O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet57/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Transkripsiya - fonemalarning nutq oqimidagi turli ottenkalarini(variatsiya va variantlarini), shuningdek mahalliy lahja va shevalarning fonetik xususiyatlarini yozuvda aniq ifodalash uchun qo‘llanadigan maxsus grafik belgilar tizimi.
Xalqaro transkripsiya -barcha xalqlar uchun umumiy bo‘lgan transkripsiya.
U lotin alifbosi asosida tuzilgan.
Milliy transkripsiya- har bir tilning o‘z yozuviga tayanib tuzilgan transkripsiya.
Fonetik transkripsiya-muayyan til fonemalarining turli ottenkalarini (variatsiya va variantlarini) yozuvda aniq ifodalash maqsadida tuzilgan transkripsiya.Uning tuzilishi fonetik prinsipga asoslanadi.
Fonematik transkripsiya (fonologik transkripsiya) -transkripsiyaning “bir fonemaga bir belgi” prinsipida tuzilgan turi. Unda har bir fon (allofon) uchun maxsus belgi (harf) ishlatilmaydi, balki har bir fonema (fonemaning har bir variatsiyasi yoki varianti emas) alifbodagi tegishli harf bilan ifodalanadi, demak, fonematik transkripsiyaning tuzilishi yozuvning fonematik (fonologik) prinsipiga asoslanadi.
Transliteratsiya - bir grafik tizim vositasida yozilgan matnni boshqa yozyvga o‘girish.
Adabiyotlar: 10(48-50 ), Yana qarang: Ashirboyev Samixon. O‘zbek
dialektologiyasi.Toshkent-2011, 8-11-b. Reshetov V.V., Shoabdurahmonov Sh. O‘zbek dialektologiyasi. -Toshkent: "O‘qituvchi", 1978, 9-12-b.

  1. Hozirgi o„zbek adabiy tili vokalizmi



Vokalizm -muayyan tildagi unli fonemalar tizimidir.
O‘zbek tilshunosligida hozirgi o‘zbek adabiy tili unlilari miqdori masalasida ikki xil fikr mavjud:
Birinchi fikrga ko„ra adabiy til unlilari 6 ta: i, e, a, u, o„, o. (Bu fikr tarafdorlari qatorida Y.D. Polivanov, A.K. Borovkov, V.V. Reshetov, A.G‘. G‘ulomov, Sh. Shoabdurahmonov, F. Kamolov, A. Mahmudov, S. Otamirzayeva, A. Abduazizov, A. Nurmonov, Sh. Rahmatullayev va boshqalar bor).
Ikkinchi fikrga ko„ra hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmida 8-9 unli (i,bi,a,a,h,u,e,o,e) mavjud bo‘lib, ular eski o‘zbek adabiy tilida va hozirgi qipchoq lahjalarida bo‘lganidek kontrast juftliklami (i-ы, э-a, h-u, e-o zidlanishlarini) hosil qiladi, shundan kelib chiqib, adabiy til vokalizmi va alifbo masalalari qayta ko‘rib chiqilishi - alifboga qo‘shimcha harflar kiritilishi kerak (Bu fikr tarafdorlari qatorida X.Doniyorov, B. To‘ychiboyev, M. Valiyev va boshqalar bor).
Unli fonemalar tasnifi

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling