O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Og’riqni o’tkazuvchi yo’llar


Download 1.63 Mb.
bet74/124
Sana19.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1615172
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   124
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Og’riqni o’tkazuvchi yo’llar. Og’riq sezgisini yuzaga chiqaradigan impulslarni ikki tipdagi afferent tolalar o’tkazadi. Bu tolalardan ba’zilari A guruhga mansub, mielinli ingichka tolalar bo’lib, qo’zg’alishni 5-15 m/soniya tezlik bilan o’tkazadi. Boshqalari mielinsiz ingichka tolalar S guruhiga mansub bo’lib, qo’zg’alishni 1-2 m/soniya tezlik bilan o’tkazadi.
Og’riqning eng asosiy sababi-hujayrada metabolizm va pH muhitning o’zgarishidir. Bu jarayonlar nafas fermentlariga toksik moddalarning ta’siri, mexanik, termik ta’sirot va hujayra membranasining shikastlanishi natijasida yuzaga chiqishi mumkin.
Har bir odam yaxshi biladiki, qisqa muddatli og’rituvchi ta’sirida tegishli bosim hissiyoti paydo bo’ladi, keyinchalik birlamchi og’riq hissiyoti va nihoyat uchinchi bosqichda juda qattiq og’riq hissiyoti sodir bo’ladi. Og’rituvchi ta’sirotlar turli-tuman reflektor reaksiyalariga sabab bo’ladi. Ularning xarakterli xususiyati shuki, reflektor reaksiyaning yuzaga chiqishida tananing turli a’zolari ishtirok etadi. Yuqorida sanab o’tilgan vegetativ o’zgarishlar bunga misol bo’la oladi. Ayni vaqtda og’riq hissiyoti qaysi afferent markazlari orqali amalga oshiriladi degan savolga turlicha xulosa qilish mumkin. Adabiyotda asosiy o’tkazuvchi yo’1-bu spinotalamik yo’1 degan g’oyalar juda ko’p. Lekin, oxirgi yillarda olimlar diqqatini yana bir anatomik yol-lemnisk yo’li o’ziga jalb qilib kelmoqda. Agar birinchi (spinotalamik) yo’1 orqali og’riq ta’sirot vaqtida hosil bo’lsa, ikkinchi yo’l (lemnisk) orqali paydo bo’lgan og’riq bir necha vaqt davomida saqlanib turadi. Og’riq hissiyotining yana bir xususiyati shundaki, u adaptatsiyalanadi. Buni quyidagi tajribada ko’rib chiqish mumkin: teriga igna sanchilsa-yu, u siljitilmasa, igna sanchishdan kelib chiqqan asab impulslari va og’riq sezgisi paydo bo’ladi, chunki ayni vaqtda igna siljib, adaptasiyalanmagan yangi og’riq retseptorlari ta’sirlanadi. Badanga igna sanchilgandan keyin uni qimirlatmasak, paydo bo’lgan og’riq bir pasda yo’qoladi. Bu igna atrofidagi retseptorlarning adaptaisiyalanishi natijasidir.



Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling