O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

 
Muhоkаmа uchun sаvоllаr: 
1. Neyronlar qanday nerv tolalariga ega bo‘ladi? 
2. Asab tolasining ikki tomonlama o‘tkazish qonuni haqida nima bilasiz? 
3. Ajratib o‘tkazish qonunini izohlab bering. 
 
3-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga neyronlarning reflektor faoliyati hаqidа 
mа‘lumоt bеrish. 
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.  
1.1. Neyronlarning reflektor faoliyati nima ekanligini izohlab bera oladi.
1.2. Reflekslarning turlarini va xysusiyatlarini tushuntirib bera oladi.
Uchinchi sаvоl bаyоni. 
Markaziy asab tizimi faoliyatining asosiy va o‟ziga xos belgisi reflekslarni yuzaga 
chiqarishdir. I.P.Pavlov bu haqda quyidagilarni yozgan edi: “Murakkab organizm hayotida refleks 
eng muhim va eng ko‟p uchraydigaa asab hodisasidir. Organizm qismlarining doimiy, to‟g‟ri va 
aniq o‟zaro nisbati va butun organizmning tevarak-atrofldagi sharoitga munosabati refleks 
yordamida qaror topadi». 
«Refleks» terminini fiziologiyada birinchi marta fransiyalik olim Rene Dekart ishlatgan. 
Refleks - tashqi yoki ichki muhit o‟zgarganda retseplorlarning ta‟sirlanishiga javoban organizmning 
markaziy asab tizimi yordamida ko‟rsatadigan qonuniy reaksiyasidir. Reflekslar orqali 
organizmning biror faoliyati yuzaga chiqadi, yoki to‟xtatiladi: mushaklarning qisqarishi yoki 
bo‟shashuvi, bezlar sekresiyasi yoki sekretsiyaning to‟xtatilishi, tomirlarning torayishi yoki 
kengayishi va hokazo. 
Organizm rcflektor faoliyati tufayli tashqi muhitning yoki o‟z ichki holatining turli 
o‟zgarishlariga tez reaksiya ko‟rsata oladi va shu o‟zgarishlarga tez moslasha oladi. Markaziy asab 
tizimi reflektor faoliyatining ahamiyati l.M.Sechenov va I.P.Pavlovning klassik asarlarida to‟liq 
ochib berilgan I.M.Sechenov 1862 yildayoq «Bosh miya reflekslari» degan shoh asarida: «Ongli va 
ongsiz hayotning hamma faoliyatlari kelib chiqish usuli jihatidan reflekslardir”-degan edi. 
Rellekslar yoki reflektor faoliyati juda xilma-xilligi bilan tarq qiladi. Reflekslarni bir qancha 
belgilariga qarab turli guruhlarga ajratish mumkin. 
1) Reflekslar organizmga biologik ahamiyati jihatidan ovqat, mudofaa, jinsiy, vaziyat va 
fazoda tanani harakatlantirish reflekslariga bo‟linadi. 
2) Retseptorlar qayerda joylashganiga qarab, reflekslar: eksteroreseptiv (ya‟ni tana 
sirtidagi retseptorlarning ta‟sirlanishidan kelib chiqadigan), vissero yoki intero retseptiv (ichki 
a‟zolar va tomirlardagi retseptorlarning ta‟sirlanishidan kelib chiqadigan), proprioretseptiv (skelet 
mushaklari, bo‟g‟imlar, paylardagi reiseptorlarning ta‟sirlanishidan kelib chiqadigan) reflekslarga 
bo‟linadi. 
3) Reflekslar yuzaga chiqishi uchun miyaning qaysi bo‟limlari zarurligiga qarab ham tasnif 
qilinadi. Reflekslar shu jihatdan spinal (orqa miya neyronlarining ishtirokida kelib chiqadigan), 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling