O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


- Ma’ruza. Mavzu: Qon, limfa va to’qima suyuqligi


Download 1.65 Mb.
bet99/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

8- Ma’ruza.
Mavzu: Qon, limfa va to’qima suyuqligi


Asosiy savollar:

  1. Qonning asosiy faoliyati, miqdori uning xajmi va tarkibi.

  2. Qonning fizik-kimyoviy xossalari. Qonning bufer faoliyati.

  3. Plazma va qonning shaklli elementlari.

  4. Limfatik tizim va qonning himoya faoliyati. Immunitet.

  5. Qon guruhlari. Rezus omil.

  6. Hujayralararo suyuqlik.

Birinchi sаvоl bаyоni
Qonning asosiy faoliyati, miqdori uning xajmi va tarkibi.
Odam va hayvonlarning ichki muhit suyuqliklariga — qon, lim­fa, to‘qima suyuqligi va boshqa biologik suyuqliklar kiradi. Ular orgaiizmda almashinuv reaksiyalarini amalga oshirishda qatnashadi. Hujayralar o`zining protoplazmasida va atrofidagi suyuqlikda xarorat, bosim, oziq moddalar, vodorod va kislorod ionlari hamda boshqa moddalar miqdori nisbatan doimiy saqlangandagina faoliyat kursatishi mumkin. Ichki muhit dinamik doimiylik yani gomeostaz bilan xarakterlanadi va bu xol organizmning xayot faoliyatida muhim rol o`ynaydi.
Ichki muhit suyuqdiklari orasida eng muhimi qon hisoblanadi va undan boshqa suyuqliklar paydo bo‘ladi. Qon va boshqa suyuqliklar o`rtasida doimiy ravishda modda almashinuvi sodir bo‘lib turadi. Qon tizimiga, qonning o`zidan tashqari qon yaratilishini ta’minlanadigan tuzilmalar, qonning yemirilishida ishtirok qiluvchi a’zolar va bu jarayonlarni boshqaruvchi mexanizmlar kiradi. Umurtqali hayvonlarning qon hujayralari, asosan, suyak kumigida hosil bo‘ladi va shu erda eritrotsitlarning yemirilishi, ulardagi temirdan qayta foydalanish hamda gemoglobin sintezi ham sodir bo‘ladi. Qarib qolgan eritrotsitlarning qondan ajratib olinishi va qayta ishlanishi talok faoliyatiga bog‘liq. Limfa tugunlarida oq qon tanachalari rivojlanib etiladi, bu jarayonda taloqda timus ham ish­tirok qiladi.
Qon tizimi faoliyatini boshqarishda maxsus gumoral omillar eritropoetinlar, leykopoetinlar va trombopoetinlarning ahamiyati katta. Mediatorlar — atsetilxolin va adrenalin, nafakat qonning shaklli elementlarini qayta taqsimlashga, balki hujayralarning xolino va adrenoretseptorlariga tug`ridan-tug`ri ta’sir qilish bilan ham qon tizimi faoliyatiga ta’sir qiladi. Asab tizimi ham bu jarayonlarni boshqarishda ishtirok qiladi.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling