O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
"I" fonemasi - old qator, tor, lablanmagan unli. Bu fonema so‘zning barcha
bo‘g‘iinlarida uchraydi: ikki (birinchi va oxirgi bo‘g‘inlarda), bilimli (birinchi, ikkinchi va oxirgi bo‘g‘inlarda) kabi. U chuqur til orqa q, g‘, x undoshlari bilan yonma-yon kelganda yo‘g‘on (orqa qator) unli tarzida, boshqa barcha pozitsiyalarda ingichka (old qator) unli ko‘rinishida talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: kir va qir, gir-gir va g„ir-g„ir, tish va qish, himmat va xilvat kabi. Urg‘usiz bo‘g‘nda kuchsizlanadi (reduksiyalanadi): biroq (bwoq), bilan (bblsn) kabi. Urg‘uli bo‘g‘inda yoki "y", "h" undoshlari bilan yondosh qo‘llanganda biroz cho‘ziladi: o „rik (o‘ri:k), kiy (ki:y), chiy (chi:y), hid (hi:d) kabi. Ruscha o‘zlashmalarda uchraydigan "i" unlisi etimologik jihatdan o‘zbekcha "i"ning o‘zi emas,uni o‘zbekcha “i”ning ruscha leksik o‘zlashmalarda uchraydigan fakultativ varianti sifatida baholash mumkin.Ularning sintagmatik va pozitsion tavsiflarida ma'lum tafovutlar ham bor. Xususan, so‘z oxiridagi urg‘uli to‘la yopiq bo‘g‘inda o‘zbekcha "i" ruscha "i"dan ancha qisqa talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: metin (o‘zbekcha)-nikotin (rus: nikoti:n), oltin (o‘zb.)-karantin (rus: karanti:n), ovsin (o‘zb.) - apelsin (rus: apelsi:n) kabi. O‘zbek tilida "i" unlisi so‘zning so‘nggi ochiq bo‘g‘inida biroz kengayadi (tor "i" bilan o‘rta keng "e" orasidagi unli tarzida talaffuz qilinadi). Masalan, ketdi (kette), bordi (borde) kabi. Ruscha o‘zlashmalarda esa "i" unlisi torligicha qoladi: taksi (takse emas). Undosh+unli+undosh sxemasidagi bir bo‘g‘inli so‘zlarda o‘zbekcha "i" ruscha o‘zlashmalardagi "i"dan qisqaroq va kengroq talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: biz (olmosh) - bis (bi:s: "bis"ga chaqirmoq), tib (o‘zb. So‘z boshidagi berkitilmagan yoki to‘la ochiq, urg‘usiz bo‘g‘inda o‘zbekcha "i" ruscha "i"dan deyarli farqlanmaydi. Qiyos qiling: ivimoq-Ivan. O‘zbek tilida "i" unlisi so‘z boshida urg‘uli bo‘g‘in hosil qilmaydi. Demak, "i" unlisining bunday pozitsiyada urg‘uli bo‘g‘in hosil qilib kelishi faqat ruscha o‘zlashmalarda uchraydi. Bunday paytda ruscha "i" o‘zbekcha "i" ga nisbatan torroq, cho‘ziqroq va kuchliroq talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: imlo-impuls, ildiz-indeks kabi. "I" unlisi qadimiydir. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling