O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.63 Mb.
|
portal.guldu.uz-ÐDÐM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi
- Uchinchi sаvоl bаyоni. Gipotalamo-neyrogipofiz tizimi Gipoialamo-neyrogipofizar tizimi gipotalamusning ikki guruh yadrolari-supraoptik va paraventrikular
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
Gipofiz bosh miyaning qaysi qismida joylashgan? Gipofiz va gipotalamus o’rtasida qanday bog’liqlik mavjud? Gipotalamo-gipofizar tizimni qanday qismlarga bo’lish mumkin? 3-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga gipotalamo-neyrogipofizar va gipotalamo-adenogipofizar tizim hаqidа mа’lumоt bеrish. Idеntiv o’quv mаqsаdlаri. 1.1. Gipotalamo-neyrogipofizar va gipotalamo-adenogipofizar tizimni farqlay oladi. 1.2. Gipofiz gormonlarining ta’sir etish mexanizmini tushuntirib bera oladi. Uchinchi sаvоl bаyоni. Gipotalamo-neyrogipofiz tizimi Gipoialamo-neyrogipofizar tizimi gipotalamusning ikki guruh yadrolari-supraoptik va paraventrikular yadrolari bilan bog’lanib, katta neyrosekretor hujayralarni tashkil qiladi. Neyrosekret o’tkazuvchi va gipotalamo-gipofizar yo’lini tashkil etuvchi asab tolalari neyrogipofiz (gipofizning orqa bo’lagi) ga kiradi. Bu yadrolarning asab hujayralarida (neyronlarida) visserotrop gormonlarning sintezi o’tadi-vazopressin yo antidiuretik gormon (ADG) va oksitosin hosil bo’ladi. Bu gormonlar 9 aminokislotalardan tashkil topib, nanopeptidlar deyiladi. Gipotalamo-adenogipofiz tizimi. Adenoglpofizning gipotalamus tomonidan nazorat qilishi 40-50 chi yillarda G.Xarris portal (darvoza) qon aylanishi orqali gipotalanius bilan gipofiz o’rtasidagi bog’lanishni ko’rsatib berdi. Keyinchalik, bu g’oya rivojlanib, gipotalamus va gipofiz orasida funksional bog’lanishning borligi aniqlandi. Gipotalamusning gipofizotrop mintaqasida joylashgan kichik neyrosekretor hujayralarida peptidli gornionlar hosil bo’ladi, qaysiki adenogipofizning bez hujayralarini boshqaradi. Gipofizda gormonlarni sintez qiluvchi va ishlab chiqaruvchi gormonlar rilizing-gormonlar yoki liberinlar deyiladi. Bu jarayonni tormozlanuvchilar -ingibitor-gormonlar yoki statinlar deyiladi. Gipofizotrop mintaqasidan gormonlar adenogipofizga gipofizning darvoza venasi orqali kiradi. Gipotalamusning gipofizotrop gormonlariga quyidagilar kiradi (18-jadval). 18-jadval
19-jadval Adenogipofiz ajratadigan gormonlar
Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling