O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Qo’zg’alishni qabul qilib, periferik refseptorlardan markaziy asab tizimiga o‘tkazadigan 
bipolyar asab hujayralari retseptor neyronlar deb ataladi. Bu neyronlarning tolalari markaziy asab 
tizimidan tashqarida orqa miya tugunlarida yoki bosh miya tugunlarida joylashgan bo‘ladi. Reseptor 
neyronning uzun o‘sig‘i periferiyaga borib, qabul qiluvchi asab oxirgi-retseptorni hosil qiladi. Bu 
o‘siq periferiyadan qo‘zg‘alish impulslarini olib ketadi. Reseptor neyronning ikkinchi o‘sig‘i orqa 
miyaga yoki uzunchoq miyaga kiradi. 
Markaziy asab tizimining bevosita retseptorlaridan emas, balki pastroqda joylashgan 
ncyronlar orqali impuls oladigan ba‘zi neyronlari ham retseptor neyronlariga kiradi. Masalan, 
k ruv do‘mboqlaridagi (thalamiis) neyronlar, retseptor neyronlar har xil sezgilarni yuzaga 
chiqaruvchi impulslarni yetkazib bergani uchun ko‘pincha sensor, yoki sezuvchi neyronlar deb 
ataladi. 
Markaziy asab tizimining effektor neyronlari periferik a‘zo va to‘qimalarga impulslar 
yuboradi. Effektor neyronlarining uzun aksonlari qo‘zg‘alishni periferiyaga o‘tkazadi. Effektor 
neyronlarning ba‘zilari skelet mushaklariga boradigan harakatlantiruvchi asab tolalarini hosil qiladi; 
bunday neyronlar motoneyronlar, yoki harakatlanliruvchi neyronlar deb ataladi. 


49 
Kontakt, yoki oraliq, kiritma neyronlar markaziy asab tizimida joylashgan bo‘lib 
retseptor va effektor asab hujayralarini bir-biriga bog‘laydi. Ular yuzaga chiqaradigan samaraning 
xarakteriga qarab, qo’zg’atuvchi va tormozlovchi neyroolarga bo‘linadi. 
Muhоkаmа uchun sаvоllаr: 
1. Asab tizimi qaysi funksiyalarni bajaradi? 
2. Asab tizimi embriogenez vaqtida qaysi tuzulmalardan hosil bo‘ladi? 
3. Neyron va neyropil nazariyalarni qanday izoh berish mumkin? 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling