (sirg‘aluvchi) kabi. Demak, bunday oppozitsiya a'zolaridagi belgilar bir-birini inkor etishiga (inkorni inkor qonuniga) asoslanadi: b-p (jarangli-jarangsiz), d-t (jarangli-jarangsiz), t-s (portlovchi-sirg‘aluvchi) kabi.

  2. Gradual (pog„onali) oppozitsiya. Bunday oppozitsiya fonemalardagi farqlanish belgisining darajalanishiga asoslanadi. Masalan, (i-e-a), (u-o„-o) unlilarida ana shunday darajalanish bor: i (tor) - e (o‘rta keng) - a (quyi keng); u (tor) - o„ (o‘rta keng) - o (quyi keng) kabi. Bularning barchasida til bilan tanglay orasidagi masofa "tor" dan "keng" ga qarab darajalanib bormoqda.

Darajalanish xususiyati undoshlar oppozitsiyasida ham kuzatiladi: t (portlovchi) - ch (qorishiq) - sh (sirg‘aluvchi). Bunda qorishiq (ch) dagi "portlash- sirg‘alish" belgisi uning portlovchi (t) bilan sirg‘aluvchi (sh) o‘rtasida qo‘yilishini taqozo qiladi (t-ch-sh kabi). Gradual xarakterdagi zidlanish (b-d-g), (p-t-k)
oppozitsiyalarida ham mavjud: b (lab - lab) - d (til oldi-dental') -g (sayoz til orqa) , p (lab -lab) - t (til oldi-dental') - k (til orqa). Bundagi gradatsiya artikulatsiya o‘rnining labdan tilning orqa qismiga qarab ko‘chib borish darajasi bilan belgilanadi.

  1. Ekvipolent oppozitsiya. Bunday oppozitsiya a'zolarida asosiy farqlovchi belgidan tashqari, yana bitta qo‘shimcha farqlanish belgisi ham mavjud bo‘ladi. Masalan, o‘zbek tilidagi (i) va (u) unlilari "lablanmagan va lablangan" farqlanish belgisi asosida (i-u) oppozitsiyasini hosil qiladi, ammo bu oppozitsiya a'zolarida qo‘shimcha farqlanish belgisi ham bor: i (lablanmagan, old qator) - u (lablangan, orqa qator) kabi. Bulardagi "lablanmagan, old qator" belgilari "lablangan, orqa qator" belgilariga teng qiymatli belgilar sifatida qarama-qarshi qo‘yiladi. Bunday holat (e-o„), (a-o) oppozitsiyalarida ham kuzatiladi. O‘zbek tili undoshlari tizimidagi (t-sh) zidlanishi ham ekvipolent oppozitsiyadir, chunki unda zidlanish ikki belgiga asoslanadi: t (til oldi-tish, portlovchi ) - sh (til oldi-tanglay, sirg‘aluvchi) = t-sh oppozitsiyasi kabi.


Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling