O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi sаvоl bаyоni.
- Odam ko’ndalang-targ’il mushaklarini tuzilmasi va ularning innervatsiyasi.
1-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga ko‘ndalang-targ‘il va silliq mushaklar hаqidа
mа‘lumоt bеrish. Idеntiv o’quv mаqsаdlаri. 1.1. Ko‘ndalang-targ‘il va silliq mushaklarni bir-biridan ajrata оlаdi. 1.2. Mushaklarning anatomik tuzulishini tushuntirib bera oladi. Birinchi sаvоl bаyоni. Mushaklar odam organizmida asosiy ish bajaruvchi (ishchi) a‟zolar-effektorlar hisoblanadi. Odamda ikki tip mushaklar: ko‟ndalang -targ‟il va silliq mushaklarning bo‟lishi e‟tirof etiladi. Ko‟ndalang-targ‟il mushaklar skletning harakatlanishini, ko‟zni harakatga keltirishini va boshqa muhim harakatlarni amalga oshirishni ta‟minlovchi funksional tizimlarni shakllantiradi. Ko‟ndalang-targ‟il mushaklar jumlasiga yurak mushaklari ham kiradi. 27 Odam va umurtqali hayvonlarning ko‟ndalang-targ‟il mushaklari markaziy asab tizimi tomonidan nazorat qilinadi. Ular avtomatiyadan mahrumdirlar, ya‟ni markaziy asab tizimi buyrug‟iga qarab ishlash qobiliyatiga ega emas. Ular odamning o‟z xohishi irodasiga bo‟ysinganligi tufayli ixtiyoriy mushaklar deyiladi. Odamning silliq mushaklari ichki a‟zoiarga xizmat qiladi. Ular markaziy asab tizimi tomonidan kuchsiz nazorat qilinadi, hamda ularga avtomatizm va xususiy intramural yoki metasimpatik asab turlanishi xos, bu narsa ularni ko‟p jihatdan o‟z-o‟zini boshqarishlarini ta‟minlaydi. Silliq mushaklarni (shuningdek yurak mushaklarini ham) ba‟zan noixtiyoriy mushaklar deb yuritiiadi, bunda uning inson xohishi-irodasi bo‟yicha nazorat qilinmaganligi e‟tiborga olinadi. Odamda ham ko‟ndalang-targ‟il va ham silliq mushakiar mavjud, lekin ularning xossalari va markaziy asab tizimiga munosabati biroz boshqacha. Odam ko’ndalang-targ’il mushaklarini tuzilmasi va ularning innervatsiyasi. Odam skletining ko‟ndalang-targ‟il miushaklari juda ko‟p miqdordagi alohida olingan mushak tolalaridan - miofibrillalardan tashkil topgan, ular umumiy biriktiruvchi-to‟qimali qinda joylashgan va sklet bilan birikkan paylarga mahkamlangan. Ba‟zi mushaklarda mushak tolasini hammasi mushak o‟qi uzunligi bo‟ylab parallel- tolasimon tipli tarzda joylashgan bo‟ladi. Boshqa xillarda tolalar bir tomondan markaziy pay tuguniga, boshqa tomondan esa tashqi pay qiniga birikadi (mahkamlanadi). Ko‟ndalang kesimda bunday tuzilish qush patini eslatadi - patsimon tip. Skelet mushagining har bir tolasi bu ingichka (diametri 10 dan 100 mkm gacha) ancha uzun (2-3 sm gacha), ko‟p yadroli yig‟ilma-simplast hujayralarning birikishidan hosil bo‟ladi. Mushak tolasining asosiy xusustyati - uning protoplazmasida (sarkoplazmasida) ko‟p miqdordagi ingichka (diamtri I mkm) iplar-miofibrillalarnlng bolishi, ular tolaning uzun o‟qi bo‟ylab joylashgan bo‟ladi. Miofibrillar navbalma-navbat keladigan yaltiroq va to‟q qismlardan tashkil topadi. Bu narsa mushak tolasiga doimiy ravishda ko‟zga tashtanadigan ko‟ndalang tasvirlilik (ko‟ndalang-targ‟illik) ni ifodalaydi. Bitta to‟q va unga kelib qo‟shiladigan Z chiziqlari bilan ajralib turadigan ikkita yaltiroq kompleksini sarkomer deyiladi. Miofibrillar aniqrag`i ularning „sarkomerlari bu qisqartiruvchi apparati bo‟lib, mushak tolasining motoridir. Ko‟ndalang targ‟il mushak tolalarining miofibrillalari uzinasiga to‟g‟ri navbatlanuvchi qism (disk)larga bo‟lingan, bular optiq xossalari biian farq qiladi. Bu disklardan ba‟zilari nurni ikki marta sindiradi, ya‟ni anizotrop bo‟ladi, ular oddiy yorug‟likda qaramtir ko‟rinadi. Diskning boshqa bo‟laklari odatdagi yorug‟da och ko‟rinadi, ya‟ni nurni ikki marta sindirmaydi, izotrop bo‟ladi. Ko‟ndalang-targ‟il mushaklarini innervalsiyasi orqa miya yoki miya ostuni motoneyronlari evaziga yuz beradi. Bitta neyron o‟z aksonining tarmoqlari orqali bir necha mushak tolalarini innervatsiyalaydi. Bir motoneyron va u innervatsiyalaydigan mushak tolalari kompleksini harakat yoki motoneyron birligi deyiladi. Mushaklarda innervatsiya jarayoni "nozik" harakatlar uchun moslashgan, harakatlarni amalga oshuvchi mushaklar (barmoq, til, ko‟zning tashqi mushaklari) asab tolalaridan muntazam ravishda axborot olib turadi. Mushak tolalarining yakka va ko‟p sonli innervatsiya tiplari farqlanadi. Ko‟pincha uncha- muncha yakka tarzdagi innervatsiyalanish tipi uchraydi. Odatda ular yirik metoneyronlarning aksoni orqali shakllanadi. Motor innervatsiyali mushak tolalari asab impulslariga javoban tola bo‟ylab tarqaluvchi ta‟sir potensialini yuzaga keltiradi. Ularni ko‟pincha tez ta‟sirli tolalar deb yuritiladi, chunki ular qisqarishni tez keltirib chiqaradi. Tolalarning ko‟p sonli innervatsiya tipi odamning skelet mushaklarida hamda ko‟zlarni tashqi mushaklarida uchraydi; bu mushaklarda yakka tartibda inneivatsiyalangan tolalar ham uchraydi. Ko‟p sonli innervatsiyada har bir mushak tolasida bir yoki bir necha motoneyronlardan chiqqan ko‟pdan-ko‟p harakat sinapslar joylashadi. Bu xildagi mushak (funksiyasi bo‟yicha tonik mushaklar) tolalari asab impulslariga faqat 28 lokal (mahalliy) sinaptik orqa potensiallari (SOP) qutbsizlanish yo‟li bilan javob qaytaradi. Ularning membranasida potensialga bog‟liq bo‟lgan Na + kanallarining bolmaganligi tufayli ta‟sir poiensiallari tiklanmaydi. Shu bilan birgalikda bu tolalarda kirish qarshiligi juda katta, bu narsa qo‟zg‟aluvchi sinaptik orqa potensiallari (KSOP)ning kattaligini ham baland bo‟lishini, hamda qisqarish jarayonini yalpi ishlab ketishi uchun zarur bo‟lgan qutbsizlanishning tola bo‟ylab elektrotonik tarqalishini ta‟minlaydi. Qisqarish jarayoni bu yerda yakka innervatsiyalangan tolalardagiga nisbatan ancha sekin amalga oshadi, shuning uchun bu tolalarni sekin ta‟sirli tolalar deyiladi. Shunday qilib, mushaklarning asosiy fiziologik xossalari-ularning qo‟zg‟aluvchanligi, o‟tkazuvchanligi va qisqaruvchanligidir. Bu xossalar mushaklarning kaltalanishida, yoki taranglanishida namoyon bo‟ladi. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling