O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Periferik asab tizimiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlantiruvchi asab tolalari, 
bosh miyadan chiqadigan 12 jufl asablar hamda umurtqa pog‟onasi atrofida va ichki a‟zolarda 
joylashgan asab tugunchalari kiradi. Markaziy asab tizimiga orqa va bosh miya kiradi. 
Markaziy asab tizimining segmentar, ya‟ni quyi qismiga orqa miya va bosh miyaning pastki 
qismlari - uzunchoq miya, Varoliy ko‟prigi, o‟rta va oraliq miya hamda miyacha kiradi. Markaziy 
asab tizimining yuqori segment usti qismiga bosh miya yarim sharlari va ularning po‟stlog‟i kiradi. 
Bajaradigan funksiyasiga ko‟ra, asab tizimi ikki qismga bo‟linadi: l) somatik asab tizimi 
odam tanasining sezgi a‟zolari va skelet mushaklari ishini boshqaradi. 2) Vegetativ asab tizimi 
ichki a‟zolar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayrish va h.z.) hamda ichki sekresiya 
bezlari ishini boshqaradi. 
Har qanday refleksning yuazaga chiqishida impulslarning retseptordan ijrochi (ishlovchi) 
a‟zoga o‟tadigan yo‟li o‟sha zanjirlardan hosil bo‟ladi. Bu yo‟1 reflektor yoy deb ataladi. 
Refleklor yoyga quyidagilar kiradi: 1) ta‟sirotarni qabul qiluvchi retseptorlar; 2) afferent 
asab tolalari; 3) markaziy asab tizimida joylashgan oraliq neyronlar (sinapslar); 4) efferent asab 
tolalari; 5) ijrochi (effektor) a‟zo. 
Agar refleksni yuzaga chiqaradigan reflcktor yoyi bir sinapsdan tashkil topgan bo‟lsa, - 
monosinaptik reflektor yoy deb ataladi. Organizmdagi ko‟p reflekslarining yuzaga chiqishida 
ikkita yoki bir nechta sinapslar ishtirok eiatli, shuning uchun bunday reflektor yoylar ko‟p 
neyronli yoki polisinaptik yoylar deb ataladi. 
Odam tanasi ta‟sirlanganda muayyan refleks kelib chiqadigan sohasi refleksogen mintaqa 
yoki refleksnmg reseptiv maydoni deb ataladi. 
Odam embrionida dastlabki refleklor reaksiyalar ona qornidagi hayot 3-oyining ikkinchi 
yarmida aniqlanadi. Avvalo bosh refleksogen mintaqalarning, so‟ngra qo‟1 va tana refleksogen 
mintaqalarining, eng keyin oyoq refleksogen mintaqalarining ta‟sirlanishiga javoban reflektor 
harakatlar ro‟y beradi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling