O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.63 Mb.
|
portal.guldu.uz-ÐDÐM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Retseptorlarning ixtisoslashganligi
- I)mexanoretseptorlar
Birinchi sаvоlning bаyоni.
Sezgi a’zolari (analizatorlar yoki sensor tizimlar) uzoq vaqt davom etgan tarixiy rivojlanish jarayonida shakllanib, murakkablanish, ta’sirotning alohida turlariga moslashib borgan. Evolutsiya davomida odam va hayvonlar organizmida sezuvchi hujayralar-retseptorlaraing maxsuslashgan to’plamlari hosil bo’lgan. I.M.Sechenov harakat analizaiorini o’rganib, sezish reiseptorlari bilan harakat retseptorlari bir-biriga bog’liqligini aniqlagan. Uning fikricha, odamning sezgi a’zolari hayvonlar sezgi a’zolaridan tubdan farq qiladi. Keyinchalik I.P.Pavlov analizatorlarning morfofumksional tuzilishini o’rganib chiqdi. Uning fikricha, ta’sirlovchilar ta’sirini qabul qilishda va asab impulslarini o’kazishda qatnashadigan neyronlarning butun majmuasini, shuningdek, bosh miya po’stlog’ining sensor (sezuvchi) neyronlarini yagona tizim hisoblab, ularni "analizator" deb nomlash mumkin. Ma’lumki, asab oxirlari-retseptorlarning ta’sirlanishiga javohan albatta asab tizimining ishtiroki bilan organizmda ro’y beradigan reaksiyalar refleks deb ataladi. Turli retseptorlar tuzilmasi va funksiyalari bilan bir-biridan farq qiladi. Ulardan bir qismi muayyan ta’sirotlarni sezishga maxsus moslashgan a’zolarda, masalan, ko’zda, quloqda bo’ladi. Ko’ruv retseptorlari ko’zning to’r pardasida bo’lib, ko’zning optik tizimi yorug’lik nurlarini to’r pardasida fokuslaydi. Quloq tovush tebranishlarini eshituv retseptorlariga o’tkazadi. Turli retscptorlar o’zlari uchun adekvat bo’lgan ta’sirtovchilar ta’sirini sezishga moslashgan. Relseptortarning quyidagi turlari bor; mexanoretseptorlar - tegishni sezadigan taktil retseptorlar, cho’zilish va bosilishni sezadigan-pressoretseptorlar va baroretsepiorlar; tovush tebranishlarini sczadigan-fonoretseptortar yoki vestbuloretseptorlar; xemoretseptorlar-muayyan kimyoviy birikmalarning ko’rsatadigan ta’sirini sezadi; fotoretseptorlar-yorug’lik ta’sirini sezadi; osmoretseptorlar-usmotik bosimning o’zgarishini sezadi. Retseptorlar analizatorning periferik qismidir. Afferent neyronlar va o’tkazuvchi yo’llar analizatorning markaziy oxirlari hisoblanadi. Morfologik tafovut va fizjologik ixtisoslashganligi jihatdan farq qiladigan ko’pgina retseptor apparatlar hor. Retseptorlaming morfo-fiziologik tafovutiga va retseptortardan ko’pchiligining ixtisoslashgan ko’p hujayrali a’zolar-resepsiya a’zolarida ekanligida namoyon bo‘ladi. Resepsiya a’zolari ta’sirotlarni retseptor hujayralariga yoki asb oxirlariga o’tkazishga moslashgandir. Retseptorlarning ixtisoslashganligi shunda ko’rinadiki, birinchidan ular ta’sirotlarning muayyan turi - yorug’lik, tovush, kimyoviy, mexanik, issiq-sovuq va shunga o’xshash ta’sirotlarni qabul qilishga moslashgan, ikkinchidan, ular juda yuksak darajada qo’zg’aluvchan bo’ladi, ya’ni minimal miqdordagi tashqi ta’sirot energiyasi bilan qo’zg’ala oladi. Retseptorlar ichki va tashqi retseptorlar deb ikkita katta guruhga bo’linadi. Ichki retseptorlar-interoretseptorlar yuboradigan impulslar ichki a’zolarning holati haqida (visseroretseptorlar) va tana hamda undagi ayrim qismlarning fazodagi vaziyati, harakati to’g’risida (vestibuloretseptorlar va proprioretseptorlar) xabar berib turadi. Tashqi retseptorlar-eksteroretseptorlar-tashqi olamdagi narsa va hudisalarning xossalari, ularning organizmga ta’siri to’g’risida signal berib turadi. Ba’zi retseptorlar organizmdan ancha olisdagi narsalardan keluvchi ta’sirotlarni qabul qila oladi. Bunday retseptorlar distant retseptorlar deb ataladi. Ularga ko’ruv, eshituv, hid biluv reseptorlari kiradi. Boshqa-kontakt retseptorlar faqat bevosita o’ziga tegib turgan, ya’ni retseptor tizimi yaqin yotgan narsalardan keluvchi ta’sirotlarni qabul qila oladi. Shunday qilib, rctseptorlar-analizatorning periferik bo’limi hisobtanadi, Affereni (sezuvchi) neyronlar va o’tkazuvchi yo’llar analizatorning o’tkazuvchi bo’limini lashkil etadi. Bosh miya po’stloqining retseptorlardan qo’zg’alishni qabul qiladigan qismlari analizatorning markaziy oxirlari deb ataladi. Analizatorning periferik bo’limi (retneptor) maxsus asab tuzilmasi bo’lib, tananing turli qismlarida (teri, pay, ko’z, quloq, burun, til, ichki a’zolar, qon tomirlari va hokazo) joylashgan. Retseptorlarning soni juda ko’p, masalan, terining l sm2 sathida 200-400 tagacha, butun sathida esa 8 mln ga yaqin retseptor bor. Barcha ichki a’zolarida taxminan 1 mlrd ga yaqin retseptor mavjud. Tashqi va ichki muhitda paydo bo’lgan axborot retseptorlar orqali qabul qilinadi. Analizatorlarning o’tkazuvchi qismi-bu sensor (sezuvchi) asab tolasidan iborat bo’lib, u reiseptordan ta’sirotni qabul qilib bosh miya po’stlog’ining proyeksion mintaqasiga yetkazadi. Analizatorning markaziy (po’stloqdagi) qismi bosh miya po’stlog’ining turli sohalarida joylashgan va sezuvchi asab markazlaridan iborat. Bu markazlarda muayyan sezgi a’zolaridagi retseptorlardan kelgan ta’sir tahlil qilinib, ularning mazmuniga ko’ra (sintez) javob reaksiyasi hosil bo’ladi. Reiseptorlarning adekvat ta’sirlovchilariga qarab: I)mexanoretseptorlar ta’sirlovchining mexanik energiyasini qabul qilshga moslashgan. Bunday reiseptorlar teri, yurak-tomir tizimi, ichki a’zolar, tayanch harakat apparati, eshituv va muvozanatni saqlash tizimlariga xos. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling