O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 1.65 Mb.
bet102/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Ikkinchi sаvоl bаyоni
Qonning fizik-kimyoviy xossalari. Qonning bufer faoliyati.
Qonning fizik-kimyoviy xossalari. Qon kalloid — polimer eritma bo‘lib, unda erituvchi sifatida suv bo`lsa, erigan moddalarni tuzlar va kichik molekulali organik moddalar, kolloid qismini esa oqsil va ularning majmua birikmalari tashkil qiladi.
Qonnig zichligi kichkina kattalikda o`zgaradi va asosan undagi shaklli elementlar, oqsillar va lipidlar miqdoriga bog‘liqdir. Baliqlar qonining zichligi 1,035 g/ml, qushlarniki — 1,052, kemiruvchilarniki — 1,051, odamniki — 1,060-1,064 g/ml bo‘ladi. Leykotsitlar va qon plastinkalarining zichligi eritrotsitlarnikidan past bo‘ladi. Ivib qolmagan qon tindirilganda yoki sentrifuga qilinganda probirkani yuqori qismida sarg`ish suyuqlik — plazma to‘planadi, uning tagida ingichka oqimtir qatlam — leykotsitlar va qon plastin kalari, nihoyat pastki qismida qalin qatlam (hajmning 40-45 %) — eritrotsitlar joylashadi.
Qondagi kolloid eritma va shaklli elementlar muallaqligi ma’lum darajada yopishqoqlikni hosil qiladi. Plazmaning yopishqoqligi 1,7-2,2 ga teng bo‘lsa, butun qonniki esa 5,0 ga teng. Organizm ko‘p miqdorda suv yuqotsa (qattiq terlash yoki ich ketish natijasida), qonning yopishqoqligi ortib, qon aylanishi buziladi.
Qonning osmotik bosimi. Hujayralar, shu jumladan qon hujayralari ham, yarim o`tkazgich membranaga ega bo‘lib, ulardan suv ikki tomonga to‘siqsiz bemalol o‘tadi, suvda erigan moddalar esa o‘tmaydi. Bunday erigan moddalar qon plazmasida juda ko‘p bo‘lib, ularning ko‘p qismini tuzlar tashkil qiladi, osmotik bosim ularning konsentratsiyasiga bog‘liq. Anorganik tuzlarning plazmada erigan miqdori 0,9 %. Osmotik bosim deganda suvni tuzlar miqdori kamroq bo‘lgan eritmadan, yarim o`tkazgich membrana orqali, tuzlar miqdori ko‘proq bo‘lgan eritmaga o‘tishini ta’minlovchi kuch nazarda tutiladi. Suvni qon va to‘qima suyuqligidan hujayralarga o‘tishi va ulardan tashkariga chiqishi osmotik bosimga bog‘liq. Osmotik bosimning doimiyligi, hujayra faoliyatining mo‘tadil bo‘lishini ta’minlovchi zarur shart hisoblanadi.
Osmotik bosim turg`unligini ushlab turishda qon tarkibida eng ko‘p miqdorda bo‘ladigan NaCI tuzi katta rol o‘ynaydi. Qon plazma­sida tuzlarning konsentratsiyasi oshib ketsa plazmaning osmotik bosimi ham oshadi va bu sharoitda hujayralar faoliyati og`irlashadi. Masalan, eritrotsitlarning konsentratsiyasi qon plazmasi konsentratsiyasidan yuqori bo`lgan NaCI eritmasiga solinsa, eritrositlardagi suv eritmaga faol o‘tib, ular bujmayib qoladi. Bunday eritmalar gipertonik eritma, ya’ni osmotik bosimi qonnikidan yuqori bo`lgan eritma deyiladi. NaCI konsentratsiyasi qon plazmasi konsentratsiyasidan kam bo‘lgan eritmaga eritrotsitlar solinganda, ularning ichiga suv faol ravishda kirib bo`rttirib yuboradi va xattoki yorib yuborishi mumkin. Bunday eritmalar gipotonik eritma, ya’ni osmotik bosimi qonnikidan kam bo‘lgan eritma deyiladi. Osmotik bosimi qonning osmotik bosimiga teng bo‘lgan eritmalar izotonik eritmalar deyiladi va bunday eritmalarga eritrotsitlar solinganda, ular o‘z shakllarini o`zgartirmaydilar.
Moddalar almashinuvi natijasida qonning osmotik bosimini o‘zgartirib yuboradigan har xil moddalar hosil bo‘lishiga qaramasdan qonning osmotik bosimini turg`un ushlab turadigan mexanizm­lar mavjud. Bu vazifani birinchi navbatda, qonning oqsillari bajaradi, ular, qonda ionlarning konsentratsiyasi oshib ketib, osmotik bosim ko‘tariladigan bo`lsa, bu ionlarni o`z tarkibiga biriktirib olib osmotik bosimni kamaytiradi. Aksincha, qonning osmotik bosimi kamayib ketganda, oqsillarga bog‘langan ionlar erkin xolga o‘tadi va osmotik bosim ko‘tariladi.
Mg miqdorining qonda juda ham ortib ketishi MAT faoliyatini susaytiradi. Fiziologik eritma hujayra va to‘qimalar hayotini saqlab turish uchun bir muncha vaqt xizmat qilsa ham qonning o‘rnini bosa olmaydi.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling