O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.  
1.1. Mushaklar qisqarishining kislorodli va kislorodsiz fazalarini bir-biridan ajrata оlаdi.
1.2. Mushaklar qisqarishida ro‘y beradigan kimyoviy o‘zgarishlarni tushuntirib bera oladi.
To’rtinchi sаvоl bаyоni. 
Bir qancha kimyoviy o‘zgarishlar mushaklarning ishlashiga asos bo‘ladi. Shu reaksiyalarda 
bo‘shab chiqadigan energiyadan mushak qisqarish uchun foydalanadi. Binobarin, mushak 
energiyasining manbai kimyoviy o‘zgarishlardir. Bu kimyoviy o‘zgarishlarning xususiyati shuki, 
murakkab moddaning oddiyroq, tarkibiy qismga bo‘linish jarayonni parchalangan moddaning 
tiklanishiga chambarchas ulanib ketadi. Navbatdagi har bir reaksiya shuning uchun zarur energiyani 
beradi. 
Mushakda ro‘y beradigan kimyoviy reaksiyalar ikki fazaga bo‘linadi: kislorod kerak 
bo‘lmaydigan birinchi faza, ya‘ni kislorodsiz faza va ikkinchi faza, ya‘ni kislorodli faza. 
Kislorodsiz (anaerob) faza. Mushakning qisqarishi uchun zarur energiya anaerob fazada 
bo‘shab chiqadi. Bu fazada rnushakdagi fosforli birikmalar parchalanadi. 
Bunday birikmalarga adenozintrifosfat kislota (ATF) kiradi. Reaksiyalar ATFning adenil va 
fosfat kislotalarga parchalanishidan boshlanadi. Bu reaksiyada ancha energiya ajralib chiqadi, 
mushaklar ish bajarish uchun ana shu energiyadan foydatanadi. ATF parchalangandan keyin 
kreatin-fosfat kislota kreatin bilan fosfat kislotaga parchalanadi. Kreatinfosfat kislota 
parchalanganda bo‘shab chiqadigan energiya adenil va fosfat kislotalardan yana ATF sintez 
qilinishiga sarf bo‘ladi. Kreatinfosfat kislota parchalangandan keyin glikogen bilan fosfat kislota 
birikmasi-geksofosfat parchalanib, sut kislotasi bilan fosfat kislota hosil bo‘ladi. Bunda ajralib 
chiquvchi energiya kreatinfosfat kislotaning qaytarilishiga sarf bo‘ladi. Shunday qilib, ketma-ket 
keluvchi shu rcaksiyalar natijasida ATF va kreatinfosfat kislota qaytariladi, faqat glukozaning o‘zi 
sut kislotasigacha parchatanadi. 
Shu kimyoviy o‘zgarishlar zanjiri aniqlanib, asosiy energiya mambalari - ATF va 
kreatinfosfat kislota tamomila qaytarilishi ma‘lum bo‘lgandan keyingina kislorodsiz muhitda baqa 
mushakning 1500 marta qisqara olish sababi ochib berildi. Anaerob sharoitda baqa mushakining 
bunday ko‘p qisqarish sababi shuki, adenozinirifosfat va kreatinfosfat kislotalar qaytarilishi uchun 
kislorod bo‘lishi shart emas. Ammo keyinchalik mushakning ish qobiliyati baribir kamayadi, 
pirovardida mushak ishlamay qo‘yadi. Keyingi reaksiyalar uchun kislorod zarurligi, navbatdagi 
reaksiyalar esa kislorodli (yoki aerob) fazada-kislorod ishtirokidagina yuzaga chiqishi malum 
bo‘ldi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling