O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Fakultativ ottenkalar (fakultativ variantlar)


Download 5.3 Mb.
bet47/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Fakultativ ottenkalar (fakultativ variantlar) - fonemalarning bir xil fonetik qurshovdagi ikki xil ko‘rinishi. Chunonchi, ulfat so‘zidagi "f" shu pozitsiyaning o‘zida "p" ko‘rinishida ham qo‘llaniladi: ulfat//ulpat kabi. Bunday hodisa faqat - paqat, qarmoq - qalmoq, musulmon - musurmon so‘zlari talaffuzida ham uchrab turadi. Bulardagi f-p, r-l, l-r almashinuvlarida fonetik qurshovning ta'siri yo‘q, ulardan ayrimlari tarixiy omillar, psixologik ko‘nikmalar ta'sirida, ayrimlari esa jonli so‘zlashuv ko‘nikmalari bilan bog‘liq ravishda yuz beradi. Fakultativ ottenkalardan nutqda, ayniqsa, badiiy asar matnida uslubiy maqsadlarda foydalanish hollari ham yo‘q emas. Shu sababli ottenkalarning bu turi ba'zan uslubiy ottenkalar deb ham nomlanadi.

  • Individual ottenkalar kishilarning anatomik-biologik jihatlari bilan bog‘liq ravishda yuz beradigan talaffuz ko‘rinishlari (erkak va ayollardagi ovoz tafovutlari yoki nutq a'zolaridagi nuqsonlar sababli yuzaga keladigan o‘zgarishlar). Bunday ottenkalarning lisoniy (lingvistik) qiymati yo‘q, shunga ko‘ra ular tilshunoslikda o‘rganilmaydi.

    Fonemalarning kuchli va kuchsiz pozitsiyalari
    Moskva fonologiya maktabining morfologik fonema nazariyasiga ko'ra, fonema ma’lum darajada mustaqil bo‘lgan, demak, so‘z va morfemaning tovush qobig‘iga bog‘liq bo‘lmagan birlik emas, balki so‘z va morfemaning tarkibiy elementidir. Bu nazariyadagi eng muhim asos morfemaning bir butunligidir. Demak, bu masalada Moskva fonologlari I.A. Boduen de Kurtenening fonemaga morfologik birlik sifatida qarashiga tayanishadi. Ularning fikricha, fonema morfema tarkibida turli pozitsiyada (har xil tovushlar bilan yondosh holatda yoki urg‘uli, urgusiz bo‘g‘inlarda) qo‘llanadi, shuning uchun morfemaning talaffuzi turlicha bo‘ladi. Bu hol fonemalarning kuchli va kuchsiz pozitsiyalari haqidagi ta'limotni yuzaga keltirgan.


    1. Download 5.3 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   272




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling