Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Og’riqni sezuvchi reseptorlar qayerlarda joylashgan bo’ladi?
2. Og’riq davrida odam organizmida qanday fiziologik jarayonlar ro’y beradi?
3. Og’riqning tarqalish tezligi nimaga bog’liq bo’ladi?
6-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga termoreseptorlar hаqidа mа’lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Termoretseptorlarning organizmda joylashgan joyini izohlab bera oladi.
1.2. Termoretseptorlarning adaptatsiyasi nima ekanligini tushuntirib bera oladi.
Oltinchi sаvоl bаyоni.
Haroratni sezadigan retseptorlar (termoretseptorlar) ikki guruhga bo’linadi: I) sovuqni sezuvchi termoretseptorlar va 2) issiqni sezuvchi termoretseptorlar. Ruffini tanachalari issiqni sezuvchi retseptorlar, Krauze kolbachalari esa - sovuqni sezuvchi retseptorlar deb hisoblanadi. Ammo terining sovuq yoki issiqni sezuvchi ba’zi qismlarida Krauze kolbachalari ham, Ruffini tanachalari ham yu’q. Shuni nazarda tutib, afferent asab tolalarining yalang’och oxirlari ham issiq va ham sovuqni sezadigan retseptorlar bo’la oladi deb taxmin qilishadi.
Sovuq va issiq sezuvchi retseptorlar turli chuqurlikda: sovuqni sezuvchi retseptorlar teri yuzidan 0,17 mm pastda, issiqni sezuvchi retseptorlar esa 0,3 mm pastda yotadi. Sovuq ta’siriga ko’rsatiladigan reaksiyalar issiq ta’siriga ko’rsatiladigan reaksiyalardan ko’ra qisqaroq ekanligi shu bilan izohlanadi.
U.Z.Qodirov (1996) fikrlariga ko’ra, termoretseptorlar quyidagi xossalarga ega:
l. Teri haroratining barqaror bo’lib turishida bu retseptorlarning qo’zg’alish tezligi teri haroratiga proporsional bo’ladi.
2. Teri harorati ko’tarilsa yoki pasaysa, bu impulslar tezligi ham ko’payadi yoki pasayadi.
3. Harorat o’zgarishidan boshqa narsalarga sezgir emas.
4. Retseptorlar sezgirligi teridagi harorat o’zgarishining sezish bo’sag’asiga yaqin.
5. Termoresepsiyani ta’minlovchi afferent tolalar yakka yoki juda kichik guruhdagi retseptorlarga bog’liq. Impulslarning bu tolalardan o’tish tezligi 20 m/soniya dan kam.
Sovuqni sezuvchi retseptorlar soni issiqni sezuvchi retseptorlar sonidan ko’p. Qo’l kaftining 1 sm da l-5 ta sovuq nuqta bo’lsa, issiq nuqtalar soni 0,4 ta. Odam terisidagi sovuqni sezuvchi retseptorlarning umumiy soni-25000, isiqqni sezuvchi retseptorlar soni-30000.
Do'stlaringiz bilan baham: |