O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Plazma oqsillari tuzilishi va funksional xususiyatlari bilan farqlanadi
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eritrotsitlar
Plazma oqsillari tuzilishi va funksional xususiyatlari bilan farqlanadi. Odam qonining plazmasida 200-300 g oqsillar bo‘lib, ularni asosan 2 guruhga — albuminlar va globulinlarga ajratiladi. Globulin fraksiyasining tarkibiga fibrinogen ham kiradi. Bu Oqsillarning l molekulyar massasi 44000Da dan 1,3mln.Da gacha bo‘lib, molekulalarining diametri 1-100 nm.ga teng.
Albuminlar plazmaning 60% ini tashkil qiladi va ularning katta konsentratsiyasi (taxminan 80%), molekulasining nisbatan katta bo`lmagan razmerlariga qaramasdan xarakatchanligining yuqoriligi plazmaning onkotik bosimini belgilaydi. Albuminning mayda molekulalari yuzasining kattaligi, qon orqali turli moddalarni — billirubin, og`ir metallarning tuzlarini, yog` kislotalarini, farmakalogik preparatlarni (sulfanilamidlar, antibiotiklar va b) transport qilishda muhim rol o`ynaydi. Albuminning 1 molekulasi bir vaqtning o‘zida billirubinning 25-50 molekulasini bog‘lashi mumkinligi ma’lumdir. Moddalar almashinuvining yakuniy maxsulotlari ichida eng yuqori konsentratsiyaga, ayniqsa, og`ir mushak ishi va kislorod etishmagan paytda sut kislotasiga ega bo‘ladi. Organizm tomonidan foydalanilmagan va chiqarib yuborilishi lozim bo‘lgan moddalar almashinuvining yakuniy mahsulotlari (mochevina, siydik kislota, billirubin, ammiak) plazma bilan buyraklarga olib boriladi va siydik bilan chiqarib yuboriladi. Plazmaning oqsillari plazmada sirkulyasiya bo‘ladigan past molekulali birikmalarni bog‘lash qobiliyatiga ega bo‘lganligi tufayli, shu bilan birga, osmotik bosimni doimiyligini ushlab turishda ham qatnashadi. Ular to‘qima suyuqliklari, limfa, siydik kabilarni hosil bo‘lish, suvni surilish jarayonlarida yetakchi rol o`ynaydi. Eritrotsitlar — qonning asosiy massasini tashkil qilib, uning qizil rangda bo‘lishini ta’minlaydi. Eritrotsitlar, tarkibida gemoglobin bo‘lgan, bir xil turdagi elektron-optik zichlikdagi sitoplazmadan tashkil topgan va unda organellalar bo‘lmaydi. Hujayra membranasi to‘rt kavatdan iborat bo‘lib, unda muhim enzimli jarayonlar sodir bo‘ladi va immun reaksiyalar amalga oshadi, shu bilan birga, u, qonning guruhi va to‘qima antigeni to‘grisidagi axborotni tashiydi. Membrananing tashqi qavati glikoproteinlardan hosil bo‘lgan va guruhlarga birlashgan antigenlarning ketingi bo‘limlari majmuasidan iborat. O‘rtadagi ikki qavati bo‘sh lipidli membranani hosil qiladi. Sitoplazma bilan yondosh ichki qavati oqsilardan iborat bo‘lib, ular bilan glikolitik enzimlar va gemoglobin enzimlari bog‘langan. Eritrotsitlar membranasi tanlab o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lib, undan gazlar, suv, H+ ionlari, OH-, SO-, HSO3 anionlari bemalol o‘tadi, glyukoza, mochevina, K+ va Na+ ionlari uchun u, kam o‘tkazuvchidir, ko‘p kationlar deyarli o‘tmasa, oqsillarni umuman o‘tkazmaydi. Eritrotsitlarning quruq holdagi 95 % atrofida globulindan, qolgan qismi esa lipidlar, uglevodlar, tuzlar, enzimlardan iborat. Eritrotsitlarda K+ ionlari va Ka+ ionlariga nisbatan ko‘p, plazmada esa buning teskarisi bo‘ladi. Elektrolitlarning asosiy funksiyasi kislorodni o‘pkadan to`qimalarga va karbonat angidridni to‘qimalardan o‘pkaga tashishdan iborat. Shu bilan birga eritrotsitlar o‘zining yuzida adsorbsiyalangan aminokislotali qoldiqlar ko‘rinishidagi ozika moddalarni ham tashiydi, biologik faol moddalar lipidlar bilan plazma o‘rtasida almashinadi. Eritrotsitlar organizmda suv-tuz almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. Eritrotsitlar, immunitet hodisalarida ham qatnashadi, bunda ular turli zaharlarni adsorbsiya qiladi va keyin, bu zaxarlar, retikuloendotelial tizimning hujayralari tomonidan parchalanadi. Elektrolitlar qonni ivitish tizimi faolligini boshqarishda ham muhim rol o`ynaydi. Butun eritrotsitlar trombotsitlar kabi, tromboplastinlar hosil bo‘lishiga ta’sir qiladi. Eritrotsitlarda Oqsillarning l miqdori plazmadagiga nisbatan yuqori bo‘lib, past molekulali moddalarning miqdori esa kam bo‘ladi. Hujayra ichidagi oqsillar konsentratsiyasi yaratadigan osmotik bosim, ancha darajada past molekulali moddalarning past konsentratsiyasi bilan kompensatsiyalanadi. Shuning uchun eritrotsitlardagi osmotik bosim plazmanikidan biroz yuqori, ya’ni ushbu hujayralarning turg`un holatda bo‘lishini ta’minlashga yetarli bo‘ladi. Baliq, amfibiya, reptiliya va qushlarning eritrotsitlari, yadrosi bo`lgan oval shakldagi, yirik hujayra ko`rinishida bo‘ladi. Sut emizuvchilarning eritrotsitlari esa maydarok bo‘lib, yadroga ega emas, lekin embriogenezning erta pog`onalarida ularda ham yadro bo‘ladi. Eritrotsitning tayanch tuzilmasi — stromasi va yuza kavati — qobig`i farqlanadi. Qobik tuzilishining boshqa hujayra membranalari tuzilishidan farqi yo`q. Uning kationlar uchun o`tkazuvchanligi juda past, anionlarni esa bemalol o‘tkazadi. Eritrotsit massasining 34% i kuruq modda bo‘lib, shundan 90% ini gemoglobin tashkil qiladi. Odam eritrotsitlari o‘ziga xos shaklga ega: o‘rtasi yupqa kulchaga o‘xshaydi, diametri 7,2-7,5 mkm, qalinligi 2,2 mkm, o`rtacha hajmi 90 mkm. Katta odam qonidagi eritrotsitlarning umumiy yuzasi 3000 m2, ya’ni butun gavda yuzasidan 1,5 ming marta ortiq.Bunday katta yuzaning hosil bo`lishi bir tarafdan eritrotsitlar soniga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan shakliga bog‘liq. Agar eritrotsit hajmi 90 mkm3 shar shaklida bo‘lganda, yuzasi 20 % ga kam bo`lar edi. Bunday sharning radiusi 2,5 mkm ni tashkil qilardi yoki yuzasidan eng uzoq nuqtasigacha bo‘lgan masofa 2,5 mkm ga teng bo‘lardi. Kulchasimon eritrotsitlar qobig`idan eng uzoq nuqtasigacha bo‘lgan masofa 1 mkm dan kam. Shuning uchun, eritrotsitlar ichida eng chuqur joylashgan gemoglobin molekulalarigacha ham kislorod tez yetib boradi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling