O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Fonologik oppozitsiyalar dialektikaning qarama-qarshiliklar birligi va kurashi, inkorni inkor qonunlariga tayanadi


Download 5.3 Mb.
bet43/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Fonologik oppozitsiyalar dialektikaning qarama-qarshiliklar birligi va kurashi, inkorni inkor qonunlariga tayanadi, ularning strukturaviy birlik sifatidagi mohiyati ham shu qonunlarga asoslanadi.
Korrelatsiya
Korrelatsiya - ikki va undan ortiq oppozitsiyaning bir farqlanish belgisi asosida uyushib kelishidan tarkib topgan sistema. Masalan, o‘zbek tili undoshlari "labial-til oldi" farqlanish belgisi asosida (p-t), (b - d), (m - n), (f -s), (v - z), (f - sh), (v - l), (v -r) korrelatsiyasiga, "labial-til orqa" farqlanish belgisi asosida (p-k), (b-g), (f-x), (v-g„) korrelatsiyasiga, "til oldi-til orqa" farqlanish belgisi asosida (t-k), (t-q), (d-g), (s-x), (z-g„), (n-ng) korrelatsiyasiga, "portlovchi-sirg„aluvchi" farqlanish belgisi asosida (p-f), (b-v), (t-s), (d-z), (t-sh), (d-j), (k-x), (g-g„), (q-x), (k-h), (g-h)
korrelatsiyasiga uyushadi (korrelatsiyalar miqdori va turlari yuqoridagilar bilan cheklanmaydi).
Odatda, oppozitsiyadagi differensial (farqlanadigan) belgi korrelatsiyada integral (birlashtiruvchi) belgiga, oppozitsiyadagi integral belgi esa korrelatsiyada differensial belgiga aylanadi. Masalan, (p-b) oppozitsiyasidagi jarangsizlik (p) va jaranglilik (b) farqlanish belgisi (p-b), (t-d), (s-z), (f-v), (k-g), (sh-j), (ch-dj), (x-g„) oppozitsiyalarining barchasini bir korrelatsiyaga birlashtirmoqda, demak, integral belgi vazifasini bajarmoqda, ayni paytda (p-b) oppozitsiyasidagi integral belgilar
(lab-lab, portlovchi) bu oppozitsiyani korrelatsiyadagi boshqa opozitsiyalardan farqlaydi (demak, differensial belgi vazifasini bajaradi). Qiyos qiling : p-b (lab-lab), t -d (til oldi-tish), k-g (sayoz til orqa), p - b (portlovchi), f-v (sirg‘aluvchi) kabi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling