O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet51/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Fonologiya tilshunoslikning bir bo‘limi yoxud fonetikaning yuqori bosqichi bo‘lib, u tilning tovush materiyasi taraqqiyotini va shu materiyaning fonologik sistemaga uyushish qonuniyatlarini hamda tildagi vazifalarini tadqiq qiladi.Uning ikki turi - segmental fonologiya va supersegmental fonoilogiya deb nomlanuvchi turlari mavjud. Segmental fonologiyaning asosiy birligi fonemadir, shuning uchun bu tur fonemika deb ham yuritiladi.Supersegmental fonologiyaning birliklari prosodemalar - sillabema, aksentema va intonemalardir. Shuning uchun u prosodiya (prosodika) deb ham ataladi.

  • Fonemalar til mexanizmida muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan mustaqil birliklardir: a) ular so‘z va morfemalarning tovush qobig‘ini (ifoda jihatini) shakllantiradi, shu so‘z va morfemalarning ma'nolarini farqlash vazifasini ham bajaradi; b)fonemalarda differensial (farqlanadigan) va integral (farqlanmaydigan) belgilar mavjud bo‘lib, ulardan birinchisi (differensial belgi) fonologik jihatdan relevant belgi, ikkinchisi (integral belgi) esa fonologik jihatdan norelevant belgi hisoblanadi; d) ikki fonemaning qarama-qarshi qo‘yilayotgan differensial belgilari shu fonemalarni bitta oppozitsiyaga birlashtiradi, bir farqlanish belgisiga asoslangan ikki va undan ortiq oppozitsiyalar esa korrelatsiyalarga uyushadi. Demak, oppozitsiyalardagi farqlovchi belgilar korrelatsiyada birlashtiruvchi belgiga aylanadi, bunda oppozitsiya sistemaning quyi pog‘onasi (yadrosi), korrelatsiya esa uning yuqori pog‘onasi bo‘ladi. Fonemalarning fonologik sistema ichidagi strukturasini belgilaydigan munosabatlar esa ularning paradigmatik aloqalari deb qaraladi.

    Eslatma: tilning fonologik tizimida korrelatsiya hodisasi borligini aniqlagan olimlardan biri (ehtimol, birinchisi) bizning yurtdoshimiz Abu Ali ibn Sino bo‘lgan.
    U o‘zining fonetikaga doir bir risolasida "dol" "to"ga qanday munosabatda bo‘lsa, "zod" "sin"ga shunday munosabatda bo‘ladi," - degan edi. Qiyos qiling: "dol" (jarangli "d") - "to" (jarangsiz "t"), "zod" (jarangli "z") - "sin" (jarangsiz "s"). Bunda jaranglilik va jarangsizlik belgilariga asoslangan d-t, z-s oppozitsiyalarining bir korrelatsiyaga uyushayotganligi nazarda tutilganligi shubhasiz.
    O‘zaro zidlanishda (oppozitsiyada) bo‘lgan fonemalardan birini ikkinchisi bilan almashtirish qonuniyatiga oid ayrim ma'lumotlar Z.M. Boburning "Boburnoma" sida ham qayd etilgan. Unda, холан, shunday deyilgan: «So ‘ngra ma ’lum bo ‘Idikim, turki lafzida mahal iqtizosi bila to va dol, yana g„ayn va qof va kof bir-birlari bila mubaddal bo‘lurlar emish» (Boburnoma // Bobur. Asarlar. Uch jildlik, 2-jild.- Toshkent, 1965, 145-bet).


    1. Download 5.3 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   272




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling