O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Fonemalarning kuchli pozitsiyalari -


Download 5.3 Mb.
bet54/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Fonemalarning kuchli pozitsiyalari - fonemalarning asosiy ko‘rinishlariga jiddiy ta’sir o‘tkazmaydigan holatlar.Bunday pozitsiyada har bir fonema o‘zining asosiy (tipik) ottenkasida namoyon bo‘ladi.
Fonemalarning kuchsiz pozitsiyasi- fonemalarning notipik ko‘rinishlarini yuzaga keltiruvchi pozitsiyalar. Bunday notipik ko‘rinishlar tilshunoslikda kombinator ottenkalar, pozitsion ottenkalar, variatsiya va variantlar deb nomlanib kelinmoqda.
Pozitsion ottenka - fonemaning so‘z yoki bo‘g‘indagi pozitsiya talabiga moslashgan ko‘rinishi.
v) kombinator-pozitsion ottenkalar- fonemaning har ikki omil (kombinator va pozitsion omilllar) birga ta’sir o‘tkazishi natijasida yuzaga keladigan murakkab ko‘rinishlari.
Fakultativ ottenkalar (fakultativ variantlar) - fonemaning bir xil fonetik qurshovdagi ikki xil ko‘rinishi.
Individual ottenkalar -kishilarning anatomik-biologik jihatlari bilan bog‘liq ravishda yuz beradigan talaffuz ko‘rinishlari (erkak va ayollardagi ovoz tafovutlari yoki nutq a'zolaridagi nuqsonlar sababli yuzaga keladigan o‘zgarishlar).
Variatsiya - fonema ottenkasining Moskva fonologlari maktabida qabul qilingan nomi.
Variant - Moskva fonologiya maktabi nazariyasiga ko‘ra o‘zaro zidlanish munosabatida bo‘lgan ikki fonemaning kuchsiz pozitsiyada mo‘tadillashuvi (neytralizatsiyasi) natijasida yuzaga keladigan bir xil ko‘rinishi.
Allofonlar- fonemalarning nutq oqimida o‘zgargan barcha ko‘rinishlari.
Giperfonema-neytralizatsiya mahsuli bo‘lgan variantga aloqador ikki fonema (fonemalar guruhi). Masalan,qad (“kishining bo'y-basti”) va qat (“qatlam-qatlam narsalarning har bir qavati”) so‘zlari o‘xiridagi d/t fonemalari talaffuzda yuzaga kelgan —T” variantiga nisbatan giperfonema sanaladi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling