O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet59/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

1.

Tor unlilar

i

u

2.

O‘rta keng unlilar

e

o‘

3.

Quyi keng unlilar

a

o


2-jadval22

Lablarning ishtirokiga
ko‘ra

Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra

Tilning vertikal harakatiga ko‘ra (rezonator hajmi)

old qator unlilari

orqa qator
unlilari

Lablanmagan unli

i




tor unlilar

Lablangan unli




u

Lablanmagan unli

e




o‘rta keng unlilar

Lablangan unli




o‘

Lablanmagan unli

a




Keng unlilar

Lablangan unli




o


Yuqoridagi tasniflarda keltirilgan uch belgidan ikkitasi (lablangan va lablanmagan hamda tilning vertikal harakatiga asoslangan belgilar) fonemalarning fonologik xususiyatini ifodalaydi (ular tegishli kvaziomonimlar misolida yuqorida izohlandi), uchinchi belgi (tilning gorizontal harakati) esa, prof. A. Abduazizov va prof. A. Nurmonovning ta'kidlashicha, fonologik jihatdan ahamiyatsiz bo‘lib, fonemaning asosiy belgilari qatoriga kirmaydi, chunki unlilarning old qator va orqa qator bo‘lishi lablarning ishtirokiga va turli kombinator-pozitsion omillarga bog‘liqdir: lablanmaslik tilning tishlar tomon siljishini, lablanish esa tilning tishdan orqaga tortilishini taqozo qiladi. Demak, old qator (i,e,a) va orqa qator (u,o‘,o) unlilarining fonologik xususiyatlari lablar ishtirokisiz namoyon bo‘lmaydi. Bu fikrga prof. Sh.U. Rahmatullayev e'tiroz bildirib, shunday deydi: "Ayrim adabiyotlardagi bir fikrga - ovoz tovushlarni tavsiflashda tilning yotiq yo‘nalishidagi harakati belgisi ahamiyatsiz degan fikrga qat'iy e'tiroz bildirish lozim. Ovoz

  1. Qarang: Jamolxonov H.O‘zbek tilining nazariy fonetikasi.-T.: Fan,2009,108-109-b.

  2. Qarang:Otamirzayeva S.,Yusupova M..Ozbek tili.- Toshkent, 2004. 19-b. tovushlarda (fonema nomi bilan atagan holda) bu belgi asosida zidlanish (oppozitsiya) hosil etish yo‘q deyish haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi". Bu fikrni prof. Sh. Rahmatullayev quyidagicha asoslashga harakat qiladi: "...Lablarning qatnashishi darajasiga va tilning yotiq yo‘nalishdagi harakatiga ko‘ra ovoz tovushlar ketma-ket bir xil o‘rin oladi, chunki bu ikki nuqtayi nazarning negizi bir-biri bilan bog‘liq: til oldga tomon harakatlansa, lablar cho‘chchaymaydi, orqaga tomon harakatlansa, lablar cho‘chchayadi, masalan, i, u tovushlarida bo‘lgani kabi. Ko‘rinadiki, yetakchi, hal qiluvchi deb tilning yotiq yo‘nalishdagi harakatini ko‘rsatish to‘g‘ri". Shu asosda prof. Sh. Rahmatullayev hozirgi adabiy o‘zbek tili unlilarining tasnifini quyidagi jadval shaklida beradi: 21

Til oldi, lablanmagan




u

Til orqa, lablangan

Tor

i




Tordan kengroq




o‘

O‘rtadan tor

e




O‘rtadan keng




a

Kengdan torroq

a




Keng


prof. Sh.U. Rahmatullayevning fikriga, o‘z navbatida, prof. A. Abduazizov qo‘shilmaydi. Uningcha, "lablanish tilning orqa tomon tortilishi natijasida hosil bo‘ladi,- deyish to‘g‘ri emas, chunki ko‘pgina tillarda tilning orqaga tortilishi yordamida hosil bo‘luvchi til orqa unlilaridan ba’zilari lablanmagandir"
Bizningcha, bu fikr haqiqatga ancha yaqindir. Chunonchi, rus tilidagi " ы " fonemasining talaffuzida til orqaga tortiladi, ammo lablanish yuz bermaydi. Kontrast juftliklar saqlangan ayrim o‘zbek shevalarida old qator unlilar orasida lablangan "(0)" va " (e)" fonemalarining, orqa qator unlilar orasida esa lablanmagan " (ы)" va "a" fonemalarining mavjudligi ham bu fikrning to‘g‘riligini isbotlaydi.
Ko‘rinib turibdiki, fonologiya uchun muhim bo‘lgan bu masalalar o‘zbek tilshunosligida hozircha munozarali bo‘lib qolmoqda.
prof. V.V. Reshetov o‘zbek adabiy tilining olti unlisini quyidagicha tasnif
qiladi:22

По месту образования

Передние

Индифферентные

Задние

По участию губ

Негуб­ные

Губ­ные

Негуб­ные

Губ­ные

Негуб­ные

Губ­ные

По сте­пени подъема языка (степень язычно­нёбного сужения)

Верхнего подъема (узкие)







<и>

<у>







Верхне­среднего подъема (полуузкие)

э







<у>







Нижнего подъема (широкие)







<а>




о





Bu jadvalda и (i) , y(u) , у (o‘) , a(a) unlilari artikulatsion-akustik xususiyatlariga ko‘ra indifferent (aralash qator) tovushlar tarzida tasniflangan, chunki ular old qator э(е) va orqa qator o(o) unlilari orasida joylashadi.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, prof. V.V.Reshetov o‘zbek tilining keng o (o) unlisini lablanmagan deb hisoblaydi. Biroq S. Otamirzayeva va A. Mahmudov tomonidan olib borilgan eksperimental tadqiqotlar natijasida bu unlining kuchsiz lablangan ekanligi aniqlangan. Xususan, A. Mahmudov bu haqda shunday deydi: "o (o) unlisini lablangan yoki lablanmagan unli tovushlarga solishtirsak, bu unlida qandaydir yakkalik, ayrimlik borday tuyuladi. Lekin o (o) unlisini talaffuz qilganda 1) lab chekkalarining yopishishi natijasida lablar yonining (masofasining) qisqarishi; 2) quyi (keng) va orqa talaffuz lab orqasining kengayishi bilan bog‘langanligini nazarda tutsak, tahlil qilingan ob'ektiv eksperimental ma'lumotlar o () unli tovushining talaffuzida lab ishtirok etadi, degan xulosaga olib keladi".
Kontrast juftliklar tarafdorlari ishlarida unlilar quyidagicha tasnif qilinadi:

  1. B. To„ychiboyev tasnifi:23

Lablarning ishtirokiga ko‘ra

Lablanmagan

Lablangan

Tilning tik harakatiga ko‘ra

Tilning to‘g‘ri yo‘nalishiga ko‘ra

Til oldi

Til orqa

Til oldi

Til orqa

Tor
O‘rta keng
Keng




i
e
9

ы

b
e
a

u
о4


Bu jadvaldan ko‘rinib turibdiki: a) hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmida unlilarning kontrast jultliklari mavjud: i-ы, 9-a, b-u, e-o‘ kabi; b) lablanmagan unlilar uchta emas, to‘rtta (i, e, a, ы); v) lablanganlar esa beshta (b, u, e, o, a), biroq muallifning o‘zi, negadir, to‘rtta lablangan unli (b, u, e, o) haqida gapiradi. U shunday deydi: "Darhaqiqat, manbalarga murojaat etadigan bo‘lsak, adabiy til qonuniyatiga amal qilib gapiruvchi har bir o‘zbek bu to‘rt lablangan unlini juda yaxshi farqlaydi. Masalan, qol (qo‘l), qozbi(qo‘zi), qorbzq(qo‘riq), g„oza (g‘o‘za) so‘zlaridagi o(o„) til orqa, kel (ko‘l), kez (ko‘z), kerik(ko‘rik), gezal (go‘zal) so‘zlarida e(o„) til oldi talaffuz qilinadi. Yoki qul, quch, qut, butoq so‘zlarida u til orqa, kbl, kvch, kot, bvtvn so‘zlarida b til oldi talaffuz qilinadi. Ayni paytda hozirgi o‘zbek adabiy tilida shunday so‘zlar borki, garchi ular talaffuzda, eshitilishda va ma'noda farqlansa-da, imlo qonun-qoidasiga asosan bir xil yoziladi va ularni leksikologiyada omofonlar deb o‘rgatiladi. Qiyoslang: ot (o‘t) - unli til orqa - olov, o‘simlik ma'nosida, et (o‘t) - unli til oldi - o‘tishga buyruq, organizmning bir qismi, or (o‘r) - til orqa - bedani o‘rish, er (o‘r) (unli til oldi) - sochni o‘rish. Shundan so‘ng muallif tor (to‘r) - ter (to‘r), oz (o‘z ) - ez (o‘z), boz (bo‘z) - bez (bo‘z), vch - uch, tvr-tur... kabi so‘zlarda ham ma'nolar unlilarning til oldi va til orqa differensial belgilari bilan farqlanayotganligini aytadi.

  1. Prof. X. Doniyorov tasnifi (muallif ta'biricha, og‘zaki adabiy nutq vokalizmi tasnifi):24

Фонема

Неогубленные гласные

Огубленные гласные

переднерядные

заднерядные

переднерядные

заднерядные

Узкая

и [i]

(ы)

Y(y)

У [u]

Средняя

э [e]




0(0)

У [о‘]

Широкая

a [а ]

о [а]









Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling