O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 1.63 Mb.
bet77/124
Sana19.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1615172
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   124
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Yettinchi sаvоl bаyоni.
Taktil (tegish, tarqalish) va bosim retsepsiyasi
Tegish va bosimni sezish taktil sezgi deb ataladi. Terida tegish va bosimni sezadigan maxsus retseptorlar bor. Butun badanimizga tegishni va bosimni sezadigan 500000 tacha retseptor bor: o’rta hisob bilan olganda 1 sm2 teriga 25 ta retseptor to’g’ri keladi. Ammo bu retseptorlar butun badanga bir tekis tarqalgan emas; terining ayrtim qismlarida retseptorlar ko’proq bo’ladi. Taqqoslab ko’rsatish uchun quyidagi misolni keltirish mumkin; boldirning I sm2 terisida 9-10 retseptor bo’lsa, boshning 1 sm2 terisida 165-300 ta retseptor bor.
Teri so’rg’ichlaridagi Meysner tanachalari barmoqlarning uchlarida va labda ayniqsa ko’p bo’ladigan Merkel disklari tegish retseplorlari deb ataladi. Tukli teridagi soch (jun) tegishga ayniqsa sezgir bo’ladi. Buning sababi shuki, soch (jun) ildizi asab chigali bilan o’raladi va junga tegish o’sha chigalga o’tib, uni qo’zg’atadi. Junni qirish natijasida terining tegishga sezuvchanligi juda ham kamayadi. Pachini tanachalari bosim retseptorlari deb hisoblanadi.
Taktil retseptorlar uzoq vaqt turli ta’sirlovchilarga moslashadi -adaptatsiyalanadi, shu sababli bosimning o’zi emas, balki faqat o’zgarishi seziladi.
Mushuk oyoq kaftining yastiqchasiga yuk qo’yilsa, retseptorda asab jmpulstari vujudga keladi, ularning tezligi 250-300 impuls/soniyaga teng bo’ladi. Bu impulsatsiya bir necha soniyaga cho’ziladi va adaptatsiya boshlanishi tufayli to’xtaydi. Odamda impulslar tezligi kamayishi bilan sezgi kuchi ham kamayadi.
Teridagi har xil retseptorlarning adaptasiya tezligi har xil. Soch (jun) ildizi atrofidagi retseptorlar va Pachini tanachalari tezroq adaptatsiyalanadi. Adaptatsiya tufayli odam kiyimini faqat kiygan vaqtda yoki yurganda terisiga kiyim ishqalangan vaqtda uning bosimini sezadi.
Terining tegishiga va bosimga hammadan ko’p sezgir joylari til uchi bilan barmoqlardir; bo’yin bilan orqaning sezgirligi hammadan kam bo’ladi.
Tegishni va bosimni sezadigan retseptorlar yordami bilan kelib chiqadigan sezgilar ancha aniq bo’ladi, ammo bu ma’lumotlar hamisha boshqa sezgi a’zolari (ko’z) bilan tekshiriladi. Boshqa sczgi a’zolari yetarlicha nazorat qilinmayotgan bo’lsa, ba’zan noto’g’ri tasavvur tug’ilishi mumkin. Bunga Aristotelning tajribasi misol bo’la oladi. Bir-biriga chalishtirilgan ikki barmoq (II va III barmoqlar) orasiga shar yumalatilsa yoki shu barmoqlar bilan buruning uchiga tegilsa, shar ham ikkita bo’lib tuyiladi. Bunday taassurotning kelib chiqishiga sabab shuki, II barmoqning tashqi tomoni va III barmoqning ichki tomoni bilan odatdagi sharoitda hamisha ikki narsaga tegamiz. Barmoqlar holatining o’zgarishi bir narsaning ikki narsa bo’lib sezilishiga sabab bo’ladi. Taktil sezgini aniqlash usuli esteziometriya deyiladi.



Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling