O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 1.63 Mb.
|
portal.guldu.uz-ÐDÐM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fazali retseptorlar
- Tonik retseptorlar
To’rtinchi sаvоl bаyоni.
Retseptorlarga ta’sirlovchilar muntazam ta’sir etib hamma vaqt ularning qo’zg’aluvchanligini bir darajada saqlab tura oladi. Ko’proq retseptorlar uzoq muddat ta’sirlanganda ularda qo’zg’aluv u yoki bu darajada susayadi. Bu hodisa retseptorlar adaptatsiyasi deyiladi. Buning asosida retseptorlarda va analizatorlarning po’stloqdagi markazlarida qo’zg’atiladigan murakkab fiziologik jarayonlar yotibdi. Masalan, tamaki chekilgan xonaga kirib, kishi bir necha daqiqadan so’ng tamaki hidini sezmay qoladi, chunki hidlov retseptorlari bu omilga moslashadi - adaptatsiya bo’ladi. Barcha retseptorlar ikki guruhga: I. tezlik bilan adaptatsiya bo’ladigan yoki fazali retseptorlar; 2. sekinlik bilan adaptatsiya bo’ladigan yoki tonik retseptorlar. Bulardan tashqari yana oraliq retseptorlar ham mavjud. Fazali retseptorlar ularning membrana deformasiyasining avvalida yoki oxirida sust (taktil retseptorlar) va kuchli (fonoretseptorlar) mexanik ta’sirlovchilarning ta’siriga javoban qo’zg’aladi. Fazali retseptorlarning yaqqol misoli Pachini tanachalaridir, qaysiki, bor yo’g’i bir-ikki impuls transformatsiya qila oladi va ta’sirlovchi ta’sirining oxirida yana bir-ikki tasir potensialini yuzaga chiqaradi. Tonik retseptorlar esa membrana deformatsiyasi davomida qo’zg’aladi. Masalan, retseptorlarning davomli va sekin cho’zilishi va ularning faolligi bir necha soatlar davomida saqlab qolishi mumkin. Oraliq yoki fazali-tonik retseptorlarning qo’zg’alishi ta’sirotning ta’sir qilish vaqtiga bog’liq, ya’ni ta’sirot qanchaki ko’proq ta’sir qilsa, oraliq retseptorlarning qo’zg’alishi ham o’shancha davomliroq bo’ladi. Biroq retseptor potensialining amplitudasi va tezligi ta’sirotning davomiyligiga qarab pasayib ketaveradi. Bu retseptorlarning potensiali ikki komponentdan iborat boshlang’ich fazali va keyingisi-tonik komponentdir. Shunday qilib, organizmning ixtiyorida uch tipdagi retseptorlar mavjud, ular orqali har bir jarayonning avvalidan, o’rtasidan va oxiridan axborot olish mumkin bo’ladi. Adaptatsiya, ya’ni ta’sirot kuchiga moslashish deyarli barcha retseptorlarmng umumiy xossasidir. Adaptaisiya doimo ta’sir etib turgan ta’sirlovchiga nisbatan sezgirlikning kamayishida namoyon bo’ladi. Doimiy ta’sirlovchi-hid, shovqin, kiyim-bosh bosimi va shunga o’xshashlar ta’siriga "o’rganib qolish" adaptatsiyaning subyektiv namoyon bo’lishidir. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling