O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Haroratni boshqarish faoliyati quyidagicha
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qonning hajmi va tarkibi.
Haroratni boshqarish faoliyati quyidagicha. To‘qima va hujayralar faoliyati natijasida uzluksiz ravishda issiqlik ajraladi, uning ko‘p qismi ichki yirik a’zolarga (jigar, chuqur joylashgan mushaklar va yurakka) to`g`ri keladi va u, bevosita tashqi muhitga ajratilmaydi. Bu a’zolarning tomirlaridan o`tayotgan qon, ma`lum darajada isiydi va issiqlikni organizm bo`ylab tarqatadi. Qon harorati sezilarli darajada oshsa, gipotalamusdagi termoretseptorlar qo‘zg`alib, haroratni boshqarib turadigan mexanizmlarning faolligi oshadi.
Himoya faoliyatini qonning turli tarkibiy qismlari bajaradi va suyuqlik immunitetini (antitanalar ishlab chiqarish) hamda hujayra immunitetini (fagatsitoz) ta’minlaydi. Qonning hajmi va tarkibi. Odam va yuksak hayvonlarning qoni suyuk plazma va undagi muallaq shaklli elementlardan tashkil topgan. Qon hajmining 55-56 % plazma, 44-45 % shaklli elementlarga to`g`ri keladi. Qonda qizil qon tanachalari — eritrotsitlar, oq qon tanachalari — leykotsitlar va qon plastinkalari — trombotsitlar farqlanadi. Qonning umumiy hajmidan eritrotsitlarga to`g`ri keladigan qismi gematokrit son deyiladi. Gematokrit soni erkaklarda 44-46%, ayollarda 41-43% ga teng bo‘ladi. Normada, 1 ml qonda taxminan 4-5 mln. eritrotsitlar, 4-9 ming leykotsitlar va 180-320 ming qon plastinkalari bo‘ladi. Qonning umumiy miqdori yuksak hayvonlarda turlicha va turiga, jinsiga, moddalar almashinuviga ko‘ra har xil bo‘ladi. Qonning mi1qdori nisbatan doimiy ko`rsatgich, ammo, uzoq vaqt davomida muntazam ravishda jismoniy ish bilan shug`ullanish, baland tog`ga ko`tarilish va shu sharoitda uzoq vaqt bo‘lish natijasida, organizmning kislorodga bo`lgan ehtiyoji ortishi oqibatida qon miqdori ko‘payadi. Masalan, sport musobaqalarida qatnashadigan otlarda qonning miqdori tana massasining 14-15 %, oddiy ish bajaruvchi otlarda esa — 7-8 % ni tashkil qiladi. Organizmdagi qonning umumiy miqdori katta odam gavda vaznining 6-8 % (vazni 70 kg bo`lgan odamda 4-6 l ni) tashkil qiladi. Oddiy sharoitda organizmdagi qonning hammasi ham qon tomirlari bo`ylab harakat qilmaydi, ya’ni uning bir qismi zaxiralarda saqlanadi. Qon umumiy miqdorining 20 % jigarda, 16 % taloqda, 10 % ga yaqini teri tomirlarida bo‘ladi va ma’lum vaqtgacha qon aylanishida ishtirok etmasligi mumkin. Kislorodga ehtiyoj ortganda esa, qonning zaxiradagi qismi tomirlarga o`tib, kislorod tashishda ishtirok qila boshlaydi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling