O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 1.63 Mb.
bet69/124
Sana19.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1615172
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   124
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

2. Termorelseptorlar - harorat o’zgarishini sezadi. Issiqni va sovuqni sezuvchi termoretseptorlarning ko’p qismi terida joylashgan. Ichki a’zolar va markaziy asab tizimida ham shunday retseptorlar bor.
3. Xemoretseptorlar - kimyoviy omillar ta’siriga sezgir. Ular ta’m va hid sezuvchi sensor tizimlarning chet qismini tashkil qiladi. Bu tipdagi retseptorlar qon tomirlar tizimining turli qismlarida va ba’zi to’qimalarda ham uchraydi.
4. Fotoretseptorlar - nur energiyasini qabul qiladi. Bu retseptorlar yorug’lik energiyasini ajratish va rang ko’rish imkonini beradi.
5. Og’riq retseptorlari og’riqni paydo qiluvchi ta’sirotlarni qabul qiladi. Bu sezgi organizmdagi retseptorlarning deyarli hammasiga o’ta ta’sir qilganda paydo bo’ladi.
6. Elektroretseptorlar - elektromagnit to’lqinlariga sezgir bo’lib, baliqlar va ba’zi amfibiylarning yon chizig’ida topilgan. Bularga elektrik energiyasini sezuvchi a’zolarining retseptorlari kiradi.


Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1 . Analizator nima? Sezgi u’zolar yoki sensor tizimlar haqida ma’lumol bering,
2. Aimlizator qaysi bo’limlardan iborat?
3. Retseptor nima?
4. Retseptorlarning qaysi turlarini bilasiz?
5. Ixtisoslashgan retseptor deb nimani bilasiz?
6. Interoretseptorlar yoki visseroretseptorlar nima?
7. Eksteroretseptorlar nima?
8. Proprioretesptorlar nima?


2-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga reseptorlarning qo’zg’alish mexanizmi hаqidа mа’lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Reseptorlarning qo’zg’alish mexanizmini izohlab bera oladi.
1.2. Reseptorlarda qo’zg’alishning paydo bo’lishi va tarqalishini tushuntirib bera oladi.


Ikkinchi sаvоl bаyоni.
Hamma sensor tizimlar qo’zg’aluvchan bo’ladi. Retseptorlar ta’sirlangancha ularda ta’sirlovchi va retseptor tuzilmasining o’rtasidagi yordamchi tuzilmalarida asab impulslari paydo bo’ladi. Yordamchi tuzilmalar orqali ta’sirot kuchi (energiyasi) asab impulslarga aylanadi, bu transformasiya deyiladi. Yordamchi tuzilma orqali tashqi ta’sirot reseptiv a’zogacha yetib borib, uning xarakteri aniqlanadi. Bu molekular darajada o’tadigan ta’sirot bilan retseptor o’rtasidagi birinchi o’zaro ta’sirlanish bosqichi deyiladi.
Retseptor tomonidan ta’sirlovchini qabul qilib olish jarayoni uning biologik ahamiyatini aniqlash natijasida membrana o’tkazuvchanligi keskin o’zgaradi. Bu retseptor faoliyatining ikkinchi bosqichi deyiladi. Bu davr davomida membrana orqali Na+ ionlarining o’tkazuvchanligi ortib, mahalliy elektrik potensiali hosil bo’ladi, buning natijasida hosil bo’ladigan potensial retseptor potensiali deb ataladi.
Ta’sir potensialining tarqalishi membrananing qarshilik ko’rsatishiga va hajmiga bog’liq bo’lib, elektroton deb ataladi. Shu sababli asab tolalarida retseptor potensialimng sekinlik bilan tarqalishi elektrotonik tarqalish deb ataladi. Retseptor potensialining elektrotonik tarqalishi, neyron dendritlari va soma orqali aksonga berilishi relseptor faoliyatining uchinchi bosqichi hisoblanadi.
Nihoyat, to’rtinchi bosqich retseptorlarda ta’sirotni asab impulslarga aylanishidan iborat. Hosil bo’lgan axborot impulslari afferent asab tolalari orqali markaziy asab tizimining tegishli sensor mintaqalariga yetkazib beriladi.



Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling