O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
Lateral gipotalamus esa o‘tkazuvchan elementlar joylashgan yadrosiz mintaqani tashkil
etadi. Oldingi miyaning tutamini tashkil qilib, miya ustunining yuqori va pastki bo‘limlariga yo‘llar ochib beradi. Lateral gipotalamusda asab hujaralari aralash joylashgan. Umumiy qilib aytganda, gipotalamus juda ham murakkab integrativ tuzilma bo‘lib, miyaning turli qismlari bilan boy afferent va effereni tolalar orqali morfo-fiziologik aloqadadir. Gipotalamus modda almashinuvi (oqsillar, yog‘lar, karbonsuvlar, tuzlar va suv almashinuvi) da ishtirok etadi, issiqlik hosil bo‘lishi va issiqlik chiqarish hamda uyqu va bedorlik jarayonlarini boshqaradi. Gipotalamus neyronlarida ba‘zi bir gormonlar hosil bo‘ladi, qaysiki neyrogipofizda zaxira bo‘ladi. Gipotalamusning oldingi guruh yadrolari parasimpatik asab tizimining oliy markazlari va gipotalamusning orqa guruh yadrolari esa simpatik asab tizimining oliy markazlari hisoblandi. Shunday qilib laieral gipotalamus organizmda ko‘p vegetativ jarayonlarni boshqaradi. Gipotaiamusning ko‘p yadrolari umurtqali hayvonlarda oliy asab faoliyati jarayonlarida, uyqu va bedorlik siklida hamda qisqa muddatli va uzoq muddatli xotiraning shakllanishida juda katta rol o‘ynaydi. Uni olib tashlaganda yuqorida zikr etilgan jarayonlar keskin buzilib ketadi. Qishki uyquga ketuvchi hayvonlarning gipotalamus orqa guruh yadrolarining yemirilishi natijasida qishki uyquga ketuvchi hayvonlar (tipratikon, yurmonqoziq) da qishki uyqu buziladi va ular uyqudan bedor bo‘lmaydi. Ayni holda, agar bu hayvonlarda gipotalamusning oldingi guruh yadrolari oldindan shikastlangan bo‘lsa, ular qishki yquga ketmaydi. Shunday qilib, gipotalamus funksiyalari vegetativ asab tlzimi, somatik asab tizimi, endokrin bezlar, qon aylanish va nafas olish hamda termoregulyasiya va oliy asab faoliyati bilan bog‘liq bo‘lishida hech shubha qolmaydi. Gipotalamus miyaning boshqa qismlari bilan uyg‘unlikda jinsiy axloq va ko‘payishga aloqador boshqa hatti-harakatlarning shakllanishida ishtirok etadi. Hayvonlar hamjihatligida ko‘p kuzatiladigan agressiya va tajovuzkorlik ham gipotalamasning oldingi sohalariga bog‘liq. Orqa va lateral gipotalamusda neyronlar qo‘zg‘alganida ochlik holati uchun xos xatti- harakatlarni ruyobga chiqaradigan soha topilgan. U ta‘sirlanganda hayvon ovqat qidira boshlaydi, so‘lagi oqib, hazm tizimi a‘zolari harakati kuchayadi. Lateral gipotatamusdagi hu soha ―ochlik markazi‖ deyiladi. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling