O‘zbекisтоn rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzirligi


Turkiston Muxtoriyati uchun kurashning g‘oyaviy asoslari


Download 194.25 Kb.
bet2/2
Sana10.06.2020
Hajmi194.25 Kb.
#116868
1   2
Bog'liq
Турсунов О курс иши манбашунослик

1.1. Turkiston Muxtoriyati uchun kurashning g‘oyaviy asoslari


1.2. Turkiston muxtoriyati

II-bob.Turkiston muhtoriyatining omma tomonidan qo`llab-quvvatlanishi

2.1. «Yashasin Muxtoriyatli Turkiston»

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti Shаvkаt Mirziyoеvning 2017 yil 30 iyundаgi “O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Fаnlаr аkаdеmiyasi huzuridа O‘zbеkistоnning eng yangi tаriхi bo‘yichа jаmоаtchilik kеngаshi fаоliyatini tаshkil etish to‘g‘risidа”gi qаrоrini o‘qib... Mustаqillik yillаridа O‘zbеkistоndа tаriх fаni sоbiq mustаbid tuzum mаfkurаsidаn vоz kеchish, yangi yondаshuvlаr bilаn bоg‘liq o‘zgаrishlаrgа yuz tutdi. Fаn tаrаqqiyoti vа ijtimоiyiqtisоdiy rivоjlаnish O‘zbеkistоn tаriхchilаri zimmаsigа jаhоn аmаliyoti yutuqlаridаn kеlib chiqib, tаriх fаnini yanаdа yuqоri ilmiy-nаzаriy dаrаjаgа оlib chiqish hаmdа yangi ilmiy yo‘nаlishlаrni o‘zlаshtirish kаbi vаzifаlаrni yuklаmоqdа. Dаvlаtimiz rаhbаrining 2017 yil 30 iyundаgi “O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Fаnlаr аkаdеmiyasi huzuridа O‘zbеkistоnning eng yangi tаriхi bo‘yichа jаmоаtchilik kеngаshi fаоliyatini tаshkil etish to‘g‘risidа”gi qаrоri kеngаsh ishidаgi kаmchiliklаrni bаrtаrаf etish vа uni yangi pоg‘оnаgа ko‘tаrish hаmdа bu bоrаdаgi ishlаr sаmаrаdоrligini оshirishgа qаrаtilgаn muhim hujjаtlаrdаn biridir. Qаrоrdа Jаmоаtchilik kеngаshi оldigа O‘zbеkistоnning eng yangi tаriхini tizimli, hаqqоniy vа хоlis tаrzdа o‘rgаnishni tаshkil etish, yangi аvlоd ilmiy vа o‘quvuslubiy аdаbiyotlаrni yarаtish hаmdа mаmlаkаtimizningdunyodаgi o‘rni vа rоlini ko‘rsаtishgа qаrаtilgаn qаtоr vаzifаlаr qo‘yilgаn. Mаzkur hujjаtdа ko‘rsаtilgаn vаzifаlаrni bir-birini to‘ldiruvchi ikki yo‘l оrqаli ro‘yobgа chiqаrish lоzim. Birinchi yo‘l – yangi аvlоd ilmiy vа o‘quv аdаbiyotlаrini yarаtish. Ikkinchi yo‘l – mаvjud bilimlаrni yoshlаrgа tаrg‘ib etish vа o‘qitish.

O‘zbеkistоnning eng yangi tаriхi hаqidа so‘z yuritilgаndа, biz uchun, аvvаlо, mаmlаkаtimizning 1991 yildаn kеyin bоsib o‘tgаn tаriхiy yo‘li mоhiyati vа

mаzmunini аnglаb еtish muhimdir. Bu jаrаyon qаndаy bоrgаnligini, mаmlаkаtimiz mustаqillik аrаfаsidа vа uning dаstlаbki yillаridа qаndаy muаmmоlаrgа duch kеlgаnini tushunib еtish muhim. O‘zbеk jаmiyatidа qаdimgi dаvrlаrdаn bеri аyrim dеmоkrаtiya unsurlаri: o‘zini o‘zi bоshqаrishning jаmоа shаkli, mаhаllа yig‘inlаri, оqsоqоllаr kеngаshlаri vа хаlq diplоmаtiyasi mаvjud edi. Birоq hоzirgi kundа ushbu institutlаr tоmоnidаn аn’аnаviy funksiyalаr bаjаrilishining o‘zi bilаn qаnоаtlаnib bo‘lmаydi. Biz ulаrning fаоliyatini hоzirgi dаvr tаlаblаrigа mоs yangi mаzmun bilаn to‘ldirishimiz mаqsаdgа muvоfiqdir. Rivоjlаngаn dеmоkrаtik dаvlаtlаrdа siyosiy pаrtiyalаr fuqаrоlik jаmiyatining eng muhim institutlаridаn birini tаshkil etаdi. Mаmlаkаtimiz Birinchi Prеzidеnti Islоm Kаrimоv fuqаrоlаrning dаvlаt vа jаmiyatni bоshqаrishdа kеng ishtirоk etishini tа’minlоvchi siyosiy institutlаrning хilmахilligigа аsоslаngаn yangi dеmоkrаtik tizim nеgizlаrini shаkllаntirish zаrurligigа аlоhidа e’tibоr qаrаtgаn. Sоbiq tuzum dаvridа dаvlаt vа yakkаpаrtiyaviylik tizimi shахs ustidаn yalpi hukmrоnligini o‘rnаtgаn edi. Fuqаrоning huquqiy himоyalаnmаgаni, bоshqаruvning mа’muriybuyruqbоzlik usullаri, hаr qаndаy muqоbil fikrlаshning tаzyiq оstigа оlinishi ko‘p оdаmlаrdа chоrаsizlik tuyg‘usini uyg‘оtib, rеаl hаyotdаn uzоqlаshish istаgini оshirdi. “Siyosiy аusаydеrlаr” dеb аtаluvchi kishilаr sоnining o‘sishi, jаmiyatdа ijtimоiy pеssimizm vа bоqimаndаlikning kuchаyishigа sаbаb bo‘ldi. Аfsuski, bugungi kundа hаm jаmiyatdа eski dаvrgа хоs bo‘lgаn ijtimоiy оngning rеsidivlаri muаyyan dаrаjаdа sаqlаnib qоlmоqdа. Prеzidеntimiz Shаvkаt Mirziyoеv ushbu hоlаtni nаzаrdа tutgаn hоldа O‘zbеkistоndаgi siyosiy pаrtiyalаrni jiddiy tаnqid оstigа оlib, quyidаgilаrni tа’kidlаdi: “Оchiq аytish kеrаk, siyosiy pаrtiyalаrdа bu sоhаdа hаligаchа хоtirjаmlik, qаndаydir mudrаb o‘tirish kаyfiyati hukm surmоqdа. Hеch kimgа fоydаsi bo‘lmаgаn mаjlislаr sоаtlаb dаvоm etmоqdа, tаnqidiy tаhlil o‘rnigа mаydа mаsаlаlаr bilаn o‘rаlаshib, dоlzаrb muаmmоlаrning еchimi chеtdа qоlib kеtmоqdа”. Bugun kuchli fuqаrоlik jаmiyatni qurish vаzifаsi tоbоrа ko‘prоq dоlzаrblik kаsb etmоqdа. Uning аmаlgа оshirilishi rеаl vа fаоl ko‘p pаrtiyali tizimni shаkllаntirishni tаlаb etаyotir. O‘zbеkistоnning eng yangi tаriхini o‘rgаnishdа yuqоridа tа’kidlаb o‘tilgаn vаzifаlаr qаtоridа jаmiyatni ijtimоiy- iqtisоdiy islоh qilishdаgi o‘zbеk mоdеlining kоnsеptuаl аsоslаrini idrоk etish, dаvlаtimizning glоbаl vа mintаqаviy intеgrаsiya jаrаyonlаridа ishtirоki bilаn bоg‘liq mаsаlаlаrning to‘g‘ri vа hаqqоniy tаhlilini хаlqimiz vа kеlаjаk аvlоdgа еtkаzish burchimizdir.

Quyidagi kurs ishida biz yurtimiz tarixidagi Turkiston muhtoriyatining o`rni haqidagi tarixiy manbalarni ko`rib chiqamiz.


I-bob. Turkiston muxtoriyati

1.1. Turkiston Muxtoriyati uchun kurashning g‘oyaviy asoslari


O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, respublika hayotining barcha jabhalarida tub islohotlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. O‘zbek xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilashi milliy tiklanish bilan bog‘liq jarayonlarni chuqur idrok etishda milliy davlat qurilishi tajribasini ilmiy o‘rganilishi, O‘zbekistonni yangilanish va taraqqiyot yo‘lidagi tajribalarni umumlashtirishni taqozo etadi.

Bugungi kunda 100 yil avval yurtimizda milliy-demokratik davlatchilikni barpo etishda ilk tajriba bo‘lgan Turkiston Muxtoriyati uchun kurash tarixi alohida ahamiyat kasb etadi. Ilmiy jamoatchilik eʼtiborini o‘ziga jalb etgan bu tarix hozirda nafaqat ilmiy, balki amaliy va hatto siyosiy qiziqish uyg‘otdi. Chunki uni yoritishda o‘sha yillar voqealariga qayta baho berilmoqda, Turkistonning siyosat, jamoat arboblari va mutafakkirlarining ozodlik va istiqlol uchun kurashdagi faoliyati aniqlanmoqda.

Turkiston Muxtoriyati tarixiga murojaat etish yana bir jihati bilan muhimdir. Xalqimiz tarixiy xotirasida chuqur iz qoldirgan bu kurash tajribasining tahlili bugungi milliy tiklanish jarayonlari, xalqimizning tanlagan yo‘liga eʼtiqodi manbalarining qonuniy va ilgarilab boruvchi xususiyatini tushunish imkonini beradi.

Maʼlumki, muxtoriyatchilik harakatining mafkurachilari bo‘lgan jadidlar Turkistonda madaniy-maʼrifiy, keyinchalik esa siyosiy harakat sifatida tarqalib, o‘z maqsadlarini dunyoviy demokratik davlat qurishdan iborat deb eʼlon qilgan edilar. Jadidlar buning uchun davlatning iqtisodiy va siyosiy tizimini isloh etish hamda maorif va fanni taraqqiy ettirishga bel bog‘ladilar. Ammo bu yo‘lni tanlash bilan ular milliy va maʼnaviy boyliklardan voz kechish emas, balki ular negizida bosqichma-bosqich o‘zgarishlarga erishib shu vaqtgacha xalq fikrida o‘rnashib qolgan eskicha qarashlardan xalos bo‘lmoqchi edilar. Chunki bular davlat taraqqiyoti va xalq ongining o‘sishiga to‘sqinlik qilardi.

1917 yilda “o‘z taqdirini o‘zi belgilash” g‘oyasi bilan bog‘liq “avtonomiya” so‘zini anglatgan “Muxtoriyat” tushunchasi eng ommaviy iboraga aylangan edi. O‘sha tarixiy davrda jadidlar Rossiyadan ajralib mustaqil rivojlanish nechoqlik og‘irligini va Turkiston qiyin sharoitga tushib qolishini oldindan ko‘ra olishgan. Chunki Turkiston Rossiya imperiyasi bilan har tomonlama iqtisodiy jihatdan bog‘langan edi. Shuning uchun jadidlar Rossiya Federativ Demokratik Respublikasi bilan yagona iqtisodiy doirada mustaqil rivojlanishni kun tartibiga qo‘yishgan. Ular Turkistonga keng vakolatli milliy-hududiy muxtoriyat berilishining tarafdori edilar.

Taraqqiyparvarlar hurriyat va muxtoriyat uchun hayot-mamot kurashi vaqti yetib kelganini anglab mustamlakachilikni qattiq va ayovsiz tanqid qila boshladilar, oldingi konstitutsiyaviy yakka hokimlik (monarxiya) tuzumi g‘oyalaridan voz kechib, Turkistonga Rossiya Demokratik Federativ Respublikasi tarkibida milliy-hududiy muxtoriyat berilishini talab qila boshladilar.1

Muxtoriyatchilarning dastur hujjatlarida asosiy eʼtibor milliy-hududiy muxtoriyat tamoyillarini amalga oshirish yo‘llarini ishlab chiqishga qaratilgan edi. Xususan, hokimiyatning yuqori organlarini tashkil qilish, o‘lkani idora etish va o‘lka sudlarini barpo etish, davlat tizimlarini vujudga keltirish kabi zarur bo‘lgan vazifa va masalalar kun tartibiga chiqarilgan edi. Boshqaruv idora usuli sifatida respublika idora usuli maqbul deb topildi. Eng maʼqul va maqbul jamiyat deb demokratik jamiyat barpo qilish ko‘zda tutilgandiki, bunday jamiyatda demokratik huquq va erkinliklar konstitutsiyaviy yo‘l bilan himoya etilishi zarur edi.

Jadidlarning o‘sha yillardagi beqiyos xizmatlaridan yana biri bu–barcha Turkiston xalqlari va millatlarining qonun oldida tengligi haqidagi g‘oyaning ilgari surilishi bo‘lib, bunga ko‘ra Turkiston fuqarolari jamiyat hayotining barcha iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va madaniy jabhalarida teng huquqqa ega bo‘lishlari lozim edi.

Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi o‘zlarining g‘oyalarini Turkiston jadidlari hayotga tatbiq qilar ekanlar, bularning hal etilishini mamlakatning turli ijtimoiy kuchlari bilan kelishilgan holda Rossiyada demokratik asosda chaqirilajak Taʼsis Majlisi bilan uzviy bog‘liqlikda ko‘rdilar. Jadidlar Taʼsis Majlisidan o‘rin olish uchun juda ko‘p urindilar, g‘ayrat qildilar, hatto bu jarayonda o‘z saflarida taraqqiyparvarlardan tuzilgan “Sho‘roi Islomiya” va konservativ fikrdagi din arboblaridan tashkil topgan “Ulamo” kabi tashkilotlarga bo‘linish yuz berganligiga qaramasdan, birlashish yo‘lidan bordilar, pirovardida bu Turkiston federalistlarining “Turk adami markaziyati firqasi”ning vujudga kelishiga olib keldi.

Maʼlumki, dastlabki paytda “Sho‘roi Islomiya” tarkibiga jadidlar, mullalar, mudarrislar, kosibkorlar va boshqa ijtimoiy qatlamlar kirar edi. Keyinchalik esa taraqqiychilar va konservativ diniy arboblar faoliyatida umumiylik pasaya boshladi. Ularning umumiy vazifasi mustamlakachilarga qarshi kurash, ozodlikka intilish edi. Maqsadlari bir bo‘lsa-da, lekin unga erishish yo‘llari turlicha edi. Agar din arboblari yangi sharoitda xalqni ruslarga qarshi muqaddas kurash-g‘azavotga chaqirsalar, ilg‘or ziyolilar esa faqat fanatizmga tayangan, yaxshi tayyorlanmagan g‘azavot xalqni og‘ir ahvolga solib qo‘yishi, orzu qilingan maqsadlarni uzoqlashtirib qo‘yishi mumkinligini ogohlantirishdi va bu hol ro‘y bermasligi uchun din peshvolariga qarshilik ko‘rsata boshlashdi. Natijada “Sho‘roi Islomiya” aʼzolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keldi. Bu esa o‘z navbatida “Ulamo” jamiyatini barpo etilishiga olib keldi. Undan tashqari bu ikki tashkilot orasidagi ziddiyatlar nafaqat Turkistonda yangi davlatchilikni tashkil etish masalasida, balki Yevropa madaniyatining kirib kelishi, ayollar emansipatsiyasi, shariat qonunlari va boshqa masalalarda ko‘rindi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, 1917 yil 12 sentyabrda ulamochilar chaqirig‘i bilan bo‘lib o‘tgan Turkiston musulmonlarining II syezdi boshqarishning respublikachilik shaklini tanladi. Bunda islom omili taʼsiri faqat davlat apparati tamoyillari bilan cheklanib qolmadi, balki bo‘lgusi davlat faoliyatining barcha asosiy yo‘nalishlarini belgilash, fuqarolarning huquqiy maqomi davlat hayotidagi diniy arboblarning rolini tartibga solishda ko‘rindi. Bu bir qator amaliy masalalar bo‘yicha syezd qarorlarida qayd etildi. Xususan, “suv va yer haqida”gi masala bo‘yicha qarorda shunday deyiladi: “1. Turkistonning yer va suvlari umumxalq yig‘ini boshqaruvida bo‘lmog‘i lozim. 2. Yer qo‘mitalarini tashkil etish darhol to‘xtatilsin, chunki ular yer va suvlarni ijtimoiylashtirish (sotsializatsiya) yo‘lini tutmoqdalar”. Bu qarorda, bir tarafdan davlat umumxalq mulkiga ustuvorlik beruvchi mulkchilik konsepsiyasi tasdiqlansa, boshqa tomondan islom meʼyorlariga muvofiq keluvchi mulkchilik huquqlarini huquqiy muhofazalash mustahkamlandi.

Rossiya Taʼsis Majlisi chaqirilishiga tayyorgarlik sharoitlarida syezd barcha kuchlarni birlashtirishga chaqirdi. “Sho‘roi Islomiya” va “Turon”ning jamiyat va tashkilotlarini tugatish hamda ularning o‘rniga “Ittifoqi muslimin” bo‘linmalarini tuzish haqidagi syezd qarorlari ham bu birlashtirishga qaratilgan edi.

1917 yil fevralidan keyingi davr Turkiston xalqlarining siyosiy uyg‘onishi, siyosiy kuchlarining tashkillashuvida muhim bosqich bo‘ldiki, bu kuchlar sobiq Rossiya imperiyasida rivojlanib kelayotgan demokratik kuchlarga tayanib, demokratik Rossiya tarkibida milliy-hududiy muxtoriyat negizida mustamlaka zulmidan ozod bo‘lish va keng suverenitet asosida o‘z davlatchiligini barpo etish yo‘lida dasturiy faoliyatlari bilan ochiqdan-ochiq kurashga kirishdilar. Buning uchun muxtoriyatchilar tomonidan o‘zbek, qozoq, tojik, tatar, turkman va qirg‘izlarni birgalikda ish olib borishlari kerakligi g‘oyasi xalqqa tushuntirildi.2

1917 yil 25 oktyabrda (yangi sana bilan 7 noyabrda) qurol kuchiga tayangan V.I. Lenin boshchiligidagi bolsheviklar Petrogradda Muvaqqat xukumatni ag‘darib tashlab, xoqimiyatni zuravonlik yo‘li bilan egallashdi. Rossiyaning markazida yuz bergan voqealarning aks-sadosi oradan ko‘p o‘tmay Turkistonga ham yetib keldi. 28 oktyabrda Toshkentning yangi shaharida yevropalik ishchilar va soldatlar bolsheviklarning qutqusi bilan qurolli to‘qnashuvlarni boshlab yuborildi. 1 noyabrda Muvaqkat hukumatning Turkiston Komiteti aʼzolari qamoqqa olindi. Toshkentda zo‘ravonlik yo‘li bilan sovet rejimi o‘rnatildi.

1917 yil 15 noyabrda III O‘lka ishchi, soldat va krestyan deputatlari syezdi ochilishi arafasida shu narsa aniq bo‘ldiki, u o‘lkada hokimiyatni tuzish haqidagi masalani hal etishni to‘la-to‘kis o‘ziga qabul qildi. Bolsheviklar, eserlar, sotsialist-inqilobchilar va sotsial-demokratik mensheviklar hokimiyatni tashkil qilish tamoyillari haqidagi masalalar bo‘yicha qizg‘in bahslarni tugatgach, so‘z Sherali Lapinga berildi. U o‘z nutqida syezd ishtirokchilarini musulmon syezdi qabul etgan O‘lka hokimiyatini tashkil etish haqidagi qaror bilan tanishtirdi. U “musulmonlar butun hokimiyatni ham talab qilishi mumkin edi, biroq kelgindi elementlarga yon berib, ularning vakillarini hokimiyatga kirishiga yo‘l qo‘ydi”, dedi va musulmonlar o‘lkada faqatgina bitta inqilobiy demokratiya hukm surishiga mutlaqo qarshi turishini ogohlantirdi.

Shunga qaramay, III O‘lka ishchi, soldat va krestyan deputatlari syezdi tasdiqlagan Bayonnoma shuni eʼlon qildiki, o‘lkada hokimiyatning oliy organi “O‘lka ishchi, soldat va krestyan deputatlari soveti bo‘lib, endilikda u Turkiston o‘lkasining Xalq Komissarlari Soveti deb nomlanadi” va uni shakllantirishda Oktyabr to‘ntarishini amalga oshirgan so‘l sotsialistik partiyalar vakillarigina ishtirok etadi. Syezd mahalliy aholining o‘lka hokimiyat organida ishtirokiga doir aniq bir gapni aytadi: “Hozirgi vaqtda musulmonlarni o‘lka inqilobiy hokimiyatining oliy tashkilotiga kiritish maqsadga muvofiq emas. Chunki mahalliy aholining soldat, ishchi va krestyan sovetlari hokimiyatiga munosabati noaniq, shuningdek, mahalliy aholi orasida proletar sinfiy tashkilotlar yo‘q”. Shunday qilib, syezd saylagan hukumat – Xalq Komissarlari Sovetiga o‘lka mahalliy aholisi vakillaridan biror kishi kirmadi.

Bolsheviklar III O‘lka Sovetlari syezdini chaqirish va qarorlar qabul qilish orqali o‘lkada hokimiyatni tashkil etish va hokimiyat organlarini shakllantirish tamoyillari haqidagi masalani yakka hal qilib, millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini buzdi. Bolsheviklar mohiyatan dastlabki kunlardanoq chorizmning mahalliy aholiga nisbatan ulug‘ davlatchilik, shovinistik, mustamlakachilik siyosatini davom ettiruvchilari ekanliklarini namoyon etishdi.

Biroq Turkistonning milliy vatanparvar kuchlari o‘lka taqdiri uchun bunday masʼul lahzada xalqning o‘z taqdirini o‘zi belgilash va o‘z davlatchiligini yaratish huquqini amalga oshirishga qaratilgan qatʼiy siyosiy pozitsiyada turdi. Milliy demokratlar o‘z munosabatlarini 1917 yil Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng darhol namoyon qilgan edilar. Bolsheviklar bilan hamkorlikdan bosh tortish belgisi sifatida milliy demokratiya yo‘lboshchilari boshqargan markaziy “Sho‘roi Islomiya” aʼzolari Toshkentni tark etib, Qo‘qonga ko‘chib o‘tdilar. Ular bu yerda 1917 yil 26 noyabrda IV Favqulodda Umumturkiston musulmonlari syezdini chaqirishdi. Bu syezd Turkistonda davlat tuzilishi haqidagi masalani hal etishni ko‘zda tutdi.

Syezd faoliyatining asosiy yakuni Turkiston Muxtoriyatini tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Turkiston Muxtoriyati o‘lka hududida milliy-demokratik davlatchilikni barpo etishning ilk amaliy tajribasi edi.3

Turkiston Muxtoryatining 1918 yil fevralida harbiy kuch orqali tugatilishi milliy masalada ziddiyatlarning chigal tugunini yuzaga keltirdi. U bolsheviklarning mahalliy aholi bilan aloqasi yo‘qligini ochiq-oydin ko‘rsatdi va ayni paytda, mintaqadagi milliy ozodlik harakatining kuchli va yetukligini namoyon etdi.4

1918 yilning Qo‘qondagi fojiali fevral voqealaridan so‘ng ozodlik uchun kurash izchil ravishda ochiq qurolli qarshilik shaklini ola boshladi. Shundan keyin Turkistonning tub aholisi va ularning siyosiy yo‘lboshchilari bolsheviklarni hukumat tuzilmalari xatti-harakatlarida milliy mentalitetga yot bo‘lgan davlatchilikni joriy qilishga oshkora intilishni yaqqol ko‘rgach, milliy masalani tinch yo‘l bilan hal etish imkoniyati tugadi, faqat qurol kuchi bilan ozodlik va mustaqillik haqidagi asriy orzuni amalga oshirish mumkin, degan xulosaga keldilar.

1.2. Turkiston muxtoriyati

1917 yil oktyabr-noyabr oylarida Toshkent va Qo‘qonda yuz bergan voqyealar Turkistonda ijtimoiy-ciyosiy harakatlarning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Qo‘qon shahrida 1917 yil 26-28 noyabr kunlari Turkiston  o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Demokratik musulmon ziyolilar talabi bilan Turkiston aholisining yevropalik qismi vakillari ham qurultoyda teng huquqli bo‘lib ishtirok etdilar. Qurultoyning 27 noyabr kuni qabul qilingan qarorida shunday deyiladi: “Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o‘z huquqlarini o‘zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qiladi”.

28 noyabrda tashkil topayotgan davlatning nomi aniqlanib “Turkiston Muxtoriyati” deb ataladigan bo‘ldi. Butunrossiya Ta’sis s’yezdi chaqirilgunga qadar hokimiyat to‘la ravishda Turkiston Muvaqqat Kengashi va Turkiston Xalq (Milliy) Majlisi qo‘lida bo‘lishi haqida qaror qabul qilindi. Muvaqqat kengash a’zolaridan 12 kishilik hukumat tuziladigan bo‘ldi. Qurultoy jarayonida Turkiston Milliy Majlisi 32 kishidan iborat qilib saylandi. Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati tarkibiga  muxtoriyatchilik harakatining faol ishtirokchilari, jumladan, quyidagilar xukumat a’zolari bo‘ldilar:



  1. Muhammadjon Tinishboyev – Bosh vazir, ichki ishlar vaziri, 2-chaqiriq Davlat Dumasining a’zosi, Muvaqqat hukumat Turkiston komitetining a’zosi, temir yo‘l muhandisi.

  2. Islom Sulton Shoahmedov (Shagiaxmedov) – Bosh vazir o‘rinbosari, Butunrossiya Musulmonlari Kengashi Markaziy qo‘mitasining a’zosi, huquqshunos.

  3. Mustafo CHo‘qay – tashqi ishlar vaziri, Muvaqqat hukumat Turkiston komitetining a’zosi, Turkiston o‘lka Musulmonlar SHo‘rosining raisi, huquqshunos.

  4. Ubaydulla Xo‘jayev (Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev) – harbiy vazir, Butunrossiya Musulmonlar kengashi Markaziy qo‘mitasining a’zosi, huquqshunos.

  5. Hidoyatbek Yurg‘uli (Yurali) Agayev – yer va suv boyliklari vaziri, agronom.

  6. Obidjon Mahmudov – oziq-ovqat vaziri, Qo‘qon shahri dumasining rais o‘rinbosari, jamoat arbobi

  7. Abdurahmon O‘rozayev – ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, huquqshunos.

  8. Solomon Abramovich Gersfeld – moliya vaziri, huquqshunos.

Muvaqqat hukumat tarkibiga kirishi lozim bo‘lgan qolgan 4 o‘rin yevropalik aholi vakillari orasidan nomzodlar ko‘rsatilishi uchun ularga ajratildi.5

Qurultoy tugagach, 1 dekabrda Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati a’zolari (barcha 8 kishi) imzolagan maxsus Murojaatnoma e’lon qilindi. Ushbu Murojaatnomada Turkistondagi barcha aholi: irqi, millati, dini, jinsi, yoshi va siyosiy qarashlaridan qat’iy nazar, ular yakdillik va hamjihatlikka da’vat etilgan edi. Shuningdek, Turkiston Muxtoriyati hukumatining Milliy davlatchilikning qaror topishini jo‘shqin muborakbod etib, matbuotda taniqli ma’rifatparvarlar, diniy, jamoat va siyosat arboblari birin-ketin chiqishlar qilib, Muxtoriyatni tabrikladilar. O‘sha paytda chop etiladigan “Ulug‘ Turkiston” gazetasi sahifalari Qo‘qon, Samarqand, Toshkent, Kaspiyorti viloyatidan Turkiston Muxtoriyatini qo‘llab-quvvatlovchi xabarlar bilan to‘lib toshgan edi.

Yangi hukumat faoliyati faqat Qo‘qonda yoki Farg‘ona vodiysida emas, balki butun Turkiston mintaqasida yashayotgan tub yer aholisi tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlanganligi bois, Turkiston Muxtoriyati hukumati qisqa muddat ichida xalq orasida katta e’tibor qozondi. Shuning uchun ham  ma’rifatparvar Fitrat Muxtoriyat e’lon qilingan tunni “Milliy laylatulqadrimiz” deb atadi.

Xalq ommasining qizg‘in qo‘llab-quvvatlashidan ilhomlangan Muxtor hukumat vakillari jadal faoliyat boshladilar. Dastlabki kunlardan boshlab Millat majlisi tomonidan tasdiqlangan qonunlar e’lon qilinib, yangi hukumat davlat Konstitutsiyasini tayyorlash uchun taniqli huquqshunoslarni jalb etdi. Bir nechta hukumat gazetalari o‘zbek, qozoq va rus tillarida nashr etila boshlandi. Shuningdek, hukumat milliy qo‘shinni tashkil qilishga alohida e’tibor qaratdi. Harbiy vazir Ubaydulla Xo‘jayev ishtirokida o‘tkazilgan ko‘rik-parad vaqtida askarlar soni 2000 nafarga yetgan. Bundan tashqari Qo‘qonda Ergash qo‘rboshi rahbarlik qilgan ikki mingga yaqin mirshablar ham bor edi.

Yangi hukumat iqtisodiy sohada 30 million so‘m miqdorida ichki zayom chiqarishni yo‘lga quydi. Chunki gazetalarni nashr qilish, muxtoriyat qo‘shinlarining ta’minoti hamda hukumatning ichki harajatlari uchun mablag‘ zarur edi. Shuningdek, yangi hukumat a’zolari ochlik girdobida qolgan Turkiston aholisiga Orenburg orqali g‘alla keltirish muammosini hal qilish uchun ham amaliy qadamlar tashladi.

Ammo, umumxalq tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Turkiston Muxtoriyati bolsheviklar tomonidan ma’qullanmadi. 1917 yil 13 dekabrda  Toshkentning eski shahar aholisi “ Muxtor Turkiston uchun” shiori ostida tinch namoyish o‘tkazdilar. Toshkent shahar sovetidagi bolsheviklar esa, shaharda qurolli kuch bilan tartib o‘rnatishga buyruq berdilar. Natijada tinch namoyish qatnashchilari o‘qqa tutilib, 16 kishi halok bo‘ldi.

Shunga qaramasdan, Muxtoriyat hukumatini qo‘llab-quvvatlash davom etaverdi. Xususan, 1917 yil 26-30 dekabr kunlari Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlari I favqulodda qurultoyining ham asosiy masalasi Turkiston muxtoriyatiga munosabat masalasi edi. Butun Turkiston o‘lkasidan 200 yaqin vakillar qatnashgan ushbu qurultoy 30 dekabrda Turkiston muxtoriyati hukumatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Turkiston o‘lkasi Xalq komissarlari Sovetiga ishonchsizlik bildirish haqida qabul qilgan deklaratsiyasida quyidagi fikrlar bor edi: “Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Soveti barcha aholi ayniqsa, musulmonlar hohish-istaklarining ifodachisi emasligi; Turkiston o‘lkasi xalqlari irodasi ikki qurultoyda muxtoriyat e’lon qilinganida ifodalanganligi; Turkistonda yagona hukumat organi butun musulmonlarning qurultoyida tashkil topgan va musulmon ishchi, askar va dehqonlarning qurultoyida to‘ldirilgan Turkiston Muxtoriyati hukumati ekanligini e’tiborga olib, Musulmon ishchi, dehqon va askarlar qurultoyi Turkiston Xalq Komissarlari Sovetiga hokimiyatni darhol Turkiston Muxtoriyati hukumati va Millat Majlisiga topshirilsin deb istak bildiradi”.

Ta’kidlash lozimki, yangi davlatchilik barcha milliy guruhlarning mutanosibligi prinsiplari, umumdemokratik va milliy qadriyatlarning o‘zaro uyg‘unligi asosida barpo etilgan edi. YUqorida qayd etilganidek, Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati aholini oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mahsulotlari bilan ta’minlash, o‘z moliyaviy jamg‘armasini yaratish, turli-tuman siyosiy partiyalar va harakatlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish vazifalarini hal qilish yuzasidan qizg‘in harakatlarni amalga oshira boshlagan edi. Sovet hokimiyatidan farqli o‘laroq, Turkiston Muxtoriyati hukumati qonuniy asosda tashkil etilgan edi. Turkiston Muxtoriyati hukumati keng musulmonlar ommasi va demokratik kayfiyatdagi yevropalik aholining vakolatini olgan edi. Shuning uchun ham aytish mumkinki, Turkiston Muxtoriyati o‘z taqdirini o‘zi belgilagan xalq respublikasi edi.6

Ammo, o‘lka bolsheviklari Turkiston Muxtoriyati hukumatiga katta xavf deb qaradilar. 1918 yil 19-26 yanvar kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Turkiston o‘lkasi ishchi, soldat va dehqon deputatlarining favqulodda IV s’yezdida Muxtoriyatga butunlay salbiy munosabat bildirildi. Ushbu s’yezd Turkiston Muxtoriyati hukumati va uning a’zolarini qamoqqa olish haqida qaror chiqardi. S’yezd bolsheviklar fraksiyasining Turkiston Muxtoriyati to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini qabul qildi. Ushbu rezolyutsiyada Turkiston qonuniy hukumati munofiqlarcha “qoraguruhchilar to‘dasi” deb ataldi. Bu ham yetmagandek, bu s’yezd bolsheviklarning tazyiqi ostida qonuniy kuchga ega bo‘lgan, tub yerli aholi manfaatlarining himoyachisi bo‘lib maydonga chiqqan o‘lkadagi ilk demokratik va xalqchil hukumat- Turkiston Muxtoriyati ustidan shafqatsiz hukm chiqardi.

1918 yil 30 yanvarda Turkiston XKS Muxtoriyat hukumatini tugatish uchun harbiy harakatlar boshladi. Turkiston bolsheviklari buning uchun qizil askarlardan tashqari armanlarning “Dashnoqtsutyun” partiyasi a’zolaridan tuzilgan beshafqat qurolli drujinalaridan ham keng foydalandilar.

31 yanvar kunning ikkinchi yarmida boshlangan janglar bir necha kun davom etdi. Qon to‘qilishini oldini olish maqsadida muzokaralar olib borish harakatlari natija bermadi. 1918 yil 19 fevralda Qo‘qon shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan Turkiston Muxtoriyati hukumati bolsheviklaring qonli hujumlari natijasida ag‘darib tashlandi. Hukumat boshlig‘i Mustafo CHo‘qay shaharni tark etib, yashirinishga majbur bo‘ldi. Vazirlarning ayrimlari halok bo‘ldi, ayrimlari qo‘lga olindi. Dahshatli janglar va talon-tarojlar natijasida 10000 qo‘qonlik o‘ldirildi.

Turkiston Muxtoriyati hukumatining ag‘darilishi turkistonliklar tomonidan Rossiyaning Turkistonga nisbatan tajovuzkorona rejalari mavjudligining yangi dalili sifatida qabul qilindi va ular qo‘llariga qurol olib o‘z Vatanlarini bosqinchilardan himoya qilishga otlandilar. Bu bilan Turkistonda sovetlarga qarshi istiqlolchilik harakatiga asos solindi.7



II-bob.Turkiston muhtoriyatining omma tomonidan qo`llab-quvvatlanishi

2.1. «Yashasin Muxtoriyatli Turkiston»

Qo’qon shahrida Turkiston musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo’lib o’tganligi va unda Turkiston muhtoriyatining tashkil etilganligi to’g’risidagi xabar tеzda butun o’lka mеhnatkashlar ommasi o’rtasida kеng tarqaldi va katta qiziqish uyg’otdi. Turli shaharlar va tumanlarda Turkiston muhtoriyati baland va ko’tarinki ruh va shodu-xurramlik bilan kutib olindi, Muxtoriyatni qo’llab-quvvatlab joylarda ko’p ming kishilik miting va namoyishlar uyushtirildi. Jumladan, 1917 yil 6 dеkabrda Toshkеnt shahridagi Eski Juvadagi Bеklarbеgi jomе' masjidida uyushtirilgan miting bu xusuda xaraktеrlidir. Unda 60 ming shaharlik fuqarolar qatnashdilar. Mazkur mitingni tashkilotchilari «Soveti-Islomchi»lar va «Soveti ulamochi»lar edilar. «Ulug’ Turkiston» gazеtasining bеrgan xabariga qaraganda: «Masjidning ichki sahni va tomlari odam bilan liq to’lgan». Miting Saidg’ani Mahmud raisligida o’tgan. (Munavvarqori Abdurashidxonov, Mulla Odil, Shеrali Lyapin va boshqalar uning o’rinbosarlari edilar). Gazеta miting qatnashchilari Turkiston muhtoriyatini batamom qo’llab-quvvatlaganliklarini yozadi. Miting Turkiston muhtoriyatidan boshqa hukumatni tan olmaslik to’g’risida qaror qabul qildi. Miting ishtirokchilari «Omin, ollohu akbar!» dеb yuzlariga fotiha tortib Xalq kеngashiga sodiq qolishga qasamyod qildilar.

Qabul qilingan qarorda jumladan, quyidagi satrlar bor edi: «Biz musulmonlar sinf ayrimalarga qaramasdan, Turkiston muxtoriyatini olqishlagan holda, Qo’qondagi favqulodda qurultoy tarafidan e'lon etilgan Turkistonda xalq hukumatini vujudga kеltiruv haqidagi qarorga butun vujudimiz birla qo’shilib, ishonamizki, buyuk Rossiya inqilobi tarafidan e'lon etilgan hokimiyati asoslarining suyunchi haqini Rossiyaning birlashgan dеmokratiyasi Turkiston xalqining tarafidan bir og’izdan bayon etilgan tilagiga qo’shilar va o’z kunimizni o’zimiz qura boshlashda yordam etar.

Shunga imon etgan holda biz o’lkadagi hamma musulmonlarni Muhtoriyatli Turkiston hukumati atrofida jipslashib, hozirgi o’lka idorasi boshida bo’lib turgan muvaqqat tashkilotlar bilan qanday bo’lmasin dushmanlarcha muomala qiluvdan saqlanishga da'vat qilamiz.

Turkiston Muxtoriyati amaliy suratda tеzroq vujudga kеlishi uchun tinch va totuvlikni saqlashimiz kеrak. Toki shuning orqasida o’zaro so’g’ish (urush-mualliflar) va bugundan e'tiboran hur bo’lgan Turkistonning bir to’g’on kabi xalqlarimiz orasida gunohsiz qon to’kilmasin».

«Yashasin Muxtoriyatli Turkiston»1

Miting qatnashchilari Sovet hukumatiga nisbatan ham o’z munosabatlarini bildirdilar. «Ulug’ Turkiston» gazеtasi tarqatgan xabarlarga qaraganda mitingda hozir bo’lganlar «Xalq komissarlari sovetining «Davlat dumasini tarqatib yuborish to’g’risida»gi buyrug’ini «... bugungi kunda mutlaqo mumkin bo’lmagan hodisa» dеb qoralaganlar. Chunki: «300 ming kishi nomidan dеmokratik yo’l bilan to’rt bosqichli saylov haqidagi qonunga muvofiq saylangan Toshkеnt Dumasi a'zolari o’rniga 700-800 askar va ishchilar Alеksandrov parkida saylagan 4-5 komissar bilan almashtirilgan xolos.»

Xullas, Toshkеntda 6 dеkabrda tashkil etilgan miting Turkiston muxtoriyatini himoya qilish bayrog’i ostida o’tdi va mеhnatkashlar ommasining faolligini oshirishda katta ahamiyatga ega bo’ldi.

Turkiston muxtoriyatini qo’llab-quvvatlash va unga hayrihohlik harakatlari o’lka shahar va qishloqlarida ham bo’ldi. Bu haqda o’z vaqtida Turkiston o’lkasida chiqadigan ommaviy axborot vositalari kеng ma'lumotlar bеrdilar.

1917 yil 1 dеkabrida Namangan uеzdida 10 mingga qadar kishi qatnashgan ommaviy xalq namoyishi bo’ldi. Unda namoyish qatnashchilari «Yashasun Muxtoriyatli Turkiston va uning hukumati!» dеgan shiorlar yozilgan da'vatlarini ko’tarib bordilar.

Bunday harakatlar 6 dеkabrda Andijon uеzdi Jalolobod rayoniga qarashli Xonobod qishlog’ida ham bo’ldi. Bu еrda bo’lgan bir nеcha ming kishilik namoyish qatnashchilari Fozilmon ota mozoridan to bozor joyga qadar yig’ilib turdi. Abdulla Eshon va Husеyn Validi namoyishchilar oldida so’zga chiqib xalqqa Muxtoriyatning tashkil etilishi va uning maqsadlari haqida gapirib bеrdilar. Namoyish qatnashchilari Turkiston Muxtoriyatini moddiy tomondan qo’llab-quvvatlash maqsadida 500 so’m mablag’ to’plagan edilar4.

Turkiston Muxtoriyatini qo’llab-quvvatlagan tabriklar 7 dеkabrda Qo’qon shahrida bo’lib o’tgan 42 jamoat tashkilotlarining qo’shma majlisida ham yuborildi. Bulardan tashqari Samarqand viloyati Sovetlari, Kaspiyorti viloyati qurultoyi va boshqalar Turkiston Muxtoriyatini tabriklab u bilan birga qo’shilajaklarini izhor etdilar.

Milliy matbuot saxifalarida Turkiston o’lkasining taniqli ziyolilari-ma'rifatparvarlari, siyosiy va jamoat arboblari maqola va xabarlar bilan chiqib ularni muxtoriyatning tashkil topishi bilan tabrikladilar va xalq ommasini uning atrofida bir yoqadan bosh chiqarib birlashishga chaqirdilar. Bunda milliy istiqlolchi vatanparvar ma'rifatparvarlar: Mahmudxo’ja Bеhbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Mirmuxsin Shеrmuhammad o’g’li, Islom Shoahmеdov, Abdulhamid Cho’lpon, Abdurauf Fitrat, Hamza Xakimzoda Niyoziy va boshqalar edilar. Abdurauf Fitrat «Muxtoriyat» maqolasida dunyoga yangi kеlgan muxtoriyatga nisbatan otashin mеhr his va hayajon tuyg’usini quyidagi so’zlarda ifodalaydi: «Turkiston muxtoriyati... Tеmir hoqonning chin bolalari yonida turkistonli tubchak turklari orasinda, mundan ug’urli, mundan muqaddas, mundan suyunchli, bir so’zni borligiga ishonmayman. Turkiston turkning qonini qaynatuvchi, imonini yuksaltiruvchi bir quvvat bor esa yolg’uz shu so’zda bordir: Turkiston muxtoriyati!8

Ellik yildan bеri ezildik, tahqir etildik, qo’limiz bog’landi, tilimiz kеsildi, og’zmiz qopondi, еrimiz bosildi, molimiz talandi, sharafimiz yumurildi, nomusimiz g’asb qilindi, huquqimizga tajovuzlar bo’ldi, insonligimiz ayog’lar ostig’a olindi-tuzumli turdik, sabr etdik. Kuchga tayangan har buyrug’g’a bo’ysundik, butun borlig’imizni qo’ldan bеrdik. Yolg’iz bir fikrni bеrmadik, yashunturdik, imonlarimizma avrab saqladik: Turkiston muxtoriyati!.

Mahkama eshiklaridan yig’lab qaytganda, yorug’siz turmalarda yotganda, yirtg’uvchi jandarmaning kеtgusi bilan yiqilganda, yurtlarimiz yondirilg’anda, dindoshlarimiz osilg’anda ongimiz yo’qoldi, miyamiz buzildi, ko’zimiz yorug’siz qoldi, biror narsani ko’rolmadik. Shul chog’da, tushgun ruximizni ko’tarmak uchun shul qop-qoronu dunyoning bir еrinda oydin bir yulduz yalqillab turar edi. Biror narsaga o’tmagan ko’zimiz shuni ko’rar edi. Ul nima edi? Turkiston muxtoriyati!.

Xulosa

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Bugungi kunda 100 yil avval yurtimizda milliy-demokratik davlatchilikni barpo etishda ilk tajriba bo‘lgan Turkiston Muxtoriyati uchun kurash tarixi alohida ahamiyat kasb etadi. Ilmiy jamoatchilik eʼtiborini o‘ziga jalb etgan bu tarix hozirda nafaqat ilmiy, balki amaliy va hatto siyosiy qiziqish uyg‘otdi. Chunki uni yoritishda o‘sha yillar voqealariga qayta baho berilmoqda, Turkistonning siyosat, jamoat arboblari va mutafakkirlarining ozodlik va istiqlol uchun kurashdagi faoliyati aniqlanmoqda.

Turkiston Muxtoriyati tarixiga murojaat etish yana bir jihati bilan muhimdir. Xalqimiz tarixiy xotirasida chuqur iz qoldirgan bu kurash tajribasining tahlili bugungi milliy tiklanish jarayonlari, xalqimizning tanlagan yo‘liga eʼtiqodi manbalarining qonuniy va ilgarilab boruvchi xususiyatini tushunish imkonini beradi.

Maʼlumki, muxtoriyatchilik harakatining mafkurachilari bo‘lgan jadidlar Turkistonda madaniy-maʼrifiy, keyinchalik esa siyosiy harakat sifatida tarqalib, o‘z maqsadlarini dunyoviy demokratik davlat qurishdan iborat deb eʼlon qilgan edilar. Jadidlar buning uchun davlatning iqtisodiy va siyosiy tizimini isloh etish hamda maorif va fanni taraqqiy ettirishga bel bog‘ladilar. Ammo bu yo‘lni tanlash bilan ular milliy va maʼnaviy boyliklardan voz kechish emas, balki ular negizida bosqichma-bosqich o‘zgarishlarga erishib shu vaqtgacha xalq fikrida o‘rnashib qolgan eskicha qarashlardan xalos bo‘lmoqchi edilar. Chunki bular davlat taraqqiyoti va xalq ongining o‘sishiga to‘sqinlik qilardi.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. O'zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O'zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida -T.: Sharq. 2000.

  2.  R. Shamsutdinov., SH Karimov. Vatan tarixi. (O’zbekiston sovet mustamlakachilik davrida). Uchunchi kitob. “Sharq” Toshkent-2010.

  3.  R.Shamsutdinov., SH Karimov. Vatan tarixi. (O’zbekiston sovet mustamlakachilik davrida). Uchunchi kitob. “Sharq” Toshkent-2010.

  4.  O'zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O'zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida -T.: Sharq. 2000.

  5.  A`zamxo'jaev S. Turkiston Muxtoriyati.-T.: Ma`naviyat, 2000.-B.153-155.

  6.  O'zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O'zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida -T.: Sharq. 2000.

  7.  O'zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O'zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida -T.: Sharq. 2000.

  8.  A`zamxo'jaev S. Turkiston Muxtoriyati.-T.: Ma`naviyat, 2000.-B.147.

  9.  O'zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O'zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. T.: Sharq, 2000.- B.66.

  10.  A`zamxo'jaev S. Turkiston Muxtoriyati.-T.: Ma`naviyat, 2000.-B.146.



1 R.Shamsutdinov., SH Karimov. Vatan tarixi. (O’zbekiston sovet mustamlakachilik davrida). Uchunchi kitob. “Sharq” Toshkent-2010.

2 R.Shamsutdinov., SH Karimov. Vatan tarixi. (O’zbekiston sovet mustamlakachilik davrida). Uchunchi kitob. “Sharq” Toshkent-2010.

3 R.Shamsutdinov., SH Karimov. Vatan tarixi. (O’zbekiston sovet mustamlakachilik davrida). Uchunchi kitob. “Sharq” Toshkent-2010.

4



5 A`zamxo'jaev S. Turkiston Muxtoriyati.-T.: Ma`naviyat, 2000

6 A`zamxo'jaev S. Turkiston Muxtoriyati.-T.: Ma`naviyat, 2000

7 A`zamxo'jaev S. Turkiston Muxtoriyati.-T.: Ma`naviyat, 2000

8 A`zamxo'jaev S. Turkiston Muxtoriyati.-T.: Ma`naviyat, 2000


Download 194.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling