O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Muallif yuqoridagi jadvalni izohlab shunday deydi


Download 5.3 Mb.
bet60/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Muallif yuqoridagi jadvalni izohlab shunday deydi:

  1. Odatda, o‘zbek adabiy tilida 6 ta unli fonema bor deb hisoblanadi. Aslida esa ularning soni 7-8 taga yetadi (biroq bu hol orfografiyada o‘z ifodasini topmagan). Shuning uchun lahjalar bilan adabiy til unlilarini miqdor (son) jihatdan qarama- qarshi qo‘yish to‘g‘ri emas.

  2. Bir tomondan orfografiya bilan adabiy talaffuz o‘rtasida, ikkinchi tomondan esa, adabiy tilga asos bo‘lgan lahjalarning talaffuz me'yorlari bilan orfografiya o‘rtasida jiddiy tafovutlar bor. Shundan kelib chiqib, o‘zbek tili orfografiyasi masalalari hal qilingan deb bo‘lmaydi.

3.O‘zbek tili me'yorlari, ayniqsa adabiy talaffuz me'yorlari muammosi, shuningdek, lahjalarning o‘zbek adabiy tiliga munosabati masalalari kun tartibiga qo‘yilishi kerak.
Yuqoridagi ma'lumotlardan shu narsa anglashiladiki: a) tilshunosligimizda hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmining ayrim jihatlari (ayniqsa, unli fonemalarning fonologik belgilarini tanlash masalasi) hozircha munozarali bo‘lib qolmoqda. Tilshunoslarimizning fonema va uning ottenkalariga, adabiy tilning tayanch shevalari masalasiga bo‘lgan munosabatlari ham har xil. Xususan, kontrast juftliklami tiklash tarafdorlarining qarashlarida fonema va uning ottenkalarini qorishtirish hollari hamon davom etib kelmoqda. Buning uchun qol va kol, qul va kol, quch va kuch kabi misollarga murojaat etilgan holatlarni eslashning o‘zi kifoya; b) ayrim shevalargagina xos bo‘lib, millat vakillarining ko‘pchiligi uchun me'yor darajasiga ko‘tarilmagan sanoqli so‘zlarga (ot - "o‘simlik", ot - "o‘tmoq" fe'li, or - "bedani o‘r", or - "sochni o‘r", oz - "o‘zishga buyruq", oz - "o‘zlik olmoshi"ga) tayanib, adabiy til vokalizmiga kontrast juftliklarni kiritish, shu asosda alifbo va imloni ham qayta ko‘rish ijobiy natija berishiga ishonish qiyin. Adabiy tilning o‘ziga xos belgilaridan biri undagi me'yorlarning barqarorligi va barcha uchun umumiyligidir: o-e, i-ы, э-a, h-u kabi kontrast juftliklarni adabiy til vokalizmiga olib kirish ana shu barqarorlik va umumiylik talablariga ham mos bo‘lmas deb o‘ylaymiz (buning uchun XX asrning 20-30-yillaridagi tortishuv-bahslarni eslashning o‘zi kifoya).
Qisqacha xulosa

  1. Vokalizm unli fonemalar tizimidir.Bu tizim quyidagi 6 unlini o‘z ichiga oladi: i, e a, o,o„, u.

  2. Hozirgi o‘zbek adabiy tili unli fonemalari quyidagi belgilari asosida tasnif qilinadi:

  1. lablarning ishtirokiga ko‘ra: lablashgan (u, o„,o) va lablashmagan (i, e, a) unlilari;

  2. tilning vertikal harakatiga (tilning uch darajali ko‘tarilish belgisiga) ko‘ra: yuqori tor (i,u), o‘rta keng (e, o„) va quyi keng (a,o) unlilari;

d) tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra: old qator (i, e a) va orqa qator (u,o„, o) unlilari.

  1. Hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmiga oid quyidagi masalalar munozarali bo‘lib qolmoqda:

  1. unli fonemalarning fonologik belgilari masalasi;

  2. lablar ishtiroki va tilning yotiq (gorizontal) harakati o‘rtasidagi munosabatlar masalasi;

  1. vokalizmga oid terminlar masalasi;

  2. adabiy til vokalizmi uchun asos bo‘lgan dialekt va shevalar masalasi.

Tekshirish savollari
1.Vokalizm nima?
2.O‘zbek adabiy tili vokalizmi qaysi fonemalarni o‘z ichiga oladi?

  1. Unli fonemalar undoshlardan qanday farqlanadi?

  2. Unli fonemalar tasnifi nimalarga asoslanadi?

  3. Lablarning ishtirokiga ko‘ra unlilarning turlari?

  4. Tilning vertikal (tik) harakatiga ko‘ra unlilarning turlari?

  5. Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra unlilarning turlari?

  6. Tasnifga asos bo‘lgan qaysi belgilar fonologik xarakterda?

  7. Qaysi belgi o‘z holicha fonologik xususiyatga ega emas?

10.O‘zbek tilshunosligida hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmiga oid qanday
masalalar munozarali bo‘lib qolmoqda?

  1. Unli fonemalarning kombinator va pozitsion ottenkalari qanday farqlanadi?

Ularning har biri alohida fonema deb qaraladimi?
Tayanch tushunchalar

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling