O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.63 Mb.
|
portal.guldu.uz-ÐDÐM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi
- Ikkinchi sаvоl bаyоni. Gipofiz
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Odam organizmida ichki sekretsiya bezlari qaysi guruhlarga bo’linadi? 2. Ichki sekretsiya bezlarining miqdori qancha va qaysilar kiradi? 3. Gormonlarning umumiy xususiyatlarini aytib bering. 4. Gormonlarning fiziologik ta’siri nimadan iborat? 5. Gormonlar la’sirlanish mexaniztnlarini belgilab bering. 6. Ichki sekrelsiya be.z!arning fiziologik ahamiyati nimadan iborat? 7. Ichki sekrctsiya bcziarining funksiyalari qanday boshqariladi? 8. Organizinda gormonlarning laqdiri qanday hal boladi? 9. lchki sekrelsiya bezlari ftinksiyasini o’rganish uchun qaysi usullar ishlatiladi? 2-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga gipofiz va gipotalamo-gipofizar tizim hаqidа mа’lumоt bеrish. Idеntiv o’quv mаqsаdlаri. 1.1. Gipofizning anatomik xususiyatlarini izohlab bera oladi. 1.2. Gipotalamo-gipofizar tizimning ahamiyatini tushuntirib bera oladi. Ikkinchi sаvоl bаyоni. Gipofiz Endokrin bezlar tizimida gipofiz maxsus o’rin tutadi. Gipofiz “markaziy bez” degan nom olgan, chunki organizmdagi hamma «periferik» bezlar faoliyati u yoki bu yo’l bilan gipofiz faoliyatiga aloqador ekanligi hech kim uchun sir emas. Gipofiz miyaning asosiy qismida joylashgan bo’lib, kalla suyagining turk egarining chuqurchasida joylashgan. U no’xatsimon, vazni 0,5-0.6 g ga teng bo’lib, gipofiz oldingi va oraliq bo’laklardan tarkib topgan adenogipofizdan va orqa bo’lakdan tuzilgan neyrogipofizdan iborat. Adenogipofizning kelib chiqishi epitelial, neyrogipofizning kelib chiqishi esa-neyrogen tabiatlidir. Gipofizning oldingi bo’lagi yoki adenogipofiz uch xil: asosiy, yoki xromofob (barcha hujayralarning 55-60%), atsidofil, yoki xromofil (30-35%) va bazofil (5-10%) hujayralardan iborat. Xromofob hujayralar gormon hosil qilmay, xromofil hujayralarni hosil qilsa kerak degan g’oyalar hamon muammoligicha qolayapti. Bazofil hujayralar adrenokortikotropin (AKTG), tireoiropin va gonadotropin ishlab chiqaradi. Atsidofil- (xromofil) hujayralardan o’sish gormoni somatotropin va prolaktin ishlanib chiqadi. Oldingi bo’lakning hamma gormonlari oqsil moddalar hisoblanadi, Gipofizning oldingi bo’lagi portal (darvoza) qon aylanishi bilan bog’langan bo’lib, gipotalamus bilan biriktirib gipotalamo-gipofizar tizimni tashkil etadi. Darvoza tizimidagi qon gipotalamusdan gipofizga quyiladi. Gipofizning oldingi bo’lagi (adenogipofiz) simpatik va parasimpatik asab tolalari orqali innervatsiya qilinadi. Uning orqa bo’lagi (neyrogipofiz) esa gipotalamusning supraoptik va paraventricular yadrolarida joylashgan neyronlardan asab tolalarini qabul qilib oladi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling