O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet56/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

2.Fonematik transkripsiya (fonologik transkripsiya). Transkripsiyaning bu turi faqat fonemalarni ifodalashga asoslangan, unda har bir fon (allofon) uchun maxsus belgi (harf) ishlatilmaydi. Masalan, кир.кир (fonematik transkripsiya )-кър, кьр (fonetik transkripsiya), карам, карам (fonematik transkripsiya), кэрэм, карам (fonetik transkripsiya). Fonematik transkripsiyada bir fonema uchun bir belgi qo‘llanadi, fonetik transkripsiyada esa fonemaning har bir foni (ottenkasi) uchun alohida belgi ishlatiladi, shuning uchun fonetik transkripsiyada harflar va diakritik belgilar miqdori ko‘p bo‘ladi.
I z o h: 1) fonematik transkripsiya adabiy-orfografik yozuvga juda yaqindir(ba‘zi o‘rinlarda hatto farqlanmaydi), shunga qaramay ular o‘zaro teng emas. Qiyos qiling; юлДуз (adabiy-orfografik yozuv) -йулДуз (fonematik transkripsiya),елка// (adabiy-orfografik кк^муйелкан (fonematik transkripsiya), яхши (adabiy-orfografik yozuv) - йахши (fonematik transkripsiya), буюк (adabiy-
orfografik yozuv)- буйук (fonematik transkripsiya) kabi;2) transkripsiya bilan transliteratsiyani qorishtirmaslik kerak: transkripsiya, yuqorida aytib o‘tilganidek, tildagi fonemalarning nutqdagi turli ko‘rinishlarini, shuningdek, shevalardagi tovushlar tizimini matnda aniq ifodalash uchun maxsus shakllantirilgan harfiy va noharfiy belgilar tizimidir (yuqoridagi ma‘lumotlar va misollarga qarang); transliteratsiya esa bir grafik tizim vositasida yozilgan matnni boshqa yozyvga (boshqa tilga emas) o‘girishdir. Masalan, (—Maorif va
o‘qutg‘uchi” jurnalining 1926-yil 3-soni,5-betidagi maqola nomi) - Лотин алифбеси учун кураш (shu maqola nomining kirill-o‘zbek yozuviga o‘girilgan nusxasi-transliteratsiyasi).
Tekshirish savollari

  1. Transkripsiya qanday tizim?

  2. Transkripsiyaning qanday turlari bor?

  3. Xalqaro va milliy transkripsiyalar qanday farqlanadi?

  4. Fonetik va fonematik (fonologik) transkripsiyalar qanday farqlanadi? 5.O‘zbek tilshunosligida qanday transkripsiyadan foydalanib kelinmoqda?

  1. prof. V.V. Reshetov transkripsiyasida unli va undoshlar uchun qanday belgilar qabul qilingan?

  2. Transkripsiya adabiy-orfografik yozuvdan qanday farqlanadi?

  3. Transkripsiya va transliteratsiyani qanday tushunasiz?

Tayanch tushunchalar

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling