O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 1.63 Mb.
bet97/124
Sana19.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1615172
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   124
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Epifizning qaysi gormonlarini bilasiz?
2. Melotonin gormonining ta’sir enish mexanizmini tushuntirib bering.
3. Epifizning ichki sekretsiyasi qanday boshqariladi?


5-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga qalqonsimon bez hаqidа mа’lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Qalqonsimon bezning anatomik xususiyatlarini izohlab bera oladi.
1.2. Qalqonsimon bez gormonlarining ta’sir etish mexanizmini tushuntirib bera oladi.
Beshinchi sаvоl bаyоni.
Qalqonsimon bez ichki sekretsiyasi
Qalqonsimon bez yuksak gormonal faollikka ega bo’lgan yarim suyuq kolloid bilan to’la bez follikulalaridan iborat. Bez qon va limfa tomirlariga juda boy. Odamdagi qalqonsimon bez vazni o’rta hisobda 15-30 g yoki tana vaznining 0,05% ni tashkil etadi. Shunga qaramay, bu bezdan soatiga 5-6 I qon o’tadi, bu organizmdagi qonning hammasi demakdir.
Qalqonsimon bezning ikkita gormoni ma’lum: tiroksin (tetrayodotronin) va triyodotronin. Bu gormonlar (tireoid gormonlar) organizmda yod va tirozin aminokislotasidan sintezlanadi. Qon plazmasidagi yodning 90-95% tiroksin tarkibida bo’ladi.
Tireoid gormonlarning faqat 0,1% plazmada erkin holda bo’lib, qolgan qismi oqsillarga bog’liq. Faqat erkin tiroksin fiziologik faollikka ega, ammo triyodotroninning faolligi tiroksinga nisbatan 4-10 karat yuqori.
Zamonaviy axborotlarga ko’ra odam va hayvonlar organizmida maxsus gormon-tirokalsitonin mavjud. Bu gormon katsiy almashinuvida ishtirok etadi. Tirokalsitonin qalqonsimon bez follikulalari tashqarisida parafollikullar hujayralarda hosil bo’ladi. Uning ta’siri oslida qonda kalsiy miqdori kamayadi. Tirokalsitonin ta’sirida suyak to’qimasidan kaisiyning ajralishi to’xtaydi, ammo unda kalsiy zaxira bo’lishi oshadi. Tirokalsitonin suyak to’qimasini buziladigan osteoklastlar funksiyasiga salbiy ta’sir yetkazadi, ammo yangi suyak to’qimasining hosil bo’lishida ishlirok etadigan osteoklastlar funksiyasini kuchaytiradi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling