Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Download 14.54 Kb.
|
Raxbr muloxazasi X.O. Raximova
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi MHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI UNIVERSITETI Raximova Xurjon Otaxon qizining “Ko‘p kanalli signaturali analizatorning ishonchliligini baholash usullari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasigaIlmiy raxbar xulosasi Bir kanalli va ko‘p kanalli signaturali analizatorlar usullarini imitatsion modellashtirish algoritmlari va ularni ishlatish dasturlari ishlab chiqilgan. Ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot dastur tavsifida ishlaydi. Raqamli qurilmani diagnostika qilish imkoniyatini tasdiqlaydigan 4, 8, 16 kanallarga signaturali analizatorlar uchun ko‘p kanalli signaturali analizatorni loyihalashtirish tizimi yordamida ishlab chiqilgan modellarda tadqiqotlar o‘tkazilgan. Dissertatsiyada ko‘p kanalli signaturali analizatorning ishonchliligini baholash usullari tadqiq qilishning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan. Dissertant X.O. Raximova mavzusi dolzarb xisoblanib dissertatsiya ishi kirish, 3-ta bob, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, xulosadan iborat. Magistrant diseertautsiya ishining birinchi bobida ma’lumot uzatish tizimlarining texnik vositalari va ularning ishonchliligini oshirish vazifalari, ma’lumot uzatish tizimlarida mikroprotsessorli qurilmalarning qo‘llnishi. Ularning asosiy ishonchlilik ko‘rsatkichlari, texnik diagnostika usullari orqali mikroprotsessorli qurilmalarning ishonchliligini oshirish, mikroprotsessorli qurilmalarning diagnostika vositalariga qo‘yilgan asosiy talablar keltirgan. Ikkinchi bobida raqamli qurilmalarni ixcham testlash matematik modeli va signaturalarni shakllantirish, ko‘p kanalli signaturali analizator asosida raqamli qurilmalarni diagnostika qilishni tahlil qilish usullari, ko‘p kanalli signaturali analizatorlarni ishonchliligini baholash keltirilgan. Uchinchi bobida ko‘p kanalli signaturali analizitorni nazorat ishonchliligi usullari, raqamli qurilmalar ishonchliligini baxolash modellari, bir kanalli signaturali analizatordan foydalanib nazorat qilishni modellashtirish, ko‘p kanalli signaturali analizitorning nazorat ishonchliligi usullari tahlili ko’rib chiqilgan. Magistrant X.O. Raximova zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va xal etish jarayonida tashabbuskorligini, izlanuvchaligini, kerakli bilimlarga ega ekanligini namoyon qildi. Dissertatsiya ishi qo‘yilgan barcha talablarga javob beradi. Raximova Xurjon Otaxon qizi “Telekommunikatsiya injiniringi” mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasiga tavsiya etiladi. Toshkent davlat transport universiteti “Radioelektron qurilmalar va tizimlar” kafedrasi v.b. dotsenti (PhD) J.B Baltayev Download 14.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling