O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qon reaksiyasi va bufer faoliyati.
Qonning onkotik bosimi. Qon plazmasida tuzlardan tashqari anchagina miqdorda (7-8 %) oqsil bo‘lib, ular ham osmotik bosim hosil qiladi. Qonning oqsillarga bog‘liq osmotik bosimini — onkotik bosim deb ataladi. Onkotik bosim o`rtacha 30 mm s.u. ga teng yoki qon umumiy osmotik bosimining 1/200 qismini tashkil qiladi. Juda kichik bo‘lishiga qaramay, onkotik bosim kapillyarlardagi qon va to‘qima suyuqlik o‘rtasidagi suv almashinuvida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu almashinuvni ikki kuch amalga oshiradi. Birinchisi, kapillyardagi qonning gidrostatik bosimi bo‘lib, u kapillyarning arterial uchida 35 mm s.u. ga teng, qon kapillyarining venoz qismiga yetguncha bu bosim 25 mm s.u. gacha pasayadi. Qonning gidrostatik bosimi kapillyardan tashqariga qaratilgan. Ikkinchi kuch — qonning onkotik bosimi bo‘lib, u, suvni tomirda saqlanib turishini ta’minlaydi va 30 mm s.u. ga teng bo‘lib, deyarli o‘zgarmaydi.
Qon reaksiyasi va bufer faoliyati. Organizm ichki muhiti barqarorligining muhim ko`rsatgichi — uning faol reaksiyasi hisoblanib, bu ko`rsatgich vodorod (H+) va gidrоqsil (OH-) ionlarining miqdori bilan belgilanadi. Qon reaksiyasini baholashda vodorod ko`rsatkichi — pH dan foydalaniladi. Qonning faol reaksiyasi g`oyat muhim ahamiyatga ega, chunki almashinuv jarayonlari faqat muayyan reaksiyadagina mo‘tadil o‘tadi. U umurtqasizlar va ayrim umurtqalilar ichki muhitining pH ko`rsatkichi keng diapazonda o‘zgarishi bilan farqlanadi. Masalan, xasharotlarda bu kursatkich 6,4-8,0 atrofida bo‘ladi. Odam va sut emizuvchi hayvonlarning qoni past ishqorli reaksiyaga ega. Odam arterial qonining pH ko`rsatgichi — 7,4 ga teng bo‘lsa venoz qonniki esa, karbonat kislotasi ko‘proq bo‘lgani uchun 7,35 ga teng. Qondagi pH ning salgina o‘zgarishlari (0,1-0,2 ga) ham uzoq davom etishi mumkin emas. Qonning pH tezda tiklanmasa, organizm halok bo‘ladi. Qonga ishqoriy va kislotali tabiatga ega moddalar uzluksiz ravishda qo`shilib turishiga qaramay, uning pH ko`rsatkichi bir xilda saqlanadi. Bunga erishishning uchta yo`li ma’lum: 1) qonning bufer tizimlari yordamida; 2) karbonat angidridni o`pka orqali chiqarish yo`li bilan va 3) buyraklar orqali kislotalar ajralishini ko‘paytirish, ishqoriy moddalarni saqlab qolish yo`li bilan. Qonning pH doimiyligiga xavf tug`ilganda, birinchi galda bufer tizimlari ishga tushadi. Bunday tizimlardan qonda to‘rtta: karbonat, fosfat, plazma oqsillari va gemoglobinning bufer tizimi mavjud. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling