O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

 
2-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga asab tolalarining xossalari hаqidа mа‘lumоt 
bеrish. 
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.  
1.1. Asab tolalarini farqlay oladi.
1.2. Asab tolalarining xossalari tushuntirib bera oladi.
Ikkinchi sаvоl bаyоni. 
Asab tolasi, har bir tirik to‘qima singari, qo‘zg‘alish va ta‘sirotni o‘kazish xususiyatiga ega. 
Agar mushak bilan birlashgan asabning biror joyi elektr toki bilan ta‘sirlanadigan bo‘lsa, asab 
qo‘zg‘alib, qo‘zg‘alishni mushakga o‘tkazadi va natijada mushak qisqaradi. 
Asab tolasining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat. 
1. Asab tolasi qo’zg’alishni o’tkazish uchun butun bo’lishi kerak. Asabni kesish yoki uni 
qattiq bog‘lash natijasida asabdan qo‘zg‘alish o‘tmay qoladi. Asabning butunligi buzilgandagina 
emas, uning funksiyasi buzilgan vaqtda ham u qo‘zg‘alishni o‘tkazmay qo‘yishi mumkin. Masalan, 
asab sovutilganda yoki isitilganda, zaharlanganda va qon bilan yaxshi ta‘min etilmaganda ham 
qo‘zg‘alish o‘tmay qoladi. 
Demak, asabdan qo‘zg‘alish o‘tishi uchun u buzilmagan, shikastlanmagan, ya‘ni butun 
bo‘lishi kerak. Bu asabning fiziologik butunligi qonuni deyiladi. 
2. Ikki tomonlama o’tkazish qonuni. Asab tolasi qo‘zg‘alishni ikki tomonlama-markazdan 
periferiyaga (atrofga) va periferiyadan markazga o‘tkaza oladi. Asab tolasi markazga intiluvchi yol 
markazdan qochuvchi tola bo‘lishidan qat‘i nazar unga ta‘sir etilsa qo‘zg‘alish ikki tomonga 
tarqalib ketadi. Asab tolasining bu xossasini atoqli rus olimi R.I.Babuxin (1877) birinchi bo‘lib 
kashf etgan. 
3. Ajratib o’kazish qonunu. Periferik asab tizimi ko‘pgina ayrim asab tolalaridan iborat; bu 
tolalar hammasi bir asab ustunida boradi. Asab ustunidan xilma-xil asab tolalari, ya‘ni markazga 
intiluvchi va markazdan qochuvchi asab tolalari baravar o‘tishi mumkin. Ammo bir asab tolasidan 
o‘tadigan qo‘zg‘alish qo‘shni asab tolalariga o‘tmaydi. Qo‘zg‘alish asab tolasidan yakka, ajralgan 
holda o‘tganligi tufayli odam juda nozik ayrim harakatlarni bajara oladi. Masalan, rassomning 
suratlar chizishiga, musiqachining murakkab musiqa asarlarini ijro etishiga, jarrohning eng nozik 
jarohlik qilishiga sabab shuki, har bir tola asab impulsni mushakka ajratib o‘tkazadi va shunday 
qilib markaziy asab tizimi mushak harakatlarini uyg‘unlashtira oladi. Qo‘zg‘alish boshqa tolalarga 
o‘ta olganda edi, ayrim mushak qisqarishi mumkin bo‘lmagan bular edi, har bir qozg‘alishda xilma-
xil mushaklar tartibsiz qisqargan bo‘lar edi. 
Markaziy asab tizimi neyronlarning yig‘indisidir. Uni ko‘ndalang kesishda rangi bir-biridan 
farq qiladigan ikki qavatni ko‘rish mumkin: bu qavatlardan biri kulrang, ikkinchisi esa oq bo‘ladi. 
Bu ikki modda rangiga qarab kulrang modda va oq modda deb ataladi. Kulrang modda asab 
hujayralarining tana (soma) sidan va oq modda asab o‘siqlaridan akson va dendritlardan tashkil 
topgan. 
O‘rta yoshdagi odamlarda bosh miya og‘irligi 1100 g dan 2000 g gacha, erkaklarga o‘rta 
hisobda 1394 g ni, ayollarda esa 1245 gni tashkil etadi. Bosh miya og‘irligi va hajmi katta 
odamlarda (20 yoshdan 60 yoshgacha) o‘zgarmaydi, 60 yoshdan keyin kamaya boradi. 
Yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolalarda bosh miya og‘irligi o‘rta hisobda 390 g, qiz bolalarda esa 
355 g bo‘ladi. 9-10 oylik chaqaloqlarda miya og‘irligi ikki baravar, 3-4 yoshga yetganda 3 baravar 


50 
ko‘payadi. 7 yoshdan keyin miya og‘irligi va hajmi asta-sekin oshaveradi. 20-29 yoshda u 
erkaklarda 1355 g, ayollarda esa 1220 g bo‘ladi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling