O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’qituvchi 10 minut Аsоsiy sаvоllаr.
- Mаvzugа оid tаyanch tushunchа vа ibоrаlаr
- Birinchi s а v о l bo’yich а d а rs m а qs а di
- Birinchi sаvоlning bаyоni Sezgi a’zolari (analizatorlar yoki sensor tizimlar)
- Retseptorlarning ixtisoslashganligi
Аsоsiy sаvоllаr. Sezgi a’zolari. Reseptorlarning qo’zg’alish mexanizmi. Analizatorlarning umumiy tuzilishi. Reseptorlar adaptasiyasi. Og’riqni sezuvchi reseptorlar. Termoreseptorlar va ularning adaptasiyasi. Taktil va bosim resepsiyasi. Hid bilish analizatori. Ta’m bilish analizatori. Eshituv va muvozanat analizatori. Ko’ruv analizatori. Mаvzugа оid tаyanch tushunchа vа ibоrаlаr: analizitor, mexanoreseptorlar, taktil reseptorlar, termoreseptorlar, xemoreseptorlar, fotoreseptorlar, og’riq reseptorlar, elektroreseptorlar, reseptorlar adaptasiyasi, tashqi quloq, ichki quloq, ko’z soqqasi, ko’z akkomodasiyasi, qorachiq, to’r parda. Mаvzugа оid muаmmоlаr. Sezgi a’zolarining evolyutsion shakllanish mexanizmi. Analizatorlar bilan bog’liq bo’lgan irsiy kasalliklarning kelib chiqish sabablari. Birinchi sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga sezgi a’zolari haqida ma’lumot berish. Idеntiv o’quv mаqsаdlаri. Sezgi a’zolarini izohlab bera oladi. Analizatorlarni ta’sirot turiga ko’ra farqlay oladi. Birinchi sаvоlning bаyоni Sezgi a’zolari (analizatorlar yoki sensor tizimlar) uzoq vaqt davom etgan tarixiy rivojlanish jarayonida shakllanib, murakkablanish, ta’sirotning alohida turlariga moslashib borgan. Evolutsiya davomida odam va hayvonlar organizmida sezuvchi hujayralar-retseptorlaraing maxsuslashgan to’plamlari hosil bo’lgan. I.M.Sechenov harakat analizatorini o’rganib, sezish retseptorlari bilan harakat retseptorlari bir-biriga bog’liqligini aniqlagan. Uning fikricha, odamning sezgi a’zolari hayvonlar sezgi a’zolaridan tubdan farq qiladi. Keyinchalik I.P.Pavlov analizatorlarning morfofunksional tuzilishini o’rganib chiqdi. Uning fikricha, ta’sirlovchilar ta’sirini qabul qilishda va asab impulslarini o’kazishda qatnashadigan neyronlarning butun majmuasini, shuningdek, bosh miya po’stlog’ining sensor (sezuvchi) neyronlarini yagona tizim hisoblab, ularni "analizator" deb nomlash mumkin. Ma’lumki, asab oxirlari-retseptorlarning ta’sirlanishiga javoban albatta asab tizimining ishtiroki bilan organizmda ro’y beradigan reaksiyalar refleks deb ataladi. Turli retseptorlar tuzilmasi va funksiyalari bilan bir-biridan farq qiladi. Ulardan bir qismi muayyan ta’sirotlarni sezishga maxsus moslashgan a’zolarda, masalan, ko’zda, quloqda bo’ladi. Ko’ruv retseptorlari ko’zning to’r pardasida bo’lib, ko’zning optik tizimi yorug’lik nurlarini to’r pardasida fokuslaydi. Quloq tovush tebranishlarini eshituv retseptorlariga o’tkazadi. Turli retseptorlar o’zlari uchun adekvat bo’lgan ta’sirlovchilar ta’sirini sezishga moslashgan. Retseptortarning quyidagi turlari bor; mexanoretseptorlar - tegishni sezadigan taktil retseptorlar, cho’zilish va bosilishni sezadigan-pressoretseptorlar va baroretsepiorlar; tovush tebranishlarini sezadigan-fonoretseptortar yoki vestbuloretseptorlar; xemoretseptorlar-muayyan kimyoviy birikmalarning ko’rsatadigan ta’sirini sezadi; fotoretseptorlar-yorug’lik ta’sirini sezadi; osmoretseptorlar-usmotik bosimning o’zgarishini sezadi. Retseptorlar analizatorning periferik qismidir. Afferent neyronlar va o’tkazuvchi yo’llar analizatorning markaziy oxirlari hisoblanadi. Morfologik tafovut va fiziologik ixtisoslashganligi jihatdan farq qiladigan ko’pgina retseptor apparatlar bor. Retseptorlaming morfo-fiziologik tafovutiga va retseptortardan ko’pchiligining ixtisoslashgan ko’p hujayrali a’zolar-resepsiya a’zolarida ekanligida namoyon bo‘ladi. Resepsiya a’zolari taassurotlarni retseptor hujayralariga yoki asab oxirlariga o’tkazishga moslashgandir. Retseptorlarning ixtisoslashganligi shunda ko’rinadiki, birinchidan ular ta’sirotlarning muayyan turi - yorug’lik, tovush, kimyoviy, mexanik, issiq-sovuq va shunga o’xshash taassurotlarni qabul qilishga moslashgan, ikkinchidan, ular juda yuksak darajada qo’zg’aluvchan bo’ladi, ya’ni minimal miqdordagi tashqi taassurot energiyasi bilan qo’zg’ala oladi. Retseptorlar ichki va tashqi retseptorlar deb ikkita katta guruhga bo’linadi. Ichki retseptorlar-interoretseptorlar yuboradigan impulslar ichki a’zolarning holati haqida (visseroretseptorlar) va tana hamda undagi ayrim qismlarning fazodagi vaziyati, harakati to’g’risida (vestibuloretseptorlar va proprioretseptorlar) xabar berib turadi. Tashqi retseptorlar-eksteroretseptorlar-tashqi olamdagi narsa va hodisalarning xossalari, ularning organizmga ta’siri to’g’risida signal berib turadi. Ba’zi retseptorlar organizmdan ancha olisdagi narsalardan keluvchi taassurotlarni qabul qila oladi. Bunday retseptorlar distant retseptorlar deb ataladi. Ularga ko’ruv, eshituv, hid biluv reseptorlari kiradi. Boshqa-kontakt retseptorlar faqat bevosita o’ziga tegib turgan, ya’ni retseptor tizimi yaqin yotgan narsalardan keluvchi taassurotlarni qabul qila oladi. Shunday qilib, retseptorlar-analizatorning periferik bo’limi hisoblanadi, Affereni (sezuvchi) neyronlar va o’tkazuvchi yo’llar analizatorning o’tkazuvchi bo’limini tashkil etadi. Bosh miya po’stloqining retseptorlardan qo’zg’alishni qabul qiladigan qismlari analizatorning markaziy oxirlari deb ataladi. Analizatorning periferik bo’limi (retseptor) maxsus asab tuzilmasi bo’lib, tananing turli qismlarida (teri, pay, ko’z, quloq, burun, til, ichki a’zolar, qon tomirlari va hokazo) joylashgan. Retseptorlarning soni juda ko’p, masalan, terining l sm2 sathida 200-400 tagacha, butun sathida esa 8 mln ga yaqin retseptor bor. Barcha ichki a’zolarida taxminan 1 mlrd ga yaqin retseptor mavjud. Tashqi va ichki muhitda paydo bo’lgan axborot retseptorlar orqali qabul qilinadi. Analizatorlarning o’tkazuvchi qismi bu sensor (sezuvchi) asab tolasidan iborat bo’lib, u retseptordan taassurotni qabul qilib bosh miya po’stlog’ining proyeksion mintaqasiga yetkazadi. Analizatorning markaziy (po’stloqdagi) qismi bosh miya po’stlog’ining turli sohalarida joylashgan va sezuvchi asab markazlaridan iborat. Bu markazlarda muayyan sezgi a’zolaridagi retseptorlardan kelgan ta’sir tahlil qilinib, ularning mazmuniga ko’ra (sintez) javob reaksiyasi hosil bo’ladi. Retseptorlarning adekvat ta’sirlovchilariga qarab: I)mexanoretseptorlar ta’sirlovchining mexanik energiyasini qabul qilshga moslashgan. Bunday retseptorlar teri, yurak-tomir tizimi, ichki a’zolar, tayanch harakat apparati, eshituv va muvozanatni saqlash tizimlariga xos. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling