pozitsion ottenkalar jarangli undosh fonemalarning so‘z oxirida kelgan, unli fonemalarning esa urg‘uli yoki urg‘usiz, ochiq yoki yopiq bo‘g‘inlarda qo‘llangan ko‘rinishlaridir. Masalan, jarangli "b" va "d" fonemalari so‘z oxirida jarangsiz "p" va "t" tarzida talaffuz qilinadi: kitob > kitop, omad >omat kabi. Bundagi "p" va "t" tovushlari jarangli "b" va "d" fonemalarining pozitsion ottenkalari sanaladi (fonemaning so‘z oxirida, demak, kuchsiz pozitsiyada reallashgan ko‘rinishi bo‘lganligi uchun), "i" unlisi bilan so‘zida qisqa va kuchsiz (urg‘usiz bog‘inda, demak, kuchsiz pozitsiyada bo‘lganligi uchun), o„rik so‘zida kuchliroq (urg‘uli bo‘g‘inda, demak, kuchli pozitsiyada bo‘lganligi uchun), bir so‘zida tor (to‘liq yopiq bo‘g‘inda bo‘lganligi uchun), endi so‘zida esa biroz kengaygan ko‘rinishda - ende shaklida (so‘z oxiridagi ochiq bo‘g‘inda bo‘lganligi uchun) talaffuz etiladi. Bu ko‘rinishlarning barchasi bitta "i" fonemasining turli pozitsion ottenkalari hisoblanadi;
d) kombinator-pozitsion ottenkalarning yuzaga kelishida har ikki omil birga qatnashadi. Masalan, qilich so‘zi tarkibidagi birinchi "i" unlisi chuqur til orqa "q" undoshi ta'siriga berilib, "ы" tarzida (kombinator ottenka shaklida), urg‘usiz bo‘g‘inda (kuchsiz pozitsiyada) bo‘lganligi uchun esa qisqa unli tarzida (pozitsion ottenka shaklida) talaffuz qilinadi.
Fonemalarning kombinator va pozitsion ottenkalari tilshunoslikda shu fonemaning allofonlari deb ham ataladi.
Har bir fonema nutq oqimida o‘zining yuqoridagi ottenkalaridan biri shaklida reallashadi, bunday ottenkalar ichida bittasi shu fonema uchun tipik ko„rinish hisoblanadi - fonemaning fonetik qurshovdan tashqarida (erkin holda) bo‘lgan asosiy ko‘rinishiga yaqin bo‘ladi. Odatda, fonemaning kuchli pozitsiyadagi ko„rinishi bunga misol bo„ladi. Masalan, daraxt so‘zi boshida yoki bodom so‘zi o‘rtasida (intervokal pozitsiyada) qo‘llangan "d" fonemasining akustik-artikulatsion belgilari shu fonemaning nutqdan tashqaridagi (tildagi) belgilaridan deyarli farq qilmaydi. Fonemaning bunday ko‘rinishi shu fonemaning asosiy (tipik) ottenkasi yoki fonema qatoridagi dominanta deb qaraladi. Qolgan barcha ko‘rinishlar esa asosiy bo‘lmagan (notipik) ottenkalar sanaladi. Notipik ottenkalar fonetik qurshovdagi tovushlarga ko‘proq darajada qaram bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |