O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 1.63 Mb.
bet46/124
Sana19.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1615172
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Ikkinchi sаvоl bаyоni.
Asab tolasi, har bir tirik to’qima singari, qo’zg’alish va ta’sirotni o’kazish xususiyatiga ega. Agar mushak bilan birlashgan asabning biror joyi elektr toki bilan ta’sirlanadigan bo’lsa, asab qo’zg’alib, qo’zg’alishni mushakga o’tkazadi va natijada mushak qisqaradi.
Asab tolasining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat.
1. Asab tolasi qo’zg’alishni o’tkazish uchun butun bo’lishi kerak. Asabni kesish yoki uni qattiq bog’lash natijasida asabdan qo’zg’alish o’tmay qoladi. Asabning butunligi buzilgandagina emas, uning funksiyasi buzilgan vaqtda ham u qo’zg’alishni o’tkazmay qo’yishi mumkin. Masalan, asab sovutilganda yoki isitilganda, zaharlanganda va qon bilan yaxshi ta’min etilmaganda ham qo’zg’alish o’tmay qoladi.
Demak, asabdan qo’zg’alish o’tishi uchun u buzilmagan, shikastlanmagan, ya’ni butun bo’lishi kerak. Bu asabning fiziologik butunligi qonuni deyiladi.
2. Ikki tomonlama o’tkazish qonuni. Asab tolasi qo’zg’alishni ikki tomonlama-markazdan periferiyaga (atrofga) va periferiyadan markazga o’tkaza oladi. Asab tolasi markazga intiluvchi yol markazdan qochuvchi tola bo’lishidan qat’i nazar unga ta’sir etilsa qo’zg’alish ikki tomonga tarqalib ketadi. Asab tolasining bu xossasini atoqli rus olimi R.I.Babuxin (1877) birinchi bo’lib kashf etgan.
3. Ajratib o’kazish qonunu. Periferik asab tizimi ko’pgina ayrim asab tolalaridan iborat; bu tolalar hammasi bir asab ustunida boradi. Asab ustunidan xilma-xil asab tolalari, ya’ni markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi asab tolalari baravar o’tishi mumkin. Ammo bir asab tolasidan o’tadigan qo’zg’alish qo’shni asab tolalariga o’tmaydi. Qo’zg’alish asab tolasidan yakka, ajralgan holda o’tganligi tufayli odam juda nozik ayrim harakatlarni bajara oladi. Masalan, rassomning suratlar chizishiga, musiqachining murakkab musiqa asarlarini ijro etishiga, jarrohning eng nozik jarohlik qilishiga sabab shuki, har bir tola asab impulsni mushakka ajratib o’tkazadi va shunday qilib markaziy asab tizimi mushak harakatlarini uyg’unlashtira oladi. Qo’zg’alish boshqa tolalarga o’ta olganda edi, ayrim mushak qisqarishi mumkin bo’lmagan bular edi, har bir qozg’alishda xilma-xil mushaklar tartibsiz qisqargan bo’lar edi.
Markaziy asab tizimi neyronlarning yig’indisidir. Uni ko’ndalang kesishda rangi bir-biridan farq qiladigan ikki qavatni ko’rish mumkin: bu qavatlardan biri kulrang, ikkinchisi esa oq bo’ladi. Bu ikki modda rangiga qarab kulrang modda va oq modda deb ataladi. Kulrang modda asab hujayralarining tana (soma) sidan va oq modda asab o’siqlaridan akson va dendritlardan tashkil topgan.
O’rta yoshdagi odamlarda bosh miya og’irligi 1100 g dan 2000 g gacha, erkaklarga o’rta hisobda 1394 g ni, ayollarda esa 1245 gni tashkil etadi. Bosh miya og’irligi va hajmi katta odamlarda (20 yoshdan 60 yoshgacha) o’zgarmaydi, 60 yoshdan keyin kamaya boradi.
Yangi tug’ilgan o’g’il bolalarda bosh miya og’irligi o’rta hisobda 390 g, qiz bolalarda esa 355 g bo’ladi. 9-10 oylik chaqaloqlarda miya og’irligi ikki baravar, 3-4 yoshga yetganda 3 baravar ko’payadi. 7 yoshdan keyin miya og’irligi va hajmi asta-sekin oshaveradi. 20-29 yoshda u erkaklarda 1355 g, ayollarda esa 1220 g bo’ladi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling