O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 1.63 Mb.
bet70/124
Sana19.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1615172
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   124
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:

  1. Distant (masofadagi) retseptorlarga qaysi retseptorlar kiradi?

  2. Kontakt (teguvchi) retseptolarga qaysi retseptorlar kiradi?

  3. Retseptorning adekvat ta’sirlovchilari deb nimani tushunasiz?

  4. Retseptor potensiali nima?



3-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga analizatorlarning umumiy tuzilishi hаqidа mа’lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Analizatorlarga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarni izohlab bera oladi.


Uchinchi sаvоl bаyоni.
1. Ko’p qavatlilik - analizator tarkibida bir necha qavat neyronlar mavjud. Boshlang’ich neyronlar retseptorga qarashli, oxirgi neyronlar esa miya po’stlog’ining assotsiativ mintaqasidagi neyronlarga konvergensiya bo’ladi. Ko’p qavatlilik bosh miya po’stlog’ining polimodal (turli xarakterga ega bo’lgan) tabiatini ifodalaydi, chunki polimodal signallarning birlamchi afferent sintezi markazi assotsiativ mintaqalar hisoblanadi.
2. Ko’p kanallik - organizmning tashqi va ichki muhitidan turli kanallar orqali bir-biriga o’xshamagan turli polisensor informatsiya qabul qilinadi, qaysiki, bosh miya po’stlog’ining turli mintaqalariga yetib boradi. Ammo, oxirgi umimiiy yo’ldan ayni vaqtda organizm uchun kerak bo’lgan eng asosiy va zaruriy axborot o’tadi.
3. Yonma-yon qavatlarda asab elementlarining miqdori teng emas. Masalan, ko’ruv tizimida reiseptorlar soni 130 million, ko’zdan chiqadigan asabni tashkil qiluvchi neyronlarning soni esa faqat 1 mln 250 mingga yaqin yoki 100 marotaba kam. Bu nisbat miyaning har qaysi yakka retseptorlarda vujudga kelgan impulsni qabul qila olmasligini ko’rsatadi. Buning biologik ahamiyati shimdaki, informatsiya markaziy asab tizimiga yetguncha bir necha marta saralanadi. Ko’p sonli qavatdan unsurlari kam qavatga o’tish jarayonida biologik nuqtayi nazardan ikkinchi darajadagi informasiya olib qolinib, o’tkazilmaydi. Bu torayib boruvchi "voronka" ("Sherrington voronkasi") miyaga o’tkaziladigan informatsiyani kamaytiradi va muhim axborotlarnigina o’tkazadi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling