O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Fonologik sistema va fonemalarning paradigmatik


Download 5.3 Mb.
bet44/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Fonologik sistema va fonemalarning paradigmatik
aloqalari

  1. Fonologik sistema muayyan til fonemalari o‘rtasidagi aloqa-munosabatlar (zidlanishlar) asosidagi bog‘lanishlardan tarkib topgan tizimdir.(Bu tizimdagi oppozitsiyalar, korrelatsiyalar haqida yuqoridagi ma‘lumotlarga qarang). Tizim (sistema) tarkibidagi har bir fonema lisoniy birlik sanaladi.

  2. Fonemalarning paradigmatik aloqalari - fonemalarning fonologik sistema ichidagi strukturasini belgilaydigan munosabatlar.Masalan, tush va to„sh so‘zlari tarkibidagi “u” va “o‘” unlilari bir xil fonetik qurshovda kelib, shu ikki so‘zning fonetik qobig‘ini va ma’nolarini farqlash imkonini bermoqda.Bu xususiyat shu ikki fonema o‘rtasida shakllangan quyidagi munosabatlardan kelib chiqadi:

  1. tilning uch darajali ko‘tarilish belgisiga ko‘ra: —u”-tor unli, “o‘ ”- o‘rta keng unli (farqlanuvchi belgi );

  2. tilning gorizontal harakatiga ko‘ra: “u”-orqa qator unli, “o‘ ” orqa qator unli (farqlanmaydigan belgi);

  3. lablar ishtirokiga ko‘ra: — u”- lablashgan unli, “o‘ ” -lablashgan unlu (farqlanmaydigan belgi).

Demak, bu ikki fonemaning birinchi belgisi o‘zaro farqlidir, ayni shu farqli belgi ularni u- o„ zidlanishiga (yuqori tor unlu va o‘rta keng unli oppozitsiyasiga) birlashtirmoqda.Bunday munosabat fonologik strukturani ham belgilaydi: yuqoridagi ikki so‘z ma’nolarining farqlanishi ana shu strukturaning (paradigmatik aloqa- larning) natijasidir.Demak, fonemalar o‘rtasidagi paradigmatik aloqalar fonologik ahamiyat kasb etadi.
Fonema ottenklari va fonema qatori
I.fonema ottenkalari fonemalarning talaffuzdagi real ko‘rinishlaridir (L.V. Shcherba).Har bir fonema so‘z tarkibida o‘zining u yoki bu ottenkasi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi: ko 4 (orqa qator "o“ning old qator ottenkasi: o>e) - qo (orqa qator “o”); obod (jarangli “b”) - obkash ( jarangli “b”ning jaransizlashgan “p” ottenkasi: b>p) kabi.
Ottenkalar fizik-akustik va artikulatsion jihatdan o‘zaro farqlansa-da, bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilmaydi, chunki shu ikki ottenkaning fonologik funksiyasi bitta (ularning ikkalasi bir fonemaning vazifasini bajaradi, binobarin, bir fonemaning nutqdagi ikki vakili sanaladi). Demak, fonema bilan uning ottenkalari o„rtasida umumiylik va xususiylik munosabatlari bor.
Quyidagi chizmalarga e’tibor bering: ularda 4 ta unli va 4 ta undosh o‘z ottenkalari bilan birga ko‘rsatilgan.



Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling