O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- Xalqaro transkripsiya
- Fonetik transkripsiya
Segmental fonologiya -fonologiyaning segment fonemalar bilan shug‘ullanuvchi turi.U fonemika (yoki fonematika) deb ham yuritiladi.
Supersegmental fonologiya - fonologiyaning supersegment fonemalar ( sillabema, aksentema va intonemalar) bilan shug‘ullanuvchi turi.U prosodiya (yoki prosodika) deb ham yuritiladi. Adabiyotlar: 1 (7-18, 19-66-b.),10 (33-45, 45-48-b.), 11(90-92, 99-102-b.). 21 (5-15) Transkripsiya, uning turlari Transkripsiya fonemalarning nutq oqimidagi turli ottenkalarini(variatsiya va variantlarini), shuningdek mahalliy lahja va shevalarning fonetik xususiyatlarini (tovushlarning cho‘ziq-qisqaligi, o‘zak va morfemalar o‘rtasidagi uyg‘unlik kabi hodisalarni) yozuvda aniq ifodalash uchun qo‘llanadigan maxsus grafik (dialektografik) belgilar tizimidir. Bunday tizimdan xalq og‘zaki ijodi namunalarini, o‘zga til matnlarini yozib olishda ham foydalaniladi. Transkripsiyaning xalqaro miqyosda va milliy tillar doirasida qo‘llanadigan turlari bor: Xalqaro transkripsiya.U lotin alifbosi asosida tuzilgan bo‘lib, barcha xalqlar uchun xizmat qiladi. Milliy transkripsiya. U har bir tilning o‘z yozuviga tayanib tuziladi. Har ikki holda ham transkripsiya alifbodagi harflardan tashqari qo‘shimcha belgilar bilan to‘ldiriladi. Shuning uchun transkripsiya tizimidagi belgilar miqdori (ayniqsa, fonetik transkripsiyada) muayyan alifbodagi harflar miqdoridan ko‘p bo‘ladi. Milliy transkripsiyaning o‘zi ham fonetik transkripsiya va fonologik (fonematik) transkripsiya kabi turlarga bo‘linadi. Fonetik transkripsiya. Transkripsiyaning bu turi fonetik prinsip asosida tuziladi-fonemaning talaffuzdagi har bir ko‘rinishiga (variatsiya va variantlariga) mos holda alohida belgilar bilan to‘ldiriladi. O‘zbek dialektologiyasi va dialektografiyasida ko‘proq rus grafikasi asosida tuzilgan transkripsiyadan foydalanib kelinmoqda.Bu transkripsiya prof.V.V. Reshetov tomonidan tuzilgan bo‘lib, unda u n l i l a r uchun quyidagi belgilar olingan (jadvalga qarang):
Demak, unlilarning shevalardagi funksional turlarini yoki adabiy tildagi unli fonemalarning variatsiya va variantlarini yozma matnda aniq ifodalash imkoniga ega bo‘lish uchun mazkur transkripsiyaga 15 ta belgi kiritilgan. Biroq amalda (dialektografik matnlarni tuzishda) mualliflar bu belgilar tizimiga doimo izchil yondashavermaydilar: matbaa, bosmaxona, komputer imkoniyatlaridagi cheklanishlar ularning mavjud transkripsiya tizimidan chetga chiqishlariga sabab bo‘layotgan hollar ham yo‘q emas. U n d o s h l a r uchun rus grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosidagi е,ё,ю,я, grafemalaridan boshqa barcha harflar ishlatiladi: "e",'^",'W,Vlar esa transkripsiyada quyidagicha ifodalanadi: e- kiejnjie. ё-йо . ю-йv,йу. я-йэ,йа. Transkripsiyada undoshlarning yumshoqligi ham alohida belgi bilan ifodalanadi. Masalan, "лО -yumshoq'^" kabi.20 Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling