O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 1.63 Mb.
bet51/124
Sana19.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1615172
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   124
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Asab markazlari deb nimaga aytiladi?
2. Refleksning chin yoki markaziy vaqti deb nimaga aytiladi?
3. Markaziy tormozlanish qachon va kim tomondan kashf etilgan?


5-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga markaziy asab tizimining uygunlashtiruvchi ahamiyati hаqidа mа’lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Markaziy asab tizimining uygunlashtiruvchi ahamiyati izohlab bera oladi.
1.2. Divergensiua va konvergensiya hodisalarini tushuntirib bera oladi.


Beshinchi sаvоl bаyоni.
Organizmning butun xilma-xil faoliyati, ozgarib turadigan va turli kombinatsiyalarida ko’rinadigan barcha reflektor harakatlar odamning jismoniy mehnat jarayonida qiladigan juda nozik harakatlari faqat markaziy asab tizimining uyg’unlashtiruvchi (koordinatsiya qiluvchi) faoliyati tufayligina yuzaga chiqishi mumkin.
Refleklor yoyni ko’zdan kechirganimizda ikki neyronli va uch neyronli yoy sxemasi bilan tanishdik. Butun organizmda ham qo’zg’algan asab hujayrasi qaysi neyronga bog’langan bo’lsa, qo’zg’alish o’sha neyronga o’tadi va shunday qilib, xuddi zanjirdan yurgandek mushakga yetib boradi deb o’ylasa, bo’lar edi. Haqiqatan ham bir reflektor reaksiya markaziy asab tizimining g’oyatda murakkab reaksiyasi hisoblanadi. Har bir ayrim paytda organizmga ko’p va xilma-xil ta’sirotlar kelib turadi. Markaziy asab tizimining uyg’unlantiruvchi ahamiyati shundan iborat: organizm bu ta’sirotlarga javoban shu xildagi refleksni yuzaga chiqaradiki, bu refleks muayyan paytda organizmning u yashab turgan sharoit bilan muvozanatga kelishini ta’minlaydi. Ana shu javob reaksiyalari vaqtida butun organizmdagi ayrim a’zolar yoki a’zo tizimlari bir-biri bilan bog’langan qismlar sifatida baravar va ketma-ket birgalashib ishlaydi.
Shunday qilib, uyg’unlik mushak harakatlarining aniq bajarilishini ta’mtnlaydi, turli tashqi vaziyatlarga moslashgan reflektor reaksiyalarini yuzaga chiqaradi, bu reflektor reaksiyalar harakatlantiruvchi, sekretor, tomir va boshqa komponentlardan tarkib topadi.
Organizmning- harakat qilishdek uyg’unlashgan faoliyati shuncha bog’liqki, organizm biror ta’sirotga javoban ham mushaklarini yoki qanday bo’lmasin mushaklarni emas, balki qatiyan ma’lum mushaklar guruxini qisqartiradi. Organizm shu tariqa harakat qilganda yurak-tomir tizimi, nafas a’zolari va boshqa tizimlarning faoliyati o’zgaradi. Ana shu jarayonlarning hammasi harakat reaksiyasini yuzaga chiqarish uchun eng yangi sharoit tug’diradi.
Murakkab ravishda uyg’unlashgan harakatning yuzaga chiqishida po’stloq ostidagi tuzilmalar (orqa miya, uzunchoq miya, miyacha va shu kabilar) gina emas, balki bosh miya po’stlog’i ham qatnashadi. Masalan, jismoniy mehnat jarayonida qilinadigan harakatlarni yoki sportchi qiladigan harakatlarni uyg’unlashlirishda va shunga o’xshashlarda bosh miya po’silog’ining shartli reflektor faoliyati ayniqsa katta ahamitga egadir. Gap shundaki, harakatlarning juda ko’p shakllari shartli refleklor harakatlardan iborat, harakatlarning kichik bir guruhigina nasldan qolgan, ya’ni shartsiz reflcktor harakatdan iboratdir.
Markaziy asab tizimida qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari uzluksiz ravishda bir-biriga ta’sir etib turadi, shunga ko’ra g’oyatda murakkab, uyg’un harakallar refleks yo’li bilan yuzaga chiqadi.
Har qanday bo’g’im ikki guruh mushaklar borligi tufayli harakatlana oladi. Bu mushaklar bo’g’imdan oshib o’tgan bo’ladi va qisqarganda harakatni yuzaga chiqaradi. Bu jufl mushaklar yordami bilan faqat bukiladigan va yoziladigan eng oddiy bo’g’imni olaylik. Shu mushaklardan biri qisqarib, bo’g’imni bukadi, ikkinchisi qisqarib yozadi.
Qu’1-oyoq bukilganda bukuvchi mushak qisqarib, ayni vaqtda yozuvthi mushakni tortib cho’zadi, deb o’ylasa bo’lar edi. Ammo yozuvchi mushakning payi suyakdan ajralib qo’yilsa, yozuvchi mushakning baribir bo’shashishi tekshirishlarda ma’lum bo’lgan. Bu tajriba markaziy asab turli funksiyalarini o’taydigan mushaklar (bu misolda bukuvchi va yozuvchi mushaklar) bilan bog’langan qismlarida qo’zg’alish jarayoni ham, tormozlanish jarayoni ham yoz beradi, degan g’oyani tasdiqladi. Qo’l-oyoq bukilganda yozuvchi mushaklar markazida qo’zg’alish kelib chiqadi, lekin shu bilan bir vaqtda yozuvchi mushaklar markazida tormozlanish jarayoni ro’y beradi.
Bir qo’l yoki oyoqdagi mushaklarning markazlari o’rtasidagina cmas, qarama-qarshi ikki qo’1-oyoqdagi mushaklarnmg markazlari o’rtasida ham muayyan o’zaro munosabatlar bor. Odam yurganda goh bir oyog’i, goh ikkinchi oyog’i bukiladi: ayni vaqtda bir tizza bukilib, ikkinchi tizza esa yozilgan deyaylik, shunga ko’ra, chap oyoqni bukuvchi mushaklarining markazi qo’zg’alish holatida bo’ladi, yozuvchi mushaklarning markazi csa tormozlangan bo’ladi. Qarama-qarshi tomonda teskari hodisa ko’riladi; o’ng oyoqni yozuvchi mushaklarning markazi qo’zg’alib, bukuvchi mushaklarning markazi tormozlangan bo’ladi.
N.Ye.Vvedenskiy kashf etgan shunday bir-biriga bog’liq retsiprok yoki payvasta innervatsiya tufayligina yurish mumkin bo’ladi. Bunda oyoqlarning tegishli markazlarida bo’ladigan o’zaro munosabatlar 113-rasmda ko’rsatilgan.


Yuqorida tasvir elilgan bir-biriga bog’liq innervatsiya barqaror va doimiy bir narsa emas. Bosh miya ta’sirida bu munosabatlar sharoitga qarab o’zgarishi mumkin. Odam zarur topganda ikkala oyog’ini bir vaqtda bukishi, sakrashi mumkin va h.k.z.


Bosh miya shartli reflekslar asosida ishlash yo’li bilan mavjud nisbatlarni o’zgartira, ya’ni turli kombinalsiyalar barpo eta oladi, odamning jismoniy mashqlarda murakkab harakatlarni qilishi yoki suzishdan, akrobatik mashqlarda va shu kabilarda tegishli harakatlarni bajarishi bosh miyaning shu qobiliyatiga bog’liq.
Shunday qilib, uyg’unlashgan murakkab harakailar yuzaga chiqishi uchun markaziy asab tizimining hamma bo’limiari kelishib ishlashi keiak. Bosh miya po’stlog’i esa ana shu bo’limlarning kelishib ishlashini ta’minlaydi.
Divergensiya (tarqalish). Xilma-xil retseptorlar bilan bog’liq bo’lgan afferent neyronlar orqa miyaga kirib turli tarmoqlarga tarqaladi, ya’ni axborot yetkazuvchi yo’llarni hosil qiladi. Divergensija tufayli afferent axborot bir vaqtning o’zida matkaziy asab tizimining turli qismlariga yetib boradi. Nafaqat afferent neyronlarning aksoni, balki oraliq (assotsiativ) neyronlarning aksonlari ham kollateral hosil qiladi. Natijada markaziy asab tizimining jarayonlari - qo’zg’alish yoki tormozlanishning tarqaladigan yo’llari kengayadi. Bu holat markaziy asab tizimida tarqalishi (irradiatsiyasi) uchun asos yaratadi.
Efferent yo’llar ham divergensiyaga uchraydi. Masalan, bitta harakatlantiruvchi neyron aksoni 10-15 dan 1500-2000 gacha shoxchalar hosil qiladi, ana shu miqdordagi mushak tolalarini innervatsiya qiladi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling