O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.63 Mb.
|
portal.guldu.uz-ÐDÐM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
Gipofiz hujayralarining funksiyasi gipotalamusning 6 rilizing-gormonlari va 3 ingibitor-gormonlari orqali boshqariladi (18-jadval).
Bu gormonlarning nomi qonga o’tishni boshqarib turadigan gipofizar gormonga bog’liq. Masalan, gipofizdan tireotrop gormonning qonga o’tishini tezlashtiradigan gormon tireotropin-rilizing gormon yoki tireoliberin deyiladi. Bu gormonlarning hammasi kichik peptidlar bo’lib, ularning tuzilishi aniqlangan va ba’zilari sintez qilingan (TRC3, LG-RG va somatostatin). So’nggi yillarda tadqiqotchilar tomonidan gipofizotrop gormonlar nafaqat gipotalamusda, balki miyaning boshqa bo’limlarida, hatto organizmning boshqa a’zolarida ham topilgan. Masalan, baqa terisida va qon plazmasida tiroliberin topilgan. Sut emizuvchi hayvonlarda tiroliberin talamusda, miyachada, gipokampda va miyaning boshqa qismlarida topilgan, Somatostatin gipotalamusdan tashqari markaziy asab tizimining boshqa tuzilmalarida, ichaklarda, me’da osli bezida tormozlovchi omillar sifatida kashf etilgan. Gipotalamusdan tashqari mintaqalarda siniez bo’lib, ajralib chiqadigan neyroregulyalor peptidlarning funksional ahamiyati haligacha yaxshi o’rganib chiqilmagan. Ba’zi vaqtlarda bu peptidlar neyrotransmitter funksiyasini bajaradi, degan ma’lumotlar ham bor. Yaqinda gipotalamus gormonlari orasida bir guruh peptidlar organizmga morfinga o’xshash ta’sir qilishi aniqlandi. Bu neyropeptidlar enkefalinlar va endorfinlar deb ataladi. Fikrimizcha, bu neyropeptidlar xulq-atvor, vegetativ jarayonlar, ovqat hazm qilish, yurak va nafas faoliyati mexanizmlarida ishtirok etuvchi asosiy omillar bo’lishi mumkin. Bu peptidlarning odam organizmidagi vazifalari hozirgacha yaxshi o’rganilmagan. Gipotalamusda boshqa peptidlar - R moddasi, neyrotenzin, VIP (VIP-ichak intestinal vazoaktiv peptidi) ham topilgan. Ularning bir qismi ichakda topilgani sababli, ichak faoliyatini boshqaruvchi katta gormonlar deb atalgan. Markaziy asab tizimida ularning ahamiyati yaxshi aniqlanmagan. Gipotalamusda miyadagi boshqa bo’limlar singari monoaminlar doimo sintez bo’lib, asab hujayralari funksiyalari jarayonida zaruriy modda sifatida xizmat qiladi. Zamonaviy tadqiqotlarga ko’ra gipotalamusda nisbatan monoaminlar miqdori anchagina ko’p. Shuning uchun o’ylash mumkinki, visserotrop gormonlar hayvonlar filogenezidagi qadimiy funksiyalarni amalga oshirishda maxsus rol o’ynaydi. Mumkinki, gipofizotrop gormonlar evolutsiya davomida endokrin neyro-gormonal boshqarish tizimi sifatida gipofiz bilan bir vaqtda paydo bo’lgan. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling