O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Qonning asosiy funksiyalari
Download 1.65 Mb.
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
Qonning asosiy funksiyalari. Qon organizmning asosiy transport tizimi hisoblanadi. Qon plazma va shaklli elementlardan tashkil topgan suyuq to‘qimadir. Qon orqali tashiluvchi moddalarning tabiati va ahamiyatiga qarab, qonning quyidagi: nafas oldirish, oziqlantirish, ekskretor boshqaruv, kreator boshqarishlarni ta’minlash, gomeostatik haroratni boshqarish va himoya faoliyatlari farqlanadi.
Gazlar almashinuvi, o`pka va to‘qimalarda parsial bosimning farqi borligiga asoslangan bo‘lib, uning oqibatida gazlarning diffuziyasi sodir bo‘ladi. Kislorod va karbonat angidrid, asosan, bog‘langan holatda va kichik miqdorda erigan gaz ko‘rinishida bo‘ladi. Kislorod qayta o‘girilish imkoniyatiga ega xolatda, nafas pigmenti — gemoglobin bilan, karbonat angidrid esa — suv, qonning asoslari va oqsillari bilan bog‘lanadi. Azot qonda faqat erigan holda bo‘ladi va uning miqdori, hajmi bo`yicha, 1,2 % ni tashkil qiladi. Oziqlantirish faoliyati oziq moddalarni xazm tizimi a’zolaridan to`qimalarga yetkazib berishdan iborat. Iste’mol qilingan ovqat tarkibidagi murakkab polimer moddalar me’da va ingichka ichakda enzimlar ta’sirida parchalanib, so’rilishi mumkin bo`lgan sodda monomer moddalarga, ya’ni glyukoza, fruktoza, galaktoza, aminokislotalar, tuzlar va suvda eruvchi boshqa moddalarga aylanadi va aynan shu moddalar, ichak vorsinkalarining kapillyarlari orqali qonga suriladi. Ekskretor faoliyat tufayli moddalar almashinuvi natijasida hosil bo`lgan qoldiq moddalar yoki organizmga kirib qolgan boshqa keraksiz moddalar chiqarib tashlanadi. Shu bilan birga ortiqcha iste’mol qilingan suv, tuz va oziq moddalarni chiqarib tashlashni ham ekskretor faoliyat ta’minlaydi. Boshqaruv faoliyatini bajarish uchun qon ayrim to‘qimalarda ajratilgan turli biologik faol moddalarni butun organizm bo`ylab tashiydi. Qon berk tomirlar tizimi bo‘ylab doimo harakatda bo`lganligi tufayli barcha a’zolar o‘rtasida aloqani ta’minlaydi. Oqibatda, organizm bir butun tizim sifatida faoliyat ko‘rsatadi va muhit sharoitlarining doimiy o‘zgarishlariga moslashishni ta’minlaydi. Shunday qilib, qon organizmni birlashtiradi va uni gumoral birligini hamda adaptiv reaksiyalarini belgilaydi. Kreator aloqalar faoliyati qon plazmasi va shaklli elementlarining axborotga ega makromolekulalarini tashishda ishtirok etishdan iborat. Bu makromolekulalar tegishli joyga etkazilgandan keyin hujayra ichidagi oqsil sintezi jarayonlari, hujayralarning bo`linishi va to‘qima strukturalari barqarorligini saqlashda ishtirok etadi. Gomeostatik faoliyat tufayli qon suyuqliklarining pH ko`rsatgichi, osmotik bosim, organik moddalar miqdori va boshqa ko`rsatgichlarning barqarorligi saqlanib turiladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling