Karbonat bufer tizimi — kuchsiz karbonat kislota (H2SO3) va bu kislotaning kuchsiz asoslari bilan xosil qilgan tuzlaridan (NaHSO3, KHSO3) iborat. Qonda karbonat kislotadan kuchliroq kislota paydo bo‘lsa, uning anioni natriy yoki kaliy ioni bilan birikib, neytral tuz hosil qiladi. Vodorod HSO3 anioni bilan karbonat kislotasi hosil qiladi. Eritrotsitlardagi enzim — karboangidraza karbonat kislotasining H2O va SO2 ga parchalanishini ta’minlaydi, karbonat angidrid o‘pka orqali atmosfera havosiga chiqariladi. Agar qonga ishqor tushsa, u karbonat kislota bilan birikib, bikarbonat va suv hosil qiladi. Bu mumtoz bufer tizimning ahamiyati shundaki, u qon reaksiyasini bir laxzada asli xoliga keltiradi.
Fosfat bufer tizimi bir asosli (NaH2PO4) va ikki asosli (NaHP04) fosfatlardan iborat.
3. Plazma va qonning shaklli elementlari.
Qon plazmasi. Qon plazmasi — qonning shaklli elementlari ajratib olingandan keyin qolgan suyuq qismi bo‘lib, tarkibida suvda erigan tuzlar, oqsillar, uglevodlar, biologik faol birikmalar hamda SO3 va O2 bor. Plazma 90% suvdan, 7-8% oqsillardan, 1,1% boshqa organik moddalardan va 0,9% noorganik moddalardan iborat. Plazma va qon zardobining osmotik bosimi 7,6 atm arterial qonning pH darajasi o‘rtacha 7,4 bo‘ladi.
Tomirlarda sirkulyasiya qiluvchi qon plazmasi tomirlar ichidagi suyuqlik xajmining kislotali-ishqorli muvozanatning doimiligini ta’minlaydi, shu bilan birga biologik faol moddalarni va metabolizm mahsulotlarini tashiydi. Plazma, kapillyarlar devorining katta yuzasi orqali, hujayralararo suyuqliklar bilan moddalarni almashtiradi. Bu erda ionlar, suv va uncha katta bo`lmagan molekulalarning almashinuvi tez sodir bo‘ladi, shuning uchun interstitsial (hujayralararo) suyuqlikning tarkibi uncha o‘zgarmaydi va plazma tarkibidan sezilarli farq qilmaydi. Bu erdagi farq oqsillarga taalluqlidir, chunki ularning katta molekulalari kapillyarlarning devori orqali o‘ta olmaydi.
Plazmada kolloidlarning mavjudligi uning yopishqoqligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |