Fonemalarning talaffuzda o„zaro farqlanuvchi turli ko„rinishlari ham bor, ular majburiy ottenkalar (kombinator, pozitsion ottenkalar), fakultativ ottenkalar, individual ottenkalar deb nomlanuvchi turlarga ajratiladi.
Fonema bilan ottenkalar o‘rtasida umumiylik, xususiylik va alohidalik munosabatlari mavjud.
4.Morfologik fonema nazariyasiga ko„ra fonema morfema tarkibida turli pozitsiyada (har xil tovushlar bilan yondosh holatda yoki urg‘uli, urg‘usiz bo‘g‘inlarda) qo‘llanadi, shuning uchun morfemaning talaffuzi turlicha bo‘ladi. Bu hol fonemalarning kuchli va kuchsiz pozitsiyalari haqidagi ta'limotni yuzaga keltirgan. Kuchli pozitsiyada fonema o‘zining tipik ottenkasida, kuchsiz pozitsiyada esa notipik ottenkasida namoyon bo‘ladi.
Prosodemalar- prosodik fonemalar, ikkilamchi fonemalar ( semiologik relevant xarakterda bo‘lgan urg‘u, pauza, ritm, nutqning sur’ati va sifati, ovozning ko‘tarilishi, kuchi va cho‘ziqligi).Ular bog‘in, urg‘u va intonatsiyani Tarkiblantiruvchi uzvlar (prosodik elementlar) sanaladi hamda nutqda perseptiv va tanituvchi vazifalarni bajaradi, demak ijtimoiy qiymatga ega bo‘ladi. Sillabema, aksentema va intonemalarning supersegment fonemalar deb yuritilishi ham shundan.
Tekshirish savollari
Fonema nima?
Fonemalarning differensial va integral belgilarini qanday tushunasiz? Bu belgilarning tilda qanday roli bor?
Fonologik oppozitsiya (zidlanish) nima? Korrelatsiya-chi?
Korrelatsiyaning yadrosini nima tashkil qiladi?
Korrelatsiya hodisasini dastlab kim aniqlagan?
6.O‘zbek tili konsonantizmida korrelatsiyaning qanday turlari bor?
7.O‘zbek tili vokalizmida korrelatsiyaning qanday turlari mavjud?
Vokalizm sistemasining shakllanishida tilning ko‘tarilishi, tilning yotiq harakati va lablarning ishtiroki qanday rol o‘ynaydi? Ulardan qaysilari unli fonemalarning fonologik belgilarini shakllantiradi?
Fonema ottenkalari va fonema qatori nima?
Fonema ottenkalari haqidagi tushunchaga kim asos solgan?
Fonema bilan uning ottenkalari o‘rtasidagi umumiylik va xususiylik dialektikasini qanday tushunasiz?
Majburiy, fakultativ va individual ottenkalar qanday farqlanadi?
Majburiy ottenkalarning qanday turlari bor?
Fonema ottenkalaridan birining o‘rnida ikkinchisini qo‘llab bo‘ladimi?
Fonemalarning kuchli va kuchsiz pozitsiyalarini qanday tushunasiz?
Fonemalarning variatsiya va variantlari haqidagi qarashlar xususida nimalarni bilasiz?
Fonemalarning mo‘tadillashuvi (neytrallashuvi) va arxifonema,
giperfonema tushunchalarini qanday izohlaysiz?
Tilshunoslikda fonema ottenkalari (variatsiya) va variantlarining kashf etilishi nazariy va amaliy jihatdan qanday ahamiyatga ega bo‘ldi?
Fon va allofon tushunchalari qanday farqlanadi?
Tayanch tushunchalar
Fonema - so‘zlar, morfemalar va grammatik shakllarning tovush qobig‘ini, binobarin, ma‘nolarini ham farqlash uchun xizmat qiladigan eng kichik segment birlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |