O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 1.63 Mb.
bet48/124
Sana19.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1615172
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   124
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Periferik asab tizimiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlantiruvchi asab tolalari, bosh miyadan chiqadigan 12 jufl asablar hamda umurtqa pog’onasi atrofida va ichki a’zolarda joylashgan asab tugunchalari kiradi. Markaziy asab tizimiga orqa va bosh miya kiradi.
Markaziy asab tizimining segmentar, ya’ni quyi qismiga orqa miya va bosh miyaning pastki qismlari - uzunchoq miya, Varoliy ko’prigi, o’rta va oraliq miya hamda miyacha kiradi. Markaziy asab tizimining yuqori segment usti qismiga bosh miya yarim sharlari va ularning po’stlog’i kiradi.
Bajaradigan funksiyasiga ko’ra, asab tizimi ikki qismga bo’linadi: l) somatik asab tizimi odam tanasining sezgi a’zolari va skelet mushaklari ishini boshqaradi. 2) Vegetativ asab tizimi ichki a’zolar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayrish va h.z.) hamda ichki sekresiya bezlari ishini boshqaradi.
Har qanday refleksning yuazaga chiqishida impulslarning retseptordan ijrochi (ishlovchi) a’zoga o’tadigan yo’li o’sha zanjirlardan hosil bo’ladi. Bu yo’1 reflektor yoy deb ataladi.
Refleklor yoyga quyidagilar kiradi: 1) ta’sirotarni qabul qiluvchi retseptorlar; 2) afferent asab tolalari; 3) markaziy asab tizimida joylashgan oraliq neyronlar (sinapslar); 4) efferent asab tolalari; 5) ijrochi (effektor) a’zo.
Agar refleksni yuzaga chiqaradigan reflcktor yoyi bir sinapsdan tashkil topgan bo’lsa, - monosinaptik reflektor yoy deb ataladi. Organizmdagi ko’p reflekslarining yuzaga chiqishida ikkita yoki bir nechta sinapslar ishtirok eiatli, shuning uchun bunday reflektor yoylar ko’p neyronli yoki polisinaptik yoylar deb ataladi.
Odam tanasi ta’sirlanganda muayyan refleks kelib chiqadigan sohasi refleksogen mintaqa yoki refleksnmg reseptiv maydoni deb ataladi.
Odam embrionida dastlabki refleklor reaksiyalar ona qornidagi hayot 3-oyining ikkinchi yarmida aniqlanadi. Avvalo bosh refleksogen mintaqalarning, so’ngra qo’1 va tana refleksogen mintaqalarining, eng keyin oyoq refleksogen mintaqalarining ta’sirlanishiga javoban reflektor harakatlar ro’y beradi.



Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling