O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

 
Muhоkаmа uchun sаvоllаr: 
1. Mushaklarning qaysi turlarini bilasiz? 
2. Mushaklaming funksiyalarini belgilab bering? 
3. Ko‟ndalang-targ‟il mushaklar tuzilishini belgilab bering. 
4. Silliq mushaklar tuzilishini belgilab bering. 
 
2-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga miografiya hаqidа mа‘lumоt bеrish. 
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.  
1.1. Miografiya usuli haqida tasavvurga ega bo‘ladi.
1.2. Izotonik va izometrik qisqarishlarni bir-biridan ajrata oladi.
Ikkinchi sаvоl bаyоni. 
Mushak qisqarishini qayd qilish uchun miografiya, ya‟ni mushakning bir uchiga 
birlashtirilgan richag yordamida yozib olish usuli qo‟llaniladi. Richagning bo‟sh turgan uchi 
kimograf lentasida qisqarish egri chizig‟ini - miogrammani chizib turadi. Mushak qisqarishini hu 
usulida qayd qilish murakkab asbob-uskuna talab qilmaydi, ammo kamchiligi ham bor, u ham 
bo‟lsa richag inersiyali bo‟lgani uchun kimograf lentasiga ishqalanganda yozuvni bir muncha buzib 
qo‟yadi. Bu kamchilikning oldini olish uchun hozirgi vaqtda mexanik o‟zgarishlarni elektr tokning 
kuch tebranishlariga aylantiruvchi maxsus datchik qo‟llanilmoqda. Elektr tokini kuch tebranishlari 
shleyf yoki katod ossillografi yordamida qayd qilinadi. 
Qo‟zg‟alishni vujudga keltirish uchun, binobarin, mushakni qisqartirish uchun asabni 
ta‟sirlash vositali ta’sirlash deb, to‟g‟ridan-to‟g‟ri mushakni ta‟sirlash esa bevosita ta’sirlash deb 
ataladi. 
Mushak qisqarishining ikki turi: izotonik va izometrik qisqarish tafovut qilinadi. 
Izotonik qisqarish mushakning shunday qisqarishiki, unda tolalari kalta tortadi-yu
tarangligi doimiy bo‟lib qolaveradi. Mushakning bemalol yuk ko‟tarishi izotonik qisqarishga misol 
bo‟ladi, yuk bunda mushakning doimiy tarangligiga sabab boladi. 
Izometrik qisqarishda mushak kaltatana olmaydi masalan, mushakning ikki uchi 
qimirlamay yopishib turganda shunday bo‟ladi. Bu holda mushak tolalarining uzunligi 
o‟zgarmaydi-yu, tarangligi oshadi. Izometrik qisqarishni qayd qilish uchun mushakga deyarli 
kaltalanish imkonini bermaydigan qattiq prujina biriktirilib, mushakni ishlashga majbur etiladi. Bu 
holda har xil kuchaytirgichlardan foydalanib, mushakning juda oz (bir necha mikron chamasi) 
kaltalanishini yozib oladi. Bu kaltalanish aslida mushakning taranglashini aks ettiradi. Odam 
statikani saqlab zo‟r berganda mushaklar shu xilda faoliyat ko‟rsatadi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling